Мусиқа таълимини ривожлантириш тизими

Умумий ўрта таълимнинг миллий ўқув дастури(мусиқа маданияти)

08.01.2021


0
Nazarova Zulayxo
Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv  dasturi loyihasi bilan tanishib chiqdim va dasturga quyidagi taklif va tavsiyalarni bermoqchiman:
1.3.1.7-bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha:
-ta’lim muassasalarida musiqa sinf xonalarini ajratish va moddiy texnik bazasini yaratish, cholg’u asboblar bilan ta’minlash;
-o‘quvchilar qobiliyatini rivojlantirish va rag’batlantirish maqsadida maktabda “Xushovoz xonanda”, “Eng mohir sozanda”,”Musiqa bilimdoni” va boshqa mavzular asosida o‘quv yili oxirida badiiy va kompzision ko‘rik- tanlovlar Nizomini ishlab chiqish;
Izoh(ta’lim muassasalarida bu aytiladi lekin amalga oshirilmaydi,agar Nizomi ishlab chiqilib, o‘qituvchi yuklamasiga kiritilsa,maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
- ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni biror musiqa cholg’usini mukammal o‘rganish va ijro qilish ko’nikmasini shakllantirish maqsadida qo‘shimch to‘garak soatlarini tashkil etish.
2.3.3.Musiqa madaniyati  fani bo‘yicha o‘quvchilarga sinflar kesimida qo ‘yiladigan talablablar bo‘yicha:
-bastakorlar: X.Xasanova,J.Najmiddinov,I.Akbarov,X.Raximov,S.Hayitboyev,S.Nurmetov,S,Jalil,N.Qurbonova,J.Abduraxmonov,T.Muxamedov,M.Nasimov kabilar hayoti va ijodi haqida qisqa ma’lumotlar berish;
-4-sinf II-bobda”Baxshichilik san’ati” mavzusini hozirgi kun bilan bog’lash va mavzuni kengaytirish;
Izoh:(o ‘quvchilada milliy, ma’naviy-axloqiy va shaxsiy fazilatlarni shakllantirishda baxshichilik san’ti muhim ahamiyat kasb etadi).
-darsning jamoa bo ‘lib kuylash turiga qo ‘shiqlarning nota yozuvini qisqartma holatini kiritish.
Имя Цитировать 0
0
Yarasheva Anora
Milliy o‘quv dasturining loyihasi bilan tanishib chiqib shuni takidlab o‘tmoqchiman musiqa madaniyati fanini yanada sermazmunroq va qiziqarli o‘tishida quyidagi taklif va mulohazalarimni bildirmoqchiman eng avvalo maktablarda musiqa madaniyati fani uchun xona ajratilishi, shuningdek xonalar turli xil cholg‘u asboblari bilan ta'minlangan bo‘lishi boshlang‘ich sinflarda esa haftasiga ikki soat musiqa madaniyati fani uchun dars soati ajratilishi va bugungi kunda dunyo tan olgan "Maqom" san'ati turlari, xususiyatlari to‘g‘risida sinf darsliklarida kengroq yoritib berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman
Имя Цитировать 0
0
Rajabova Zamira
Musiqa madaniyati  darsligida  barcha sinflarda  musiqa  tinglash hamda  jamoa bo'lib  kuylash  etablarida  darslik bilan birgalikda  SD disklarini  ilova qilib berilsa  yaxshi bo'lardi. Ayniqsa  yuqori  sinflarda  muntoz  musiqalarimiz shashmaqom ,Evropa musiqalari Motsart,Betxoven ,Shopen asarlarini  o'quvchilarga  eshittirish  imkoniyati yaxshilanardi.
Имя Цитировать 0
0
Gulmira Jumataeva
Мактаб у́қув дастури билан танишиб чиқдим.Яхши мусиқа талаблари қу́йилган.Меннинг фикрим,:Қозоқ тилида таьлим берадиган мактабларда мусиқа дарслигина Қозоқ халқ қушиқларини киритилса яхши булади.Қозоқ мактабда у́з она тилида берилган қушиқлар ку́проқ булиши лозим.
З
Имя Цитировать 0
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений