Информатика таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: 1 2 3 4 5 ... 21 След.
0
Nilufar Shokirova
Yuqorida sanab òtilgan rejalar amalga oshsa, nur ustiga nur bòlardi. Lekin afsuski har doim ham aytilgan ishlar qilinavermaydi.
Menda quyidagi takliflar bor:
1. Pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabdagi mavzular inobatga olinishi kerak yoki maktab informatika fanidagi mavzular OTM da òtilgan fanlardan kelib chiqib tuzilishi kerak.
2. Albtta har doimgidek reforma qilishdan oldin moddiy texnik bazanj yaxshilash kerak.
3. Attestatsiya tizimini tubdan isloh qilish kerak. Attestatsiyada berilayotgan savollar asosan sanoq sistemasi va mantiqiy ifodalardan tashkil.topgan, zamonaviy dasturlar, dars òtilayotgan mavzularga oid deyarli testlar yòq.  Deyarli 5 yildan beri  savollar yangilanmagan, faqat Ali, Vali, Soli nomi bilan boshlanuvchi testlar, har 3 ala toifaga ham bir xilda test.
4. 5,7,9 sinf darsliklarida avvalgi 3 yoki 5 ta mavzular deyarli bir xil. Bu yo 5 -sinfga juda qiyin mavzu, yoki 9-sinfga òta darajada sodda mavzu bòlib tuyulishi mumkin.
Имя Цитировать 0
0
Sherali
Xar bir fanni o'qib o'rganish uchun mustaqil ta'limni rag'batlantiruvchi mobil ilovalar yaratishga etibor berish kerak. Iliva ham onlayn ham oflayn holatda ushlay olishi maqsadga muvofiq. Bu ilovalarga judayam ko'p imkoniyatlarni birlashtirish orqali har bir fanni rivojlanishiga avtomatlashtirishni tadbiq etish ko'rib chiqilishi lozim
Имя Цитировать 0
0
Laziz

Darsliklarni mosligini taminlash lozim.Yang darslik yaratganda maktab o’qituvchilarni shu darsliklar bilan tanshtirib,ularni bilimni malakasini oshirish lozim.

Имя Цитировать 0
0
Zuhra
loyihadagi rejalar juda zòr. Taklifim Informatika va AT fani 2- yoki 3-sinfdan òtilishi zarur. Òquvchilar Qurilmalar haqidayam ma'lumot olishi kerakku
Имя Цитировать 0
0
Otabek Raxmonberganov
1. Informatika fanini oʻqitishda "uzviylik" va "spiralsimon oʻqitish tizimi"qoidalariga rioya qilinishi kerak. Bunda oʻquvchining yoshi, uning imkoniyatlari va qiziqishini inobatga olgan holda oʻquv sinflari uchun turli maqsadlar qoʻyish maqsadga muvofiq.
Masalan:
5-7 sinflarda oʻquvchilarga informatika fanining eng oddiy va bazaviy bilimi hisoblanadigan kompyuterda amaliy ishlash (Ofis dasturlari, grafik muharrirlarda) koʻnikmasini shakllantirishga, oʻquvchilarda kompyuterdan erkin foydalanish kompetensiyasini yaratishga sarflanishi kerak. Bunda, "spiralsimon oʻquv tizimi" prinsipi boʻyicha, hamma sinflarda oʻquvchilar ishlaydigan dasturlar takrorlanishi, lekin oʻquvchi oldiga turlicha maqsadlar qoʻyilishi kerak. Misol uchun 5-sinfda boshlangʻich bilimlar, 6-sinfda mustaqil ishlash koʻnikmasi, boshqalar tayyorlagan materiallarni oʻzgartirish va qayta ishlov berish, oddiy materiallar tayyorlash, 7-sinflarda Ofis va grafik dasturlar imkoniyatlaridan foydalangan holda hayotiy muammolarni hal qilish koʻnikmasi shakllantirilishi mumkin.
8-9 sinflarda Informatika fani asosini tashkil qiluvchi nazariy bilimlar berish kerak. Bularga sanoq sistemalari, mantiq, tarmoq, internet va sayt tuzilishi, kompyuter qurilmalari, algoritm, maʻlumotlar bazalari, dasturlash asoslari va boshqalar haqidagi bilimlar kiradi.
10-11 sinflarda oʻquvchilarga tanlash imkonini bergan holda bir necha yoʻnalishda chuqur bilim berish mumkin. Bunda asosiy eʻtibor bu bilimlarga ega oʻquvchi mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa olishiga qaratilishi kerak. Bunda quyidagi yoʻnalishlarni tavsiya qilgan boʻlar edim:
- kompyuter foydalanuvchisi (Ofis va grafik dasturlari, asosiy qoʻshimcha qurilmalarda ishlash koʻnikmasi)
- Dasturchi (Bu yoʻnalishni oʻzini Kompyuter programmalari dasturchisi, web dasturchi, mobil qurulmalar uchun dasturlar tuzuvchilarga ajratish mumkin)
- Texnik (Kompyuter va uning qurilmalarini taʻmirlash)
- Tarmoq adminstratori
- Grafik dizayner va boshqalar.

2. Oʻquv dasturlari va darsliklar doimiy ravishda yangilanib turishi shart. Masalan, matematika fanidan 1970 yilda yozilgan adabiyotlardan 2020-yilda ham bemalol foydalanish mumkin, lekin informatika fanida 2019 yilda yaratilgan adabiyot ham 2020 yilda oʻz aktualligini yoʻqotishi mumkin.

3. Motivatsiya. Hozirgi paytda biror fan rivoji uni oʻqigan oʻquvchi qanday imkoniyatlarga ega boʻlishiga bogʻliq. Oliy maʻlumotli mutaxassislar uchun ham ish yetarli boʻlmayotgan hozirgi kunda informatika fanini oʻzlashtirgan oʻquvchining biror ish bilan taʻminlanishi imkoniyati fanni oʻrganishga kuch va vaqt sarflash uchun yetarlicha motivatsiya emas. Shu maqsadda AKT yoʻnalishidagi oliy taʻlim muassasalarida iloji boʻlsa shu yoʻnalishda ijodiy imtihonlar tashkil qilishni yoki kirish fanlaridan biri sifatida informatika fanini qabul qilishni taklif qilgan boʻlar edim.

Aslida informatika fani oʻqitilishining hozirgi axvoli, darslik va qoʻllanmalar (ayniqsa soʻnggi darsliklar), oʻqituvchilar malakasi va inventarizatsiya borasida aytadiganlarim juda koʻp, lekin bularni shusiz ham hamma biladi, shuning uchun gapni qisqaroq qildim !
Имя Цитировать 0
0
Nodir
Darsliklar o‘quvchilarga mosligi ko‘rilishi kerak.  Mavzular ketma-ketligi mos tushishi va qiyinlik darajasini ko‘rish kerak.
Имя Цитировать 0
0
MUXIDDINOV ADHAM Farg'ona viloyati
Yuqorida ko'rsatilgan rejalar juda yahshi faqat informatika fanini fanlararo bo'g'liqligiga ham e'tibor qaratish kerak masalan matematika fanidan kvadrat tenglamani o'tmasdan informatika fanidan kvadrat tenglama dasturini tuzishni so'raymiz yoki fizikadan tezlanishni topishni va boshqalar. Informatika fani barcha fanlarga uzviy bog'langan xolda mavzularni ko'rib chiqish kerak.
Имя Цитировать 0
0
Gulnoraxon
Konsepsiyadagi rejalar juda yahshi puhta o'ylab chiqilgan.Lekin yangi darsliklardagi yangi dasturlarni avvalo o'qituvchilar yaxshilab o'rganish uchun alohida darslar tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Dadayeva Ziyoda
Loyihadagi rejalar juda yaxshi tuzilgan . Lekin bazi bir narsalar bor. Masalan qishloqlarga umuman internet kelmagan. Yuqori sinflarga darslarni internet bilan bog'lab o'tilsa ham sifat yaxshi bo'ladi ham o'quvchi uchun juda foydali.
Yana bir taklifim bor edi hozirgi kunda eng tez o'sayotgan fanlardan biri informatika. Shuning uchun infarmatika fanini boshlang'ich sinflardan 3-4 sinflardan o'tilishi yolga qo'yilsa maqsadga muofiq bo'lar edi
Имя Цитировать 0
0
Qo'shnazarova Muqaddam
Loyiha juda zo'r! Gap yo'q! Informatika fani o'qituvchilari-chi?! Ular kim o'zi? Maktabning adl-kadrimi,direktorning kotibasimi,zavuchning shahsiy kompyuterchisimi,psixologlarni allaqanday jadvallarini to'ldirib,o'quvchilar keldi-ketdisi bilan shug'illanuvchi kimdirmi? Har xil bazalarni to'ldiradi,9-11-sinflarni attestatlarini elektron ravishda to'ldiradi.Dars o'tadi.Oilali,uy yumushlari bor. Qiziq u darsga qachon tayyorgarlik ko'radi yoki o'z ustida ishlaydi? Kompyuter xona bitta.  Darsliklarni  kompyutersiz o'qib bo'lmaydi.Kompyuterchi? Internetchi? Informatika va AT fan ekan, undan dars berayotgan fan o'qituvchisi sifatida o'zini his qilishi kerak. Bu fan o'qituvchilariga dars o'tishlari, zamonaviy texnologiyalar va yangiliklardan xabardor bo'lishlari uchun sharoit yaratish yaratish (shunchaki,ortiqcha ishlardan ozod qilish) kerak.Shuncha boshliqning topshiriqlarini bajarib sillasi qurigan odam yaxshi dars bermaydi.
Имя Цитировать 0
Страницы: 1 2 3 4 5 ... 21 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений