Кимё таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 ... 11 След.
0
Qobulbek
Darslarni samaradorligini oshirish uchun maktablarda ham oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib( huddi chet tilidagidek) dars tashkil etish kerak
Имя Цитировать 0
0
Jo'rayev Ergash
Maktab darsliklarida elektron konfugratsiya va izomeriya hodisasidagi segma va P bog'lar ko'proq ma'lumot berilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Q.Yòldoshev G'uzor tumani XTB
Konsepsiyada ustuvor yònalishlar va maqsadlar aks ettirilgan. Kimyo ta'limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish aniq kòrsatilgan.
Имя Цитировать 0
0
Guest Qodirova Gulshod Xo‘jamurodovna Kasbi tumanidagi 17-maktab kimyo o'qituvchisi
Men ham kimyo ta‘limining uzviyligini ta‘minlash konsepsiyasi bilan tanishib chiqdim.Shunga ko‘ra, o‘quvchi soni ko‘p bo‘lgan sinflarda ayniqsa masalalar yechish ko‘nikmalarini talab darajasida shakllantirish berilgan soatlar bo‘yicha juda qiyinligini e‘tirof etib 7,8,9-sinflarda ham dars soatlari ko‘paytirilishini so‘rab qolaman.Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun eng muhim reagent va jihozlar yetarlicha bo‘lsa, darsliklar asosida samarali metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilsa va darslarimizda foydalansak o‘quvchilarimizning kimyo fanini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish mumkin degan fikrdaman.
Имя Цитировать 0
0
Зангиота тумани 27- мактаб кимё фани ўқитувчиси Умурзоқова Нодира
Ассалому алайкум устозлар. Кимё таълимини ривожлантириш тизими концепциясини ўқиб чиқдим.Концепция менга маъқул бўлди, чунки кимё фанини ўқитилиши бўйича барча муаммоларни ечиш ва кутилаётган натижалар тўғри ёритилган.
Имя Цитировать 0
0
Abdulxamid Qo'shmonov. Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 32-IDUMI ni kimyo fani o'qituvchisi.
Komyo fanidan tushunarli darsliklar tayyorlash kerak.
Имя Цитировать 0
0
Navoiy Karmana tumani 10-maktab Kimyo fani o'qitivchilari Nematov va Umirovalar
Salom. Yuqorida konseptsiya bilan tanishdik. To'g'ri dars soatlari kam. Masala va mashqlarga vaqt yetmaydi. Shu sababdan masala ishlanadigan mavzularga keraklicha soatlar ajratish kerak. Bundan tashqari Kimyo o'qituvchilarini bilimlarini yanada oshirish, talabga javob bermaydigan o'qituvchilarga dars bermaslik kerak. O'quvchilarni kimyo faniga nisbatan qiziqishini oshirish ular ongidaqi ,,kimyo fani qiyin'' degan noto'g'ri tushunchalarni yoqotish kerak.
Имя Цитировать 0
0
Oripova 4-maktab
Assalomu-aleykum hurmatli o'qituvchilar konsepsiya bilan tanishib chiqdim .Ta'lim tizimini yaxshilash uchun kimyo fani soatlarini ko'paytirish , amaliy va labaratoriya mashg'ulotlari uchun reaktiv va jihozlar etarli bo'lishini xohlardim .
Имя Цитировать 0
0
U.Jobborov 32-maktab
Assalomu alaykum.Men ham konsepsiya bilan tanishdim.Kimyo darsliklaridagi mavzu va masalalarni o'quvchilarga, tushuntirish va mashqlarni bajarish uchun haftada kimyo dars soatlarini 5 soatdan utish lozim.Kimyo og'ir fanlardan.
Имя Цитировать 0
0
Hamroeva Gulmira Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 21-IDUM Kimyo fani o'qituvchisi 16.10.2020 y
Assalomu-alaykum.Men Xudoynazarov Shavkat domla bergan barcha fikrlarini ma'qullagan holda bu takliflar shundayligicha qolmaydi degan umiddaman.Barcha kimyo fani o'qituvchilari bildirilgan fikrlar natijasini kutib qolamiz!!!
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 ... 11 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений