Информатика таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 ... 3 4 5 6 7 ... 21 След.
0
Jasurbek
1. Zamonaviy informatika xonalari va zamonaviy komyuterlar bilan taminlash kerak maktabga borsang zamonaviy informatika honasi deb bitta sinf bo‘ladi. Nega 2ta yoki 4 ta zamonaviy informatika honasi yo‘q dars o‘tsang yarmi boshqa sinfda yarmi yanna boshqa sinfda faqat komyuterda emas. O‘quvchilarga Komyuterning ichki qurilmalaridan tortib tashqi qurilmalarigacha sozlash bo‘yicha xam darslikga kiritish kerak.
2. Darslikga operatsion sistemadan tortib qo‘shimcha driverlar o‘rnatguncha ko‘nikma xosil qilish kerak nega xar bir o‘quvchi o‘zi o‘z komyuterini sozlashini o‘rganmasligi kerak 11 yil taxsil olib.
Имя Цитировать 0
0
Mirishkor tumani Raxmonova Xadicha
Assalomu aleykum loyiha judayan yaxshi tuzilgan. Loyiha bo'yicha avval o'qituvchilarini malakasini oshirish lozim deb o'ylayman . Buning uchun o'qtuvchilarni har 3 yoki 5 yilda emas balkim har yili malakasi oshirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Eng asosiysi maktablarda kompyuterxonalarni va enternet tarmog'i bilan to'la to'kis taminlash lozim .
Имя Цитировать 0
0
Sayriddin
[TABLE][TR][TD]
Menda quyidagi takliflar bor:
1. Pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabdagi mavzular inobatga olinishi kerak yoki maktab informatika fanidagi mavzular OTM da òtilgan fanlardan kelib chiqib tuzilishi kerak.
2. Albtta har doimgidek reforma qilishdan oldin moddiy texnik bazanj yaxshilash kerak.
3. Attestatsiya tizimini tubdan isloh qilish kerak. Attestatsiyada berilayotgan savollar asosan sanoq sistemasi va mantiqiy ifodalardan tashkil.topgan, zamonaviy dasturlar, dars òtilayotgan mavzularga oid deyarli testlar yòq.  Deyarli 5 yildan beri  savollar yangilanmagan, faqat Ali, Vali, Soli nomi bilan boshlanuvchi testlar, har 3 ala toifaga ham bir xilda test.
4. 5,7,9 sinf darsliklarida avvalgi 3 yoki 5 ta mavzular deyarli bir xil. Bu yo 5 -sinfga juda qiyin mavzu, yoki 9-sinfga òta darajada sodda mavzu bòlib tuyulishi mumkin.
[/TD][/TR][TR][TD]
[/TD][/TR][/TABLE]
Имя Цитировать 0
0
Toshtemirova Shoiraxon
Loyiha juda zor. Internet ishlash tezligini tumanlarda ham tezlashtirish kerak . Informatika dars soatlarini ko`paytirish kerak. Bu fan hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan jamiyat uchun juda zarur. debr oylayman.Zamonaviy kompyuterni va kompyuter  sinflarini kopytirish kerak. Kompyuter serviz xizmarlar kerak maktablarga. Telekomlar maktabdagi internetlarni ishlatishlarimizga yordam  qilishlari kerak.
Имя Цитировать 0
0
Xxxx_xx
✅ Maktablarda yondosh fanlar bo'yicha dars berish yo'lga qo'yilsa, chunki men maktabda yondosh fanlar mutaxassislariga nisbatan ko'proq bilsamda o'sha fanlardan dars berish huquqim yo'q. Ular deylik mening yarmimcha bilimi bo'lmasada, bu huquqqa ega. O'rtada o'quvchilar bilimsiz qolmoqda. Qolaversa, o'sha dars egalari o'z ustlarida ishlashni istamaydi ham, chunki, raqobat qila oladigan men bo'ladigan bo'lsam, ularni darsini olishga haqqim yo'qligini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ulardan boshqa bu darslarga ega chiqa oladigan talabgor yoq. Shu tomonlariga ko'ra ular o'z ustlarida ishlashlari uchun ham yondosh darslar o'z mutaxassisligiga noloyiqlardan olib, yondosh mutaxassis bo'lsada boshqa, kuchlilarga berilsa, degandim. Buning uchun ularga huquq berilishi kk.  

✅ Bu gaplar sizlarga balki ma'qul kelmas, lekin hozirgi paytda juda zarur deb o'ylayman. Chunki, misol uchun tasavvur qiling, bitta maktabda o'z ustida ishlaydigan kuchli fizik o'qituvchi informatikani ham kuchli o'zlashtirgan, ko'plab dasturlash tillarini biladi va ijodiy ishlari ham bor. Fizika darslari maktabda kamlik qilib, informatikadan ham dars o’tmoqchi.  Faqat unda informatika o'qitish huquqi yo'q. Yonida esa, kompyuterga teginishga qo'rqadigan informatika o'qituvchisi bor, bilim deyarli "0", lekin o'qitishga huquqi bor. Boshqacha aytganda bilimi borning huquqi yo'q, huquqi borning bilimi yo'q. Shunda informatika bo’yicha samaradorlik qanday bo'ladi, deb o'ylaysiz? Albatta nol. Agar men taklif qilgandek bo'lsa, o'sha kuchsiz o'qituvchi yoki ishlay olmasdan bo'shab ketadi, yoki o'z ustida ishlab o'z darsi uchun kurashadi. Har qanday holatda ham kuchli mutaxaassislar shakllanadi. Kuchsizlar kuchlilarga o'rin bo'shatadi. Aks holda darsi kamligidan o'sha kuchli o'qituvchini ishni tashlab ketishiga sababchi bo'lib qolishimiz mumkin. Hozirgi paytda men taklif etayotgan qoidalar yo'q. Shuning uchun ba'zilar mutaxassis bo'la turib, yondosh mutaxassischalik bilmasliklaridan uyalmaydilar, chunki, baribir o'sha informatika darsi uniki. Buni men misol uchun aytdim albatta, lekin bu real bor narsa va hozirgi paytda shu holat mavjud. Balki, bunday holatlar vaqtlar o'tib bartaraf qilinar, lekin o'sha vaqtni kutib, o'quvchilarni bilimsiz qoldirish yaxshi emas, deb o'ylayman.

✅Agar fikrim noto'g'ri bo'lsa, uzr so'rayman va noto'g'ri ekanligini tushuntirish berib o'tsalaringiz xursand bo'lar edim.
Имя Цитировать 0
0
Guljahon
Menda esa quyidagi takliflar bor.
1.Maktabimizda bitta kompyuter xona mavjud bo'lib o'quuvchilar guruhga bo'linganida yarim guruh undan foydalanadi .Keyingi darsda esa keyingi mavzu to'g'ri kelib qoladi.Qisqasini aytsak bu holatda o'zlashtirish pasayib ketadi.Chunki bu fanni o'zlashtirish uchun esa amaliy usulda olib borilsa maqsaga muofiq bo'lar edi.
2.Tumanlarda internet bilan ishlarda muammolar ko'p.
bBularni tezroq bartaraf etilmasa tumanlarda rivojlanish bo'lmaydi.
Имя Цитировать 0
0
Elliyeva Gulnoz Qarshi tumani 10-IDUM o'qituvchisi
Konsepsiya puxta ishlangan to'g'ri. Lekin bularni juda tez orada amalga tatbiq etish kerak. Aks holda yana ortda qolaveramiz. o'qituvchi o'z ustida ishlashi uchun shunday elektron kutubxona bo'lsaki, unda jahonda tan olingan darsliklar, multimedialar, zamonaviy ped.metodlar, fanga oid gazeta-jurnallar bo'lsa u yerda. Internetdan qidiraman rus yo ingliz tillarda, izlagan narsam chiqadi, lekin hammasi pullik. Shunday elektron kutubxonamiz bo'lishini tez orada kutib qolamiz.
Имя Цитировать 0
0
Жамолова Феруза
Ассалому-алайкум .
хакикатдан хам информатика укитувчиси хозирги кунда мактаб котибасига айланиб колди лекин компьютер хонасида шароит унчалик даражада эмас. Масалан, интернет тизими ишламаслиги  хакида маьлумот хар хафта суралади, лекин бартараф этилмайди. Укитувчи узининг мобил аппаратларидан фойдаланиш керак. Амалий ёрдам курсатинглар интернет тармогини улатиш учун
Имя Цитировать 0
0
Siroj Obloqulov
Darslar mukammal bölmoği kerak öquvchiga kerakli mavzularni qöyish kerak maktablarga kompyuterlar yöq amaliy könikma shakllanishiga zamin yaratish kerak deb öylayman nima yangi narsa bölsa poytaxt shaxarlarda böladi tuman qishloqlarga e‘tibor juda kam.
Имя Цитировать 0
0
Urayimjonova Umida
Informatika fani dars soatlarini ko'paytirish kerak deb o'ylayman. chunki zamon shuni talab qilyapti. 5-sinf o'quvchilari haftada bir soat yani 45 minut vaqt ichida nimani o'rganadi kompyuterni yoqib endi ishlamoqchi bo'lganida qo'ng'roq chalinib dars tugaydi. Shuning uchun har bir sinfda informatika dars soatlarini ko'paytirish kerak.
informatika o'qituvchilari kompyuter bilan ishlaganlari uchun qo'shimcha xaq to'lanishi kerak.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 3 4 5 6 7 ... 21 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений