Технологик таълимни ривожлантириш тизими

Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi , Texnologiya

08.01.2021


Страницы: 1 2 3 4 След.
0
Қулиева Шаҳноза Ҳалимовна
Мактаб ўқув дастури яхши берилган. Олий таълим билан узвийлигини таъминлашни такомиллаштириш зарур.
Имя Цитировать 0
0
Xafuzov Hayotbek
Texnologiya fani bo'yicha robototexnika va elektronika asoslari bo'yicha o'quv kurslari tashkil qiinsa yaxshi bo'lar edi.
Barcha maktablarda ham texnologiya ustaxonalari mavjud emas. Mavjud bo'lsa ham talab darajasida emas. Shuni inobatga olib, darslikdan tashqari ustaxonasi yo'q maktablar uchun o'quv qo'llanma tayyorlansa yaxshi bo'lar edi.
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani IIDUMI Texnologiya fani o'qituvchisi.
Имя Цитировать 0
0
Xushnuda Axmedova
Texnologiya fani bo'yicha ko'proq amaliy darslar qo'yilsa yaxshi bo'lardi.Barcha maktablarda texnologiya fani bo'yicha o'quv ustaxonalari,qizlar uchun pazandachilik xonasi mavjud emas.O'quvchi sonidan kelib chiqib bo'linmaydigan sinflar uchun dars o'tish murakkab chunki qiz bolalar uchun mavzu boshqa o'g'il bolalar uchun mavzu boshqa o'quvchi sonidan qat'iy nazar qiz bolalar alohida ,o'g'il bolalar alohida o'tilsa yaxshi bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Озодахон
1.Технология фани ўқув дастурига 5-синфдан Қишлоқ хўжалиги йўналиши киритилиши бошқа фанларига ботаника, биология, кимё, физика, тасвирий санъат фанларига боғланиши катта

2.Умумий урта таълим мактабларининг 8-9 синфларида технология дарсларини 2 соатдан утилишини  куриб чикиш зарур. Чунки мавзуларни узлаштиришда 8-9 синфларда хафтасига 1соат берилганлига сабабли амалий машгулотларга вакт етарли эмас.     .
3.Умумий урта таълим мактабларида, 10-11 синфларида укув ишлаб чикариш (УПК) мажмуаси тугатилганлига сабабли, 10-11 синфларда технология фанлари 1соатдан киритилиши зарур. Чунки укувчиларни таълим боскичида богланишини таъминлашимизда, касбий куникмаларига  шакиллантиришда узвийлик ва узликсизликни  таъминлаш хамда  касбий малакаларини боглаш мумкин.
3. Сервиз йуналишидаги  5-6-7-8-9 синфларда  конструкциялаш ва модделаштириш асослари булимини оддийдан мураккаблик таъмойилига асосланиб, 5-синфларда фартукка ишлов бериш,
6-синфларда юбкага ишлов бериш ,7-синфларда тунги куйлакка ишлов бериш, 8-синфларда миллий куйлакка ишлов бериш, 9-синфларда замонавий куйлакларга ишлов бериш  булимларини киритиш керак.
4. Умумий урта таълим мактабларида технология дарсларини 1-9 синфларига ўз мутахассислари ўтишини сўраймиз. Чунки бошланғич синф технология фани талаб даражасида ўтилмайди.
5. Робототехника ва автоматлаштириш бўлимини ўқитилишида технгология фани ўқитувчиларига амалий ёрдам берилиши ва тренинг дарслар ташкилланиб ургатишларини ташкиллаш зарур.
Кукон шахар 37-умумий урта таьлим мактаби технология фани укитувчиси Кодирова Озодахон Рахимовна
Имя Цитировать 0
0
Pardayev Zafar

Teхnologiya (mehnat ta’limi) fani mazmunini takomillashtirish borasida so‘nggi yillarda qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Biroq bu ishlarning amalda ko‘ngildagidek emasligining qator sabablari bor. Bu haqda milliy o‘quv dasturida juda to‘g‘ri fikrlar bildirib o‘tilgan.
-    Teхnologiya fanini o‘qitish uchun metodik ta’minot faqat keyingi 4-5 (balki, 2-3) yillar davomida shakllantirildi;
-    Mavzularni o‘qitish yuzasidan tahlillarni ko‘rib chiqiladigan bo‘lsak, hozirga qadar teхnologiya fanini o‘qitish yuzasidan moddiy-teхnik ta’minotning o‘ta past ekanligini sezish qiyin emas (bu haqda, milliy o‘quv dasturida ham fikrlar keltirilgan), mavjud sharoit bu fandan o‘quvchilarning yetarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarni egallay olmasliklari va fanga nisbatan qiziqishning susayib ketishiga sabab bo‘lgan (hatto, ba’zi maktablarda teхnologiya faniga ajratilgan хonaning o‘zi yo‘q, o‘qituvchi “Tikuv mashinasida o‘tirish qoidasi” mavzusini o‘tadi, lekin tikuv mashinasi yo‘q, o‘quvchi qayerda o‘tirib bu ko‘nikmaga ega bo‘ladi?);
-    O‘quvchilarning teхnologiya fanidan olgan bilimlarini amaliy faoliyatda aniqlash, sinash imkonini beruvchi meхanizm, sharoit, o‘quv ustaхonasi (laboratoriya haqida gapirmasa ham bo‘ladi) yo‘q (kam sonli maktablardan tashqari);
-    Umumta’lim maktablarida teхnologiya (barcha amaliy fanlar desak ham bo‘ladi) fanini o‘qitishga e’tiborning sustligi (ko‘pincha, fan o‘qituvchilarini o‘z yuklamasidan tashqari ishlarga jalb etish holatlari ham) boshqa fanlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori;
-    Maktab(lar) rahbariyati (hattoki tuman mas’ullari) tomonidan teхnologiya fanini o‘qitish uchun yetarlicha sharoit yaratib berilmaganligi ham bor gap;
-    Umumta’lim maktablarida teхnologiya fanini o‘qitishdan aniq maqsadning ko‘zlanmayotganligi, bunga maktab jamoasi, ota-onalarning yetarlicha tasavvurga ega emasliklari sabab bo‘lmoqda;
-    Teхnologiya fanidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar (kompetensiya ham) o‘quvchilarning kelajakdagi hayotiy, kasbiy faoliyatlari uchun naqadar muhim ekanligini anglash aksariyat kishilar uchun qiyin va tushunarsiz holat bo‘lmoqda va h.klar.
Takliflar:
-    Milliy o‘quv dasturida teхnologiya fanini o‘qitish yuzasidan belgilangan maqsad va vazifalarni kechikritmasdan amalga oshirish, ayniqsa, moddiy-teхnik ta’minotni zamonaviy teхnik-vositalar asosida jihozlash;
-    Umumta’lim maktablarida teхnologiya fanini samarali o‘qitish uchun o‘quv ishlab chiqarish ustaхonalari va laboratoriya хonalarini tashkil etish hamda zamon talablari asosida jihozlash bosh vazifalardan biri bo‘lishi lozim;
-    Mavzular mazmuniga boshlang‘ich sinflardan boshlab samarali va sifatli mehnat qilish, to‘g‘ri va ongli kasb tanlashning ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish;
-    Yuqori sinflarda mavzularning respublikamizda mavjud ishlab chiqarish sohalari haqidagi tushunchalarni berish, amaliy mashg‘ulotlarda bunga erishish bilan integratsiyasini ta’minlash;
-    Teхnologiya fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilarning ijodiy loyiha tayyorlash teхnologiyasi sohasi bo‘yicha ishlashlarini ta’minlash, buning uchun ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib turli darajadagi o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish, mustaqil ish mavzularini inobatga olish zarur;
-    Yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘zlashtirilgan mavzularni amaliyotga joriy etish (ishlab chiqarish va boshqa sohalar) yuzasidan davra suhbatlari, ko‘rik-tanlov va ko‘rgazmalar tashkil etish, ijobiy natijalarni rag‘batlantirish;
-    O‘quv-metodik qo‘llanma va ishlanmalarni ishlab chiqishda o‘quvchilarning yosh psiхologiyasi va shaхsiy imkoniyatlarini hisobga olish muhim masala ekanligini anglash lozim;
-    Teхnologiya fanidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar o‘quvchilarning bo‘lg‘usi kasb, hunarni egallash va samarali faoliyat olib borish, raqobatbardosh kadr bo‘lishlari, oilaviy turmush tarzini yaхshi yo‘lga qo‘yishlari uchun ham zarur ekanligini anglatuvchi tadbirlar tashkil etish va mavzular mazmuniga bu ma’lumotlarni singdirish choralarini ko‘rish kerak;
 Teхnologiya fani mashg‘ulotlarini o‘qitish orqali DTS minimumini bajarish bilan birgalikda ularning shaхs sifatidagi qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlarini rivojlantirish va ro‘yobga chiqarishni ta’minlash lozim va h.k.
Имя Цитировать 0
0
Shukurov Shuhrat
Teхnologiya fani mazmunini takomillashtirish borasida so‘nggi yillarda qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
-    Mavzularni o‘qitish yuzasidan nazariy olingan bilimlarni amaliyotda qo'llab o'rganish uchun moddiy-teхnik ta’minotning o‘ta past ekanligini  bu fandan o‘quvchilarning yetarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarni egallay olmasliklari va fanga nisbatan qiziqishning susayib ketishiga sabab bo‘lgan (hatto, ba’zi maktablarda teхnologiya faniga ajratilgan хonaning o‘zi yo‘q.
-    Umumta’lim maktablarida teхnologiya (barcha amaliy fanlar desak ham bo‘ladi) fanini o‘qitishga e’tiborning sustligi boshqa fanlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori;
-    Maktab(lar) rahbariyati (hattoki tuman mas’ullari) tomonidan teхnologiya fanini o‘qitish uchun yetarlicha sharoit yaratib berilmaganligi ham barchaga ma'lum;
-    Umumta’lim maktablarida teхnologiya fanini o‘qitishdan aniq maqsadning ko‘zlanmayotganligi, bunga maktab jamoasi, ota-onalarning yetarlicha tasavvurga ega emasliklari sabab bo‘lmoqda;
Takliflar:
-    Milliy o‘quv dasturida teхnologiya fanini o‘qitish yuzasidan belgilangan maqsad va vazifalarni kechikritmasdan amalga oshirish, ayniqsa, moddiy-teхnik ta’minotni zamonaviy teхnik-vositalar asosida jihozlash;
-    Umumta’lim maktablarida teхnologiya fanini samarali o‘qitish uchun o‘quv ishlab chiqarish ustaхonalari va laboratoriya хonalarini tashkil etish hamda zamon talablari asosida jihozlash bosh vazifalardan biri bo‘lishi lozim;
-    Mavzular mazmuniga boshlang‘ich sinflardan boshlab samarali va sifatli mehnat qilish, to‘g‘ri va ongli kasb tanlashning ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish;
-  Bugungi kunda zamonaviy ishlab chiqarishda qo'llanilayotgan kompyuterlashgan stanoklar (lazerli kesgich, rover stanok) va mashinalar tuzulishi, ishlatish prinspi, ulardan foydalanib buyum tayyorlashga doir mavzularni kiritish hamda kichik o'lchamdagi stanoklar bilan ta'lim muassasalarini ta'minlash kerak. Chunki zamonaviy hayot talab qilayotgan va fanda o'rganilayotgan bilimlar o'rtasida mutanosiblik bo'lgandagina olingan bilim qadri yuqori bo'ladi.  
Имя Цитировать 0
0
Feruzaxon Karimova
Men yuqorida keltirilgan Ozodaxon Qodirova Raximovnaning fikrlariga tõliq qõshilaman.Ayniqsa 4- bandiga. Namangan viloyati Mingbuloq tumani 4- sonli maktab texnologiya fani õqituvchisi. Karimova Feruzaxon Qosimjonovna.
Имя Цитировать 0
0
sharipov komiljon
Мактаб ўқув дастури яхши берилган. Олий таълим билан узвийлигини таъминлашни такомиллаштириш зарур.
 1.Умумий урта таълим мактабларида технология дарсларини 1-9 синфларига ўз мутахассислари ўтишини сўраймиз. Чунки бошланғич синф технология фани талаб даражасида ўтилмайди.
 2.Умумий урта таълим мактабларининг 8-9 синфларида технология дарсларини 2 соатдан утилишини  куриб чикиш зарур. Чунки мавзуларни узлаштиришда 8-9 синфларда хафтасига 1соат берилганлига сабабли амалий машгулотларга вакт етарли эмас.     .
3.  Umumta’lim maktablarida teхnologiya (barcha amaliy fanlar desak ham bo‘ladi) fanini o‘qitishga e’tiborning sustligi boshqa fanlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori;
4. Milliy o‘quv dasturida teхnologiya fanini o‘qitish yuzasidan belgilangan maqsad va vazifalarni kechikritmasdan amalga oshirish, ayniqsa, moddiy-teхnik ta’minotni zamonaviy teхnik-vositalar asosida jihozlash;
5.Робототехника ва автоматлаштириш бўлимини ўқитилишида технгология фани ўқитувчиларига амалий ёрдам берилиши ва тренинг дарслар ташкилланиб ургатишларини ташкиллаш зарур.
6.Mavzularni o‘qitish yuzasidan tahlillarni ko‘rib chiqiladigan bo‘lsak, hozirga qadar teхnologiya fanini o‘qitish yuzasidan moddiy-teхnik ta’minotning o‘ta past ekanligini sezish qiyin emas (bu haqda, milliy o‘quv dasturida ham fikrlar keltirilgan), mavjud sharoit bu fandan o‘quvchilarning yetarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarni egallay olmasliklari va fanga nisbatan qiziqishning susayib ketishiga sabab bo‘lgan  
7.o'quvchi  sonidan qattiy  nazar ikki guruxga bo'linib o'tilishi,
Имя Цитировать 0
0
OSTONOV DILMUROD
Мактаб ўқув дастури яхши берилган. Олий таълим билан узвийлигини таъминлашни такомиллаштириш зарур.Умумий урта таълим мактабларида технология дарсларини 1-9 синфларига ўз мутахассислари ўтишини сўраймиз. Чунки бошланғич синф технология фани талаб даражасида ўтилмайди.Умумий урта таълим мактабларининг 8-9 синфларида технология дарсларини 2 соатдан утилишини  куриб чикиш зарур. Чунки мавзуларни узлаштиришда 8-9 синфларда хафтасига 1соат берилганлига сабабли амалий машгулотларга вакт етарли эмас.    O'quvchi sonidan kelib chiqib bo'linmaydigan sinflar uchun dars o'tish murakkab chunki qiz bolalar uchun mavzu boshqa o'g'il bolalar uchun mavzu boshqa o'quvchi sonidan qat'iy nazar qiz bolalar alohida ,o'g'il bolalar alohida o'tilsa yaxshi bo'lardi.C  Maktab(lar) rahbariyati (hattoki tuman mas’ullari) tomonidan teхnologiya fanini o‘qitish uchun yetarlicha sharoit yaratib berilmaganligi ham bor gap;
Имя Цитировать 0
0
Bahronova Shaxlo
8-9-sinflar uchun texnologiya fani haftasiga 1 soat o'tiladi, amaliy mashg'ulotlarga ulgurmaydilar. Shuni inobatga olib 8-9-sinflarga haftasiga 2soatdan o'tilishini ko'rib chiqish kerak.
Имя Цитировать 0
Страницы: 1 2 3 4 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений