Ibrohimjon
|
Assalomu alaykum yuqoridagi fikr va talablar amalga oshsa yaxshi bolardi. Iloji bo'lsa o'qitish tizimiga o'zgartirishlar kiritish kerak. Masalan 7 8 9 yoki hech bolmaganda 10 11 larga kompyuterlarni ichki qurulmalarini o'rganishni ham darslikka qo'shish kerak ichki tuzulishini ham o'rganish zarur deb o'yliman. Faqat nazariy emas kompyuterlarni remont qilish borasida ham tushunchaga ega bo'lardi.
|
Zuhra
|
O'qib chiqdim g'oya zo'r. Afsuski amalga oshmasdan qolib ketadi har doimgidek. Informatika dars soatlari 5-6-7-8 sinflarga ham ko'paytirilishi kerak. Haftada bir soat, mavzular qisqa o'quvchi nazariy o'rganadi lekin amaliy bajarishga ulgurmaydi. O'quvchilar juda qiziqishadi informatika faniga, afsus quyi sinflarga oz dars soati. 3-4 sinfdan o'rganishsa 5-6 sinfgacha kompyuter haqida tushunchaga ega bo'lishadi. 5-sinfdan kompyuterda bemalol o'quvchi ishlashni o'rganishadi.
|
Gulnoza Usmonova
|
Loyiha juda yaxshi tuzilgan. Informatika va axborot texnoligiyalari fanidan yangi rejaga darsliklarning mos kelmasligi. Ya'ni o'quvchilar foydalanishi uchun yangi darsliklar yo'q. 2020-2021 o'quv yilida 5, 8, 9- sinflarning rejalariga o'zgartirishlar kiritilgan. Aynan shu sinflarda darsliklar bog'liq muammolar bor.
|
Ataxonova Erkinoy
|
Loyihadagi rejalar juda ham yaxshi tuzilgan. Hozirgi kunda darsliklarga kiritilgan yangi dasturlarni avvalo oʻqituvchilarning oʻzi mukammal oʻrganib olishlari uchun oʻquvlar tashkil etilsa yaxshi boʻlardi. Taʼlim sifatini oshirishda, yangicha bilimlarni egallashlari uchun barcha maktablar yuqori sifatli Internet bilan taʼminlanishi kerak deb oʻylayman.
|
Qodirova Dildora
|
Loyixadagi fikrlar juda yaxshi,menimcha oliy talim tizimida informatika va texnologiya yonalishlari informatika boyicha scholar tuzilishi kerak va oliy talimdagi informatika mavzularini tubdan isloh qilish vamalakali kadrlar bn taminlash kk.Mavzularda informatikani organish zamon talabi ekanligiga etibor berish kerak
|
Ravshanbek
|
Assalomu alaykum man shuni iltimos qilgan bo'lardim maktab darsliklar mavzular bog'lanish tartibida tuzulsa keyin internet bn bog'liq mavzularga chekka chekka qishloq maktablarga internet muammosi tez fursatda bartaraf etilsa informatika fanidan zoom programmasi orqali xar oyda bir o'qituvchilar o'rtasida bilim almashish maqsadida ilmiy konfrensiya bo'lib tursa yana 3,4 sinflarga ham informatika fani qo'yilsa o'quvchilar informatika fani haqida dastlabki bilimga ega bo'lsa
|
Zuhra Farģona viloyati Farģona tumani
|
Rejalar har doimgi quruq gaplar bòlib qolmasa juda yaxshi. Informatika dars soatlarini 5-8 sinfga kòpaytirish kerak. Yangi òquv dasturiga kòra qurilmalar hech qaysi sinfda beripmagan. Boshlanģich ma'lumot sifatida dasturga kiritilishi kerak. Informatika fanidan kirish imtihonlarida test topshirilishi bu juda zòr bòlardi. Faqat bunda pascal yoki dastur natijasi haqidagi testlar òzini oqlamaydi. Pascal tilini ertaroq òquv dasturidan olib tashlash kerak edi. Qulay platformali dasturlarni òrgatish kerak. Felphini ham php yoki java script kabi tillarga almashtirish kerak. Maktab informatika kabinetlarini shu talablarga mos jihozlash kerak...
|
R.Toshtemirov
|
Informatika darsliklariga asosan dastur tuzish bo‘yicha mavzularni qo‘shish kerak.Hozirgi yangi dasturlash tillarini o‘qituvchilar ham,o‘quvchilar ham biomaydi.OTM larda dasturlash tillari yahshi o‘rgatilmaydi.O‘quvchilarimizni ko‘proq dastur tuzishga o‘rgatishimiz kerak.
|
Abdullayev Xurshidjon
|
Loyihadagi rejalar juda ham yaxshi tuzilgan. Darsliklarni mosligini taminlash lozim.Yang darslik yaratganda maktab o’qituvchilarni shu darsliklar bilan tanshtirib, ularni bilimni malakasini oshirish lozim. Barcha maktablar o‘quvchilarini yangi bilimlarni egallashlari uchun yuqori sifatli Internet bilan to‘liq taʼminlanishi kerak. Informatika fanidan kirish imtihonlarida test bloklariga kiritish kerak deb o‘ylayman. Shunda o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlari yana xam oshgan bo‘lar edi.
|
Murodalieva Muattarxon
|
Loyihani o'qib chiqdim. Rejalar juda zo'r tuzilgan. O'zbekiston tumani 37-maktab o'qituvchisi
|