Физика таълимини ривожлантириш тизими

Umumiy o`rta ta'limning milliy o`quv dasturi

08.01.2021


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 След.
0
Toshpo'latov Ma'ruf Abdumalikovich
1. Labaratoriya ishi va amaliy ishlar uchun o'quvchi daftarini bir marotabalik qilib alohida chop etish kerak.
2. Milliy o'quv dasturida belgilangan soatlarni Tayanch o'quv rejalarida ham bir xilda o'tilishini belgilash.
Имя Цитировать 0
0
Amirullayeva Barno
Fizika fani 6-sinfdan o'tilishi kerak. Ushbu dasturda masalalar yechish uchun kam soat ajratilgan. Laboratoriya mashg'uloti va amaliy mashg'ulotlarni bajarilishida farqi bo'lishi kerak. Lekin fizika dasturida laboratoriya mashg'ulotiga ham amaliy mashg'ulotga ham alohida soat ajratilgan. Ayrim amaliy mashg'ulotlar amalda qo'llab kelingan fizika o'quv dasturidagi laboratoriya mashg'ulotlaridan olingan.
Имя Цитировать 0
0
Azamat
Maktablarda fizika darsliklarini mavzularni kengaytirish kerak deb bilaman chunki xozirgi  maktab darsliklarida mavzular qisqa berilgan kupchilik o‘qivchilar tushinishiga qiynaladi astranomiya dar soatini 10-11 sinflarga xaftasiga 2 soattan qilish kerak mavzo‘ kup dars soat kam
Имя Цитировать 0
0
Yusupov
Ushbu "milliy dastur"ni amalga oshishi uchun pedagoglar talabga javob bermaydi-ku, axir ta'lim tizimi "bedarvoza" bo'lsa hoxlagan diplomi borlar kirib kelaversa. Bir o'ylanglar yuqoridagilar...
Oylik maoshi yuqori bo'lgan joylar(iib, avtoritet zavodlar)ga kirish uchun oliy o'quv yurtini arang bitirgan, savodsiz, allaqanday nuqsoni borlar maktab yoki texnikumda qayta tayorgarlik qiladi... " nima emish IIB.ga ishga kirgunicha ishlab turar ekan" agar kirolmasa nima qipti, pensiyaga staj uchun ishlayveradi...
Shu bor gapmi axir, diplomi bo'lsa bo'ldi, katta xolasidan meros qolganday hamma kirib ishlayveradi, (ustoz-shogirt siyosati to'g'rilaydi deysizlar) buni tartibga solinglar,
Kelajak tarbiyalovchilarni munosiblarini saralash vaqti keldi, pedagog bo'lish uchun normativ ishlab chiqib, (hech bo'lmasa, iib.ga kirish kimtihonlarini 100dan biricha, shunda ham yarim pedagog to'kilib ketadi) keyin  "milliy dastur"ni joriy qilish kerak, aks holda natija bermaydi...
Имя Цитировать 0
0
Salomat
Hozirgi milliy dasturda haftasiga 2 soat dars davomida 4-5 darsdan keyin masalalar yechish qo'yilgan bu o'quvchilar bilan ishlashimizda juda kam faqat nazariya ham o'quvchilarni zeriktiradi qolaversa yodlagan formulalarini amaliyotda qo'llasa shuncha ko'p qiziqishi ortadi.8-9 sinflarda masalalar yechish uchun alohida mashq berilgan 45 min vaqt davomida ulgurish ham qiyin. Yuqoridagilarni hamda  bo'sh o'zlashtiruvchi va iqtidorli o'quvchilarni inobatga olgan holda haftalik dars soati ko'paysa ya'ni mavzuning murakkabligiga qarab har 2 ta yangi mavzudan keyin masalalar yechish qo'yilsa yaxshi bo'lardi.
.   Sinflar kesimida taxlangan yillik ish reja fizika bo'limlarini bir-biriga bog'liqligini inobatga olinib tuzilsa yaxshi bo'ladi. Ya'ni masalan mexanika bo'limi 7-11 sinflarga bo'lib o'tilsa shunda o'quvchilarga fizika bo'limlari har yili takrorlanib keladi va xotirasidan chiqib kelmaydi .
Имя Цитировать 0
0
Matusmonov Rustamjon
Fizika fanini dars soatlarini haftasiga kamida 3soat nazariy  va 2 soat masalalar yechish uchun berish kerak. Chunki fizika fanini órganish óquvchiga haftasiga 2 soat kamlik qiladi. Sababi fizika fani boshqa fanlarga qaraganda ancha murakkab hisoblanadi. Fizika fanini  yaxshi órganish uchun matematika, biologiya,geografiya, kimyo va astranomiya fanlarini ham bilish kerak. Bundan tashqari maktablarda laboratoriya jihojlarini ham yangilash kerak va amaliy ish qilish uchun laboratoriyaga kerak bóladigan asbob uskunalarni maxsus davlatga qarashli savdo dokonlarida sotuvni yôlga qóyish kerak. Shunda óqituvchilarga ham óquvchilarga ham erkin ta'lim olishiga imkoniyat yaratilgan bólar edi.
Имя Цитировать 0
0
Fotima
Fizika darslari hayot bilan texnika bilan bog'langan fan uni ko'proq amaliy tarzda o'tishimiz muvofiq.Amaliy bajarganda dars qiziqarli bo‘lib o‘tadi
Имя Цитировать 0
0
Guest
1.Fizika darslari tabiiy fan bo'lganligi sababli hayot va texnika bilan boģlangan.Fizika fanini ko'proq amaliy tarzda o'tish maqsadga muvofiq.
2.Maktabda labaratoriya jihozlari judayam kam, jihozlarnjng bori ham yaroqsiz holatda, ularni yangilash kerak .
3.Ish rejada masalalar yechish mavzusi ko'paytirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.Fan olimpiadalari va OTMga kirish savollarining 70%i masalalar.
Имя Цитировать 0
0
Ернұр
Жоғарыдағы бір ұсыныс өте орынды, мектеп бағдарламаларында есептер шешуге үлгеру қиын. ЖОО-да негізінен есептер шешу. Пәннің апталық сағаттарын қайта көріп шығу керек сияқты, Президенттің де назары түсуде.
Имя Цитировать 0
0
Кизилтепа 26-мактаб укитувчиси Юлдошев Фармон
Физика фанидан укув лойихаси яхши ишлаб чикилган фанлараро богланиш ва мавзуларни кетма-кетлигини тугри жойлаштирилган,факат астрономия фанидан мавзуларни ута кийин холатда берилган. Иложи борича астрономия фанидан укув дастурини осонлаштириш керак.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений