Кимё таълимини ривожлантириш тизими

Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

08.01.2021


Страницы: Пред. 1 ... 5 6 7 8 9 След.
0
Guest
Kimyo fanini 5 yoki 6 sinfdan boshlab òqitish kerak. Kimyo murakkab fan kimyoni òrganmoqchi bòlganlar biologiyani matematikani fizikani ham bilish shart. 7 sinfdan òtiladi. Òquvchilar  maktab dars soatlarida ulgurishmaydi. Haftasiga ingliz tili faniday 3 soat yarim gruppa qilib òtilsa undan ham a'lo bòlardi. Sinflarda 34-35 nafardan òquvchi bor barchasi bilan shuģullanib ulgurmaymiz, yoki sinfda òquvchi sonini 24 -25 nafardan qilish zarur. Bu kimyo faniga emas barcha fanlarni òzlashtirilishiga òz natijasini beradi degan umiddaman.
Имя Цитировать 0
0
Baxtiyor
Men kimyo fani o‘qituvchi va xalq ta‘limi bo‘limi metodistiman. 2016 yilda QDPI kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishini tamomlaganman. Kimyo fanini umumta‘lim maktablarda o‘qitishda barcha sinf kimyo darsliklar qayta ko‘rib chiqish zarur. Bunda ekspertlar sifatida barcha viloyatlardagi tuman va shaharlardan kimyo fani o‘qituvchilari bo‘lishi kerak. Shunda darsliklarimiz soddalashadi o‘quvchiga tushinarli bo‘ladi. Sabab maktab o‘qituvchisi biladi qayerda muammo borligini. Hududiy qilib muhokamaga qo‘yib keyin tajribali ekspertlar jamlasa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kitoblardagi mavzularni butunlay boshqadan ko‘rish kerak. Kimyogar olimlar 7 sinf kimyo darslikda. Bu mavzuni 9-10 sinflarga joylashtirish kerak. Qanday olimlarimizni qilgan ishlariga mos mavzular ichida ya‘ni kimdir spirtlar mavzusida ish olib borgan kimdir aromatik yana kimdir alkenlar. Shunda darsliklarni rang barangligi ortadi, o‘quvchilarni qiziqishi va xotirada saqlashi yaxshilanadi. 7 sinf Atom molekular ta‘limotni 8-sinfga ko‘chirish kerak va atroflicha kengroq yortish zarur. 7 sinf o‘quvchisi yangi kimyo u uchun hali yangi C izatopi 1/12 qism m.a.b va hokozo. To‘gri bu mavzu mahoratli pedagoglar tomonidan o‘quvchilarga oson tushintirilishi mumkin lekin hamma ham birdek mahoratga ega bo‘lolmaydi. 1 sinf o‘quvchisi o‘qishni alifbedan boshlaydi harflarni yozlashni shundan song u so‘zni o‘qiydi. Bizdachi unday emas. Anorganik moddalarni muhim sinflari mavzularni o‘tib tugatib jami o‘qitgan o‘quvchilarni 50 foizi oddiy turmushda ishlatiladigan moddalarni foymulasini bilmaydi. Albatta bu maktab tizimidagi o‘qitish. Repititordachi borish bn element o‘rganadi nomi va belgisi nisbiy atom massasi va oksid tuz kislota asos mavzulari juda qisqa muddatda yani 6 yoki 7 darsada 1 yil erisholmagan natija bolada namoyon bo‘ladi. 7-8-9 sinf darsliklarini qayta ko‘rib chiqish  zarur. Darsliklarda uzviylik juda sayoz huddi kattalar uchun yozilganday yani teziz.
Имя Цитировать 0
0
Baxtiyor
OTM ga kirishda abiturentlarga 70-80% masala tushadi. Endi savol tugiladi maktab darsliklardagi mavzularni toliq o‘qigan o‘quvchi o‘sha masalalarni yecholadimi? Bu savolga barcha kimyo o‘qituvchilarimiz o‘ylab o‘tirmasdan yo‘q deb javob bersa kerak. Nimaga? Masalan Biologiya darsliklari maktabda ham repititorda ham o‘sha, fizika ham qisman o‘sha lekin boshqa afabiyotdan foydalanadi qo‘shimcha. Kimyo esa umuman foydalanmaydi. Nega? Chunki darsliklarda masalaga emas oldi qochdiga tayanilgan. O‘quvchini mavzuni mustaxkamlash uchun 1-2 turdagi masalani ishlanish yo‘li bilan tushintirish kerak har bir darsda. Aytish mumkin repititorlar kimyo darsliklarni o‘qitishadi deb ha o‘qitishadi DTM da kitobdan olingan nazariy savollarni yechalmay qolmasliklari uchun u yerda bilim berish emas yutqazib qo‘ymaslik ko‘zlangan.
Имя Цитировать 0
0
Mo'mina
Assalomu-alaykum.
7- va 8-sinf mavzularini qayta ko'rib chiqish lozim, juda soddalashtirib yuborilgan. 9-sinf mavzulari ancha murakkab, bu mavzular uchun masala yechish darslari ko'proq bo'lishi kerak.
Menimcha, 7-sinfda dastlab atom, molekula, modda tushunchalari, kimyoviy element, atom tuzilishi, davriy sistema va davriy qonun o'rganilishi lozim. O'quvchi kimyoviy element, uning belgisini, valentligini bilmasdan kimyoviy formula tuzolmaydi. Modda formulasini bilmasa, tenglama yozolmaydi. Kimyo - aniq fan. Shuning uchun har bir darsda, albatta, masala yechish uchun topshiriqlar bo'lishi lozim.
Имя Цитировать 0
0
Faxriddin
Dars soatlarini ko‘paytirish kerak
Имя Цитировать 0
0
Karimova Muhabbat Jalolovna
Men  7-11 -sinflarga dars beraman  7 -8 sinf darsliklaridagi mavzular orasidagi uzviylik osonidan qiyni tomonga bo‘lgan ketma -ketlik ancha to‘g‘irlandi ammo 9 -11 -sinf darsliklari bilan muammolar bor 9 -sinf darsligi ancha katta mavzularni o‘tish uchun  dars soatlari oz ammo 11 -sinf darsligi 9-sinf darsligidan ancha  yengil  9 -sinf darsligidan elektiroliz mavzusidagi masalalar qanchalik murakkab 11-sinfdagi masalalar ancha sodda va masala yechish uchun deyarli vaqt yo‘q  111 -sinf masalalar yengil shu kunda yechib kela oladi o‘quvchi yoniga yana masalalar kitobchasini qo‘shib chiqarganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Xurshida
Kimyo fanini o'tishda labaratoriya xonalari va reaktivlarga alohida e'tibor berilsa yetarli miqdorda yetkazib berilsa darslarni nazariydan farqli amaliy o'quvchilarga tushuntirilsa o'zlashtirish yiqoriroq darajada bulardi.  6-sinfdan kimyo fani o'qitilib boshlansa o'quvchilar har holda boshlang'ich tushunchalarni 7 sinfga qadar urgansa uzlashtirish samaradorligi oshardi.
Имя Цитировать 0
0
Ergashova Zebiniso
7-sinf darsligida eritmalar mavzusida foiz konsentratsiya va molar konsentratsiya mavzulari bitta qmavzu qilib berilgan. Bu mavzularni alohida alohida mavzu qilib òtilsa va masalalar ustida kòproq ishlasak òquvchilar yaxshiroq tushunishadi.
Имя Цитировать 0
0
Рахмонова Доно
- Кимё фанидан дарсликларга QR КОДЛИ  маълумотлар киритилса.  - Кимё фанидан дарс соатларининг назарий қисмлари дарслик асосида ўтилса, амалий соатлари учун синфлар кесимида алоҳида қўлланмалар ташкиллаштирилса. - Кимё фанидан ўқувчиларда фанга оид компетенцияларни ривожлантиришда, мустақил ишлаш қобилиятларини шакллантиришда лаборатория машғулотлари учун ҳам алоҳида соатлар ажратилса. - Кимё фанидан пастки синфлар учун дарс соатлари кўпроқ  қилинса мақсадга мувофиқ бўларди.
Имя Цитировать 0
0
Xolmurodova Oynisa Ibrohimovna
Assalomu aleykum. Men Zarafshon shahar XTB metodistiman. Meni fikrlarim quyidagicha. Kimyo fanidan darsliklarini qayta ko'rib chiqish kerak. Masalan: 9- sinflar uchun Elektroliz mavzusi murakkab bo'lganli sababli bir soat yetmaydi o'quvchi o'zlashtirushi uchun masalalar yechishga yana kamida 3 soat vaqt ajratish kerak. 8- sinflarda oleumlik masalalar umuman darslikda yo'q.  OTM larga kirishda esa 80-90- foizi Attestasiya savollari ning deyarli hammasi masalalar. Shuning uchun o'quvchilar ko'proq repititor ga boradilar. O'quvchilarni maktabga qaytarish uchun darsliklarni qayta ko'rib chiqish kerak yoki OTM va Attestasiya savollari ni o'zgartirish kerak.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 5 6 7 8 9 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений