Fozilov Shavkat
|
Geografiya darslarida ko'proq amaliy masalalariga etibor berish kerako, chunki attestatsiyada o'qituvchilar ko'proq masalalardan qiynalmoqda. Na faqat 5 sinflarda balki 6,7 8,9,sinf darsliklariga ham amaliy masalalariga etibor berish bo‘yicha taklif bermoqchman. Qashqadaryo viloyati Muborak tuman 18-maktab geografiya fani o‘qituvchisi.
|
QaQultoeva Zubarjat .Kitob tumanit
|
||||
Òquvchilarga amaliy mashģulat bilan ishlab chiqarishga ekskursiyalarni tashkil qilish kerak. Òquvchi nazariy bilimlarini amaliyotda ham qòllab kòrsa maqsadga muvofiq bòladi. Darslikdagi har bir mavzuga oid multimediyalarni maktablarga yetkazib, AKT dan foydalanib dars òqishga òqituvchini majbur qilish kerak. Òquvchi ham eshitib ham jarayonlarni kòra olsa dunyoqarashi kengayadi. Buning uchun har bir sinfda texnika vositalarini budjetdan tashkil qilib berilsa dars samaradorligi yanada sifatli bòladi.
| ||||
Q.Yòldoshev G'uzor tumani XTB
|
Konsepsiyada geografiya fanini òqitishni asosiy tendensiyalarini belgilab berilgan. Geografiya fanini o'qitishda òquv metodik adabiyotlarni yanada kòproq ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bòlar edi.
|
Xudoyberdiyeva Gulchexra Parpiyevna Zangiota tumani 29- maktab
|
Loyiha yaxshi tuzilgan. Bu loyihalarni amaliyotda asosan, maktablarga qo'llash lozim.Asosan xarita va o'quv atlaslari bilan ishlash uchun, masalalarni yechish uchun 1-soat yetishmaydi.Shuning uchun, qo'shimcha soat ajratishsa yaxshi bo'lardi.O'quvchilar uchun 1 yilda bir marta o'quv amaliyot joriy etilsa, o'quvchilar geografiya faniga yana xam ko'proq qiziqishardi.
|
Xakimova Dilnoza Mirzacho'l 11-maktab
|
Geografiya fani darsliklari juda yaxshi tuzilgan lekin 5-10-sinflarda dars soat 1 soatlik bolganligi tufayli amaliy mashqlar o'zlashtirish qiyin
|
Guest
|
Assalomu aleykum 5-10 sinf darsligi sodda,ravon qiziqarli qilib yozilgan. Darslik mualliflariga minnatdorchilik bildiraman ,ammo 10 sinf malumotlari keng qamrovli, haftasiga 1 soat kamlik qiladi. 10-sinf darsligi ma'lumotlari bo'yicha haftasiga 2 soat berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
|
Umaralieva Dildora Toshkent viloyati Zangiota tumani 12 -maktab
|
Assalomu aleykum 5-10 sinf darsligi sodda,ravon qiziqarli qilib yozilgan. Darslik mualliflariga minnatdorchilik bildiraman ,ammo 10 sinf malumotlari keng qamrovli, haftasiga 1 soat kamlik qiladi. 10-sinf darsligi ma'lumotlari bo'yicha haftasiga 2 soat berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
|
Odil Temirov
|
Loyixa yaxshi tuzilgan.Geografik masala va mashqlar yechish uchun qòshimcha soatlar ajratilsa yana ham yaxshi bòlar edi.
|
Qosimova Sayyora G'ofurovna 9-Maktab
|
Loyiha yaxshi tuzilgan.Geografiya darslarida o'quvchilar bilimini oshirishda eng asosiy masala bu atlas va yozuvsiz xaritalar bilan ishlashdir. .Shunday ekan agar imkon qadar ijara darsliklari ichida atlas va yozuvsiz xaritalarni barcha sinflarga qo'shib berilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Ekskursiyalar Ozbekiston boylab tashkillashda davlat budjetidan mablag ajratilsa oquvchilarni qiziqishi yanada ortadi deb oylayman.
|
Jonzoqova Mavluda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 11- maktab
|
Geografiya darslarida darslik loyihalari izchillik bilan ishlab chiqilgan. 5-6-7-8-9-sinflarda darslik va yozuvsiz xaritalar bilan baravar ishlash uchun dars soatlari yetarli emas. Mavzu bo‘yicha yozuvsiz xarita va atlas bilan ishlash uchun alohida amaliy mashgulot darslari qo‘shilishi kerak . Shundagina o‘tilgan mavzu tushunarli bo‘ladi. O‘qivchilar esa xaritani "o‘qiy olish" ko‘nikmasiga ega bo‘ladi deb o‘ylayman
|