Ixtiyorjon Mo'minjonov
|
Assalomu alaykum. Dastur juda yaxshi lekin 6-7-8-9-sinflardagidek 10-11-sinflarda ham o'zbekiston tarixiga haftasiga 2 soat ajratilsa juda maqsadga muvofiq bo'lardi. Chunki 10 sinflarga ajratilgan davr nihoyatda murakkab davr hisoblanadi. 45 minutda o'rganishga vaqt yetmaydi. Ham qiyin ham qiziqarli davr hisoblanadi. 10-11-sinflarda ham O'zbekiston tarixiga 2 soat ajratilsa juda ham zo'r bo'lardi. Undan ham ko'p bo'lsa yana yaxshi. Bu omil fuqarolarimizni o'z tarixini o'rganishga turki bo'lardi deb o'ylayman.
|
Tolipov Lutfillo Ergashaliyevich
|
Maktab darsliklaridagi ko‘plab sanalarni oson yodda qolishi uchun rasmli biror malumot bilan taqqoslash grafigini kitobda chop etish kerak keyin tarixiy xaritalarni ham janglarni yillarini ham kitoblarga kiritish lozim keyin tarixiy audio va video har bir mavzu bo‘yicha alohida sinflar to‘plamida mediya fayllar yaratib har bir maktabga bepul yetkazish keyin tarixiy yodgorliklar haqida batafsil video roliklar tayyorlash 10-sinf o‘zbekiston tarixidagi huquqiy sohalarni huquq faniga olish sof o‘zbekiston tarixi qolishi keyin o‘zbekiston tarixi darsini ko‘proq o‘tish barcha sinflarda keyin kitoblardagi mantiqsiz so‘zlardan voz kechish masalan aziz o‘quvchi o‘tgan yili siz va oldingi mavzuga qarang degan so‘zlar o‘quvchini asabiga tekkan keyin kitobni orqa tomonida tarixiy atamalar juda ko‘p bo‘lishi kerak nazorat ishi uchun rasmli test va tarixiy diktant va testlar ham bo‘lsin
|
Guest
|
Assalomu Aleykum haqiqatdan ham Ixtiyorjon Mominjonovni fikrlarini inobatga olishingizni sòrar edim,10 sinf kitobida qancha ma'lumot mavjud,bu mavzular 1-soatga muljallanmagan
|
Tohirova Shahnoza Obidjonovna
|
Loyihaga qo'shimcha tarzida 5-sinflarning nomlanishi "Tarixdan hikoyalar" bo'lishiga qaramasdan tarixiy sanalar ko'p.Bu narsa o'quvchilarga birmuncvha qiyinchiliklar tug'dirmoqda.Sanalarni yodda saqlashga qiynalishmoqda.7-8-9-sinflarda mavjud bo'lgan davlat chegaralanishlari,harbiy yurishlarni aks etadigan xaritalar ishlab chiqilsa.Chunki hozirgi kunda faqatgina siyosiy xaritadan foydalanilayapti.Bundan tashqari har bir mavzu boshida mantiqiy savollar ham ilova etilsa.O'quvchi mavzuni yanada teranlik bilan qabul qilgan bo'lardi.Mavzularni 3 yoki 4 tasidan so'ng yillar,voqeyliklarni taqosslovchi mustaqil ishlar kiritilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.Shunda o'quvchi nazorat ishlari,olimpiada savollariga tayyor bo'lib shakllanadi.
Samarqand viloyati Toyloq tumani 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi Tohirova Shahnoza Obidjonovna |
Tagayev Ganisher Xasanovich
|
1. VII sinf O‘zbekiston tarixi dasturida berilgan “Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi” mavzusi dasturi va darslikda kiritiladigan matnini boyitish va xalqchil tilda yozilishi taklif etiladi. 2. XI sinf O‘zbekiston tarixi dasturini hozirgi kungacha bo’lgan tarix bilan boyitish taklif etiladi. Dasturda berilgan “O‘zbekistonda yoshlar siyosati” mavzusi dastiriga “Yoshlar ittifoqi faoliyati”, “Yoshlar agentligining tashkil etilishi” jumlalari qo’shishni taklif etamiz. 3. X sinf O‘zbekiston tarixi dasturida berilgan I bob. TURKISTON O‘LKASIDA SOVET HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI HAMDA O‘ZBEK XALQINING MUSTAQILLIK UCHUN KURASHI (1917 – 1924 yy.) mavzularini darslikdagi matnini qayta ko'rib chiqish kerak. Amaldagi darslik matnini tushinishda o'quvchilarda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. |
Fayziyeva Mo'tabar Mardonovna
|
1. Ўқув дастурлари таркибига тарихий манбалар номлари ва уларни қўшимча сифатида киритиш таклиф этилади.
2.Миллий ўқув дастури охирида фойдаланилган манба ва адабиётларни ҳам кўрсатиш керак. |
Xalmamatov Odiljon Abdusalimovich
|
O‘zbekiston tarixi dasturida, yurtimiz tarixi, madaniyati va ma’naviyatini dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar olimlarimizninig nomlarini ko‘proq kiritilishini taklif etamiz |
Tuxtayev Abdumajit SHavkatovich
|
1.7- sinf O‘zbekiston tarixi mavzularini illyustrassa( rasmlar) ni ko‘proq berilishini va o‘zbek xalqining qadimgi elat va urug‘lari mavzularini kengroq yoritilishini istayman.
2.10- sinf O‘zbekiston tarixida illyustrasini mavzulashtirib ko‘proq berilishini istayman. |
Raxmanov Saidxon Samatovich
|
1. Ma'lumki 6-sinf (qadimgi dunyo tarixi) darsligida oxirgi muqovalarda tarixiy atamalar va tarixiy yillarning ketma ketlikdagi xronologiyasi batafsil berilgan ammo, boshqa darsliklarda misol uchun 7-sinf Jahon tarixi darsligiga tarixiy atamalar lug'ati va O'zbekiston tarixi darsligiga tarixiy sanalar ketma ketligi hamda tarixiy atamalar lug'ati kiritilishi taklif etiladi.
2. 8-sinf O'zbekiston tarixi darsligida Amir Temurning qo'shin tuzilishi va xonliklarning harbiy tuzilishi va ularning joylashuvi sxema ko'rinishida berilishi taklif etiladi. |
Guest
|
||
| ||