Guest Qodirova Gulshod Xo‘jamurodovna 17-maktab kimyo o'qituvchisi
|
Men ham kimyo ta‘limining uzviyligini ta‘minlash konsepsiyasi bilan tanishib chiqdim.Shunga ko‘ra, o‘quvchi soni ko‘p bo‘lgan sinflarda ayniqsa masalalar yechish ko‘nikmalarini talab darajasida shakllantirish berilgan soatlar bo‘yicha juda qiyinligini e‘tirof etib 7,8,9-sinflarda ham dars soatlari ko‘paytirilishini so‘rab qolaman.Laboratoriya tajribalarini o‘tkazish uchun eng muhim reagent va jihozlar yetarlicha bo‘lsa, darsliklar asosida samarali metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilsa va darslarimizda foydalansak o‘quvchilarimizning kimyo fanini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yaxshilash mumkin degan fikrdaman.
|
Nazokat Shamsidinova 26 maktab kimyo fani o'qituvchisi
|
Men kimyo fani uzviylikni ta'minlash konsepsiyasi bilan tanishib chiqdim. Sinfda o'quvchilar soni ko'pligi va amaliy mashg'ulot uchun kerakli moddalar yetishmasligi uchun biroz muommo bo'ladi... Amaliy mashg'ulotlarni o'quvchisi ko'p sinflarda sinf o'quvchilarni ikkiga bulib o'tilsa. Faqatgina darslik bilan cheklanib qolmasdan mavzularga mos misol va masala turli usullarda yechimlari alohida qo'llanmalari bo'lsa fan o'qituvchi amaliy darslarda va to'garag darslarida o'quvchilar uchun qo'llanma sifatida foydalaniladi, o'quvchilarni nazariy bilimlari yanada mustahkamlanardi degan fikrdaman.
|
Юлдашев Аслидин Андижон вилояти Шахрихон тумани 60-мактаб кимё фани укитувчиси
|
Ассалому алейкумю Кимё фани мен учун энг кизик ва англаш кийин булмаган фан. Мен шундай килиб тарбиялаган устозлар методикасидан олиш керак. Укувчи кимёни тушуниши учун у уаввало математикани яхши билиши талаб килинади. Кимё лаборатория жихозлари етишмаслиги хозирги кунда табиий холат. менимча битта мактабга битта лаборатория ташкил килиш учун икетадиган маблаг эвазига бутун мактаб синф хоналарини смарт телевизор билан жихозлаш мумикн. Шунинг учун видео тажрибаларни ривожлантириш ва лабораториядан воз кечиш керак. Тугри, айрим устозлар укувчи кули билан бажарсин тажрибани деган фикрни илгари сурадилар, лекин олий таълимга кириш имтихонларида тажрибани бажариш тугрисида савол берилмайдику. Ломоносов фикри эсаимга тушади ".........нукул тажриба билан шугулланадиганлар чинакам химик эмас, чинакам химик философ булиши керак"
|
Ахмедова Хилола
|
Ассалому алейкум азиз устозлар узлуксиз таълим кансепсияси билан танишдим ..кимё консепсияси узвилиги яхши биз кимё фанидан утказиладиган лаборатория машгулотлари учун реактивлар етишмаслигини тулдирмай туриб кандай килиб укувчиларда амалий куникмалар хосил килишимиз мумкин.
|
Xursanova Yulduz Farhodovna TXBT
|
Kimyo ta'limi uzviyligini ta'minlash konsepsiya loyihasi bilan tanishdim. Konsepsiyada kimyo fanida yuzaga kelgan kamchiliklar va bo'shliqlarga alohida e'tibor berilgan. Bu konsepsiya loyihasini amalga oshirish uchun darsliklar qayta ko'rib chiqilsa, undagi murakkab mavzularni o'quvchilar tushunishi oson bo'lgan usullar, amaliy mashg'ulotlar, rasmli tasvirlar bilan ko'proq boyitilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Amaliy mashg'ulotlar uchun maktablar zamonaviy virtual laboratoriya jihozlari bilan ta'minlanishi hamda foydalanish uchun metodik qo'llanmalari ishlab chiqilishi kerak deb o'ylayman.
|
Toshatova Sojida
|
Kimyo fanidan dars soati ko'paygani sababli darslikda masalalar ko'proq berilsa.
|
Nishonova
|
Assalomu alaykum, aziz ustozlar va
ushbu portal loyihachilari. Konsepsiya bilan tanishib chiqqan holda, yuqoridagilarga qo'shimcha sifatida, o'quvchilarni kimyo faniga bo'lgan qiziqishini oshirishda, kimyo sanoatlariga, zavod va shunga o'xshash ishlab chiqarish korhonalariga ekskursion darslar ham joriy etilsa, o'quvchilar tasavvurida kimyo fani hayotda naqadar asqotishi haqida tushunchalar hosil bo'lishiga katta turtki bo'lar edi. |
Shavkat Kitob tumani 89-maktab
|
Assalomu alaykum. Umumiy o'rta Ta'lim maktablarida kimyo fanining o'qitish samaradorligini oshirish uchun:
1. Darsliklar sifatini yaxshilash: a) Mavzularni o'quvchilar uchun oson, tushunarli tarzda yozish, qonun-qoidalarni tushunish va eslab qolish qiyin bo'lgan uzundan uzun shakllarda yozmaslik. b) Mavjud darsliklarda xatolar juda ko'p bo'lib, yangi darsliklarda ushbu xatolarni bartaraf qilish. d) Darsliklarni mavzularga oid, o'quvchilarga motivatsiya beradigan rang barang rasmlar bilan boyitish. e) Mavzuga doir masala va mashqlarni ko'proq berish, yoki sinflar kesimida alohida masala va mashqlar kitobi joriy qilish. 2) Maktablarda kimyo xonalari alohida bo'lishi va raqamli texnologiyalar (eng kamida kompyuter va video proyektor) bilan ta'minlangan bo'lishi. 3) Laboratoriya xonalari bo'lishi va ularni kerakli jihozlar va reaktivlar bilan ta'minlash. 4) 8-9-sinflarda ham dars soatlarini haftasiga uch soatdan qilib belgilash. 5) Kimyo fanini 6-sinfdan boshlab o'qitishni tashkil qilish kerak. 6-sinf ddturiga asosan o'quvchilarni kimyo faniga qiziqtirish uchun mo'ljallangan, boshlang'ich tushunchalar, qiziqarli topshiriqlar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari kiritilishi kerak. Izoh: Shahar joylardagi maktablarning kimyo xonalari, laboratoriya xonalari va jihozlar bilan ta'minlanish darajasi yaxshiligini inobatga olgan holda, birinchi navbatda qishloq joylardagi maktablarga e'tibor qaratish zarur. Zamonaviy maktablar qurish dasturida ham eng avval shahar maktablari talab darajasida qurildi. Qishloq joylarga kelganda esa ajratilgan mablag'larning oxiri ko'rinib qolgani uchun maktablarning ko'pchiligi kichikroq qilib ikki smenada o'qishga mo'ljallanib qurildi. Natijada darsdan tashqari mashg'ulotlar va to'garaklar o'tish uchun bo'sh xona topilmaydi va bu mashg'ulotlar amalda o'tilmay qoliyapti. Shuning uchun maktablarni bir smenaga moslashtirish, sinf sistemadidan voz kechish, fan xonalari alohida bo'lishini ta'minlash yoki hech bo'lmasa qo'shimcha mashg'ulotlar uchun xonalar qurish zarur. Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 89-maktabning kimyo fani o'qituvchisi Xudoynazarov Shavkat. |
Guest
|
||
| ||
Xudoynazarov Shavkat Kitob tuman 89- va 77-maktab o'qituvchisi
|
Assalomu alaykum. Umumiy o'rta Ta'lim maktablarida kimyo fanining o'qitish samaradorligini oshirish uchun:
1. Darsliklar sifatini yaxshilash: a) Mavzularni o'quvchilar uchun oson, tushunarli tarzda yozish, qonun-qoidalarni tushunish va eslab qolish qiyin bo'lgan uzundan uzun shakllarda yozmaslik. b) Mavjud darsliklarda xatolar juda ko'p bo'lib, yangi darsliklarda ushbu xatolarni bartaraf qilish. d) Darsliklarni mavzularga oid, o'quvchilarga motivatsiya beradigan rang barang rasmlar bilan boyitish. e) Mavzuga doir masala va mashqlarni ko'proq berish, yoki sinflar kesimida alohida masala va mashqlar kitobi joriy qilish. 2) Maktablarda kimyo xonalari alohida bo'lishi va raqamli texnologiyalar (eng kamida kompyuter va video proyektor) bilan ta'minlangan bo'lishi. 3) Laboratoriya xonalari bo'lishi va ularni kerakli jihozlar va reaktivlar bilan ta'minlash. 4) 8-9-sinflarda ham dars soatlarini haftasiga uch soatdan qilib belgilash. 5) Kimyo fanini 6-sinfdan boshlab o'qitishni tashkil qilish kerak. 6-sinf dasturiga asosan o'quvchilarni kimyo faniga qiziqtirish uchun mo'ljallangan, boshlang'ich tushunchalar, qiziqarli topshiriqlar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari kiritilishi kerak. Izoh: Shahar joylardagi maktablarning kimyo xonalari, laboratoriya xonalari va jihozlar bilan ta'minlanish darajasi yaxshiligini inobatga olgan holda, birinchi navbatda qishloq joylardagi maktablarga e'tibor qaratish zarur. Zamonaviy maktablar qurish dasturida ham eng avval shahar maktablari talab darajasida qurildi. Qishloq joylarga kelganda esa ajratilgan mablag'larning oxiri ko'rinib qolgani uchun maktablarning ko'pchiligi kichikroq qilib ikki smenada o'qishga mo'ljallanib qurildi. Natijada darsdan tashqari madhg'ulotlar va to'garaklar o'tish uchun bo'sh xona topilmaydi va bu mashg'ulotlar amalda o'tilmay qoliyapti. Shuning uchun maktablarni bir smenaga moslashtirish, sinf sistemadidan voz kechish, fan xonalari alohida bo'lishini ta'minlash yoki hech bo'lmasa qo'shimcha mashg'ulotlar uchun xonalar qurish zarur. Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 89- va 77-maktablarning kimyo fani o'qituvchisi Xudoynazarov Shavkat. |