Minuraxon
|
Assalomu alaykum,yuqoridagi matematika darslarini umumiy o'rta ta'lim maktablarida ham bo'lib o'tish fikriga qo'shilaman,informatika fani singari bo'lib o'tilsa samarasi yaxshi bo'lar edi
|
Muattar
|
10 va 11 sinf darsliklari qaytadan ko‘rib chiqilsin. Matematika darslari 2 guruhga ajratib o‘qitilishi tarafdoriman. Shunda natija yaxshiroq bo‘ladi.
|
Guest
|
Assalomu aleykum matematikani fan sifatida rivrojlantirish uchun sinf o'quvchilarini 2guruhga bo'lib o'tilsa o'zlashtirish samarasi yuqori bo'ladi deb o'ylayman.
|
Guest
|
10 -11 sinf darsliklarini umuman qaytadan ko‘rib chiqish kerak ayrim mavzular maktab kursidan ancha uzoqlashib ketgan o‘quvchilar uchun kerakmasdek tuyulib qolyabdi, juda ham nazariy mulohazali misollar ko‘p
|
Ilhomjon
|
Algebra va geometriya fanlarini alohida alohida o'qituvchilar dars berishsa samaradorlik yaxshi bo'lar edi
|
Faxriddin
|
Savol: "To'plamlar nazariyasi" dasturdan butunlay chiqarib tashlanganmi?
Taklif: 1) Samaradorlikka erishish uchun matematika fanini hambo'lib o'qitish kerak! 2) darsliklar 2020 yilgi 5-sinf matematika darsligi kabi tuzilishi kerak, shunda bittayam misol masala yechilmasdan qolib ketmaydi! Boshqa darsliklarda mavzular 45 minutga mo'ljallab tuzilmagan, ayniqsa amaliy mashg'ulotlar! 3) Boshlang'ich sinflardan kasrlar mavzusini olib, tashlash kerak |
Faxriddin
|
DTM testlarida ko'p uchraydigan, lekin dasturga kiritilmagan mavzularni qayta ko'rib chiqish kerak! Masalan, "Sonnig oxirgi raqamini topish", "Natural bo'luvchilar soni, yig'indisi, ko'paytmasini topish", "Kasr sonlarning EKUBi va EKUKi", va hk kabilarni alohida mavzu qilib kiritish kerak
|
Madina
|
Matematika darslari guruhlarga ajratilib ótilishi tarafdoriman. Bizda 30-34 talik sinflar kóp bunda har bir óquvchini kuzatish qiyin
|
Bahrom Xolmurotov
|
10-sinfda To‘plam tushunchalari qolishi kerak deb bilaman. O‘quvchini fikirlash qobiliyatiga ijobiy ta'sir qiladi.Qolgan sinflarda o‘zgarilar o‘rili.Lekin o‘quvchilar o‘zlashtirishga qiynaladigan mavzularga ko‘proq soat ajratilsa yaxshi bo‘lardi.Yana bir taklif,maktablarda 5 sinfdan keyin to 11 sinfgacha ayni bir o‘qituvchi o‘qitilishi kerak.To‘g‘ri buni bajarishni iloji kam,shunday bo‘sada boshqa o‘qituvchiga berilayotganda maktab rahbariyatidan chuqur tekshirilib,tahlil qilinib berilishi kerak.O‘qituvchilar avvalom bor o‘z mehnatlarini qadirlashlari kerak.
|
To'rayeva Amina
|
Assalomu alaykum
Dasturdan ko'zlangan maqsad juda yaxshi.Bu maqsad uchun o'quvchilar puxta o'zlashtirishi ham muhim. 3-sinf matematika darsligi qayta ko'rib chiqilishini so'rayman.Sababi murakkab tuzilgan.Masalarning mohiyati,uni anglash o'quvchiga qiyinchilik tug'diryapti.Masala yechish jarayonida o'rganilmagan misollarga duch kelyapmiz.Bu kabi sabablar o'quvchilarga o'ziga nisbatan ishonchni yo'qotadi deb o'ylayman. |