Сафарова Мавлуда.
|
Здравствуйте! Ознакомилась с концепцией очень хорошо проработана. Математику нужно начинать с дошкольного образования. Надо быстрее реализовать проект. Учебник математики для 3 класса очень богат логическими задачами , это очень приятно , но я считаю , что эти задачи задания рассчитаны на одаренных и талантливых учеников, думаю необходимо пересмотреть .
Город Бухара школа/13. |
Fayzullayeva Dilrabo
|
Buxoro viloyati Buxoro shahar 35-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi
1)2-sinf matematika darsligida 11-sahifadagi to'g'ri va to'g'rimas burchaklar tushunchasi o'rniga o'tkir va o'tmas burchak deb berilsa yaxshi bo'lardi 2)17-sahifadagi 4-topshiriq uyga vazifa sifatida berilsa yaxshi bo'lardi,chunki dars jarayonida ko'p vaqt talab qiladi 3)34-sahifadagi ,, Kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar"mavzusi 2-sinf o'quvchisi uchun biroz murakkablik qiladi 4)49-sahifadagi 5-topshiriq uyga vazifa sifatida berilsa yaxshi bo'lardi chunki dars jarayonida ko'p vaqt talab qiladi 5)135-sahifadagi 7-masalaning yechimida 2 soat=120 minutning 3 dan 1 qismini topishga to'g'ri keladi, ya'ni3 xonali sonni 1 xonali songa bo'lish degani,bu esa 2-sinf rejasida yo'q 6)137-sahifafagi 3-masalada aprel oyining 4 dan 1 qismi o'rnida 3 dan 1 qismi bo'lishi kerak 7)259-sahifadagi 5-topshiriq 2-sinf o'quvchilari uchun biroz murakkablik qiladi 8)174-sahifadagi 8-misolda 24 soni o'rnida 30 sonidan katta son bo'lishi kerak yoki ayirish amalining o'rnida qo'shish amali bo'lishi kerak 9)190-sahifadagi 3-masalada 3-sonining o'rnida 4 soni bo'lishi kerak Chunki 36:3. jadvaldan tashqari bo'lishga kiradi 10)190-sahifadagi 5-topshiriqni bajarishda sirkul bilan ishlash o'quvchilarga qiyin Buning o'rniga radiusi 3 sm bo'lgan aylananing diametri necha sm bo'ladi yoki diametri 12 sm bo'lgan aylananing radiusi necha sm bo'ladi kabi topshiriqlar berilsa yaxshi bo'lardi 11)191-sahifadagi kesma so'zi o'rnida tasma deyilsa yaxshi bo'lardi,chunki o'quvchilarga tasmani bo'yash qulayroq 3-sinf matematika darsligi iqtidorli o'quvchilarga moslab tuzilgan,sinfdagi barcha o'quvchilarning bilimni qabul qilish qobiliyati bir xil emas Bundan tashqari har bir mavzudan so'ng mustahkamlash uchun soatlar berilsa yaxshi bo'lardi chunki, bugungi yangi mavzuni tushunmagan bola ertangi yangi mavzuni o'zlashtirishi juda qiyin E'tiboringiz uchun rahmat. |
Guest
|
Buxoro shahar 35- maktab boshlanģich sinf òqituvchisi Beshimova Laylo Samadovna. 3- sinf matematika
1.Darslikning 13- betidagi sonning bir necha ulushini va ulushi bòyicha sonning òzini topish mavzusi 1 soat berilgan, bu tòliq tushunish uchun kamlik qiladi. 2.Kombinatorik va mantiqiy masalalar mavzusi ham 1 soat uchun mòljallangan, bu tòliq tushunish uchun yetarli emas. 3.Tengsizlik . Katta emas va kichik emas belgilari. Bu mavzu 3- sinf òquvchilari tushunib yetishi uchun biroz qiyinchilik tuģdiryapti. Mavzuni soddalashtirish kerak. 4.Kasr tushunchasi. Bu mavzuni berishdan oldin,ulush mavzusi òtilib, keyin kasr tushunchasi òtilsa yaxshi bòlar edi. 5.Shakllarni burish va burchak simmetriyasi mavzulariga ham 1 soatdan vaqt ajratilgan. Bu bizning fikrimizcha yetarli emas. Pedagogika va didaktika qonunlarida oddiydan murakkabga qarab borish tamoyili muhim hisoblanadi. Shu sababli , 3- sinf òquvchilari uchun oddiydan murakkabga borilsa , tàlim sifati va samarasi oshadi. |
Nargiza Aminova
|
Men Buxoro shahar 9-maktab boshlang'ich ta'limfani o'qituvchisiman. Mening fikrimcha, boshlang'ich sinf darsliklarini qayta ko'rib chiqish lozim. Murakkabliklar juda ko'p. Boshlang'ich sinflardagi matematika darsliklari bir-birini bevosita davom ettirishi uchun ayni bir mualliflar jamoasi darsliklarni ishlab chiqsin. O'qituvchi metodik qo'llanmalar darslik chiqishi bilan bir vaqtda berilsa yaxshi bo'lardi. bo'lardi.Konsepsiya puxta ishlangan. Amalda qo'llash lozim.
|
GuestМухамедова Дилрабо
|
Мен Бухоро шаҳар 39-ИДУМ бошланғич синф ўқитувчисиман. Математика дарслиги ҳақида баъзи таклифларим бор. 1) 2-синф математика дарслигидаги айрим мавзуларни ўрганишга кам соат ажратилган. Масалан, "100 ичида сонларни хонадан ўтиб айириш" мавзуларига 1 соатдан берилган.Синфда ҳозирги вақтда 35-40 ўқувчи ўқиши инобатга олсак, хонадан ўтиб қўшиш ва айиришни ҳамма ўқувчига ўргатиш жуда қийин. Қўшишдан кўра айириш қийинроқ бўлганлигини инобатга олиб, айиришнинг ҳар бир кўринишига 2-3 соатдан мавзуларни ўрганиш мақсадга мувофиқ бўларди. Чунки ўқувчи биринчи дарсларда мавзуни яхши тушунса, кейинги мавзуларни ўрганишга қийналмайди. 2) 2-синф математика дарслигида берилган топшириқлар ёшига мос эмас, ёки бажариш учун жуда кўп вақт талаб қилади. Масалан, 17-бетдаги 4-топшириқ, 49-бетдаги 5-топшириқ, 115-бетдаги 6-топшириқлардир. 3) Содда ва таркибли масалалар ечиш мавзуси учун 3 соат берилган-у, аммо таркибли масала умуман ечиш учун берилмаган. 2-синф 22-25-бетлар
|
Zomin 1-son KXM Imonqulov Abduvali
|
Boshlang‘ich sinflarda mental arixmerika fanini joriy etish kerak.
|
Hulkar Azimova
|
Bitta o'qituvchi 5 sinfdan 11 sinfgacha almashtirilmasligi kerak shuni qonuniy qilib qo'yish kerak. Juda ko'p maktablarda faqat 5,6 va nari borsa 7 gacha o'qitadigan o'qituvchlar toifasi shakllangan (maktab direktorini yordami bilan).
|
Xo'razov Saydulla
|
Jizzax viloyati G'allaorol tumani 1-son kasb HUNAR Maktabi matematika o'qituvchisi Xo'razov Saydulla konsepsiya bilan tanishdim konsepsiya yaxshi tayyorlangan, meni fikrim o'quvchilarni o'qitishda amaliy dars soatlarini ko'paytirish kerak o'shanda o'quvchilar mavzular I o'zlashtirish yaxshiroq bo'ladi
|
Ulug'bek Xo'shbaqov
|
Baxmal tumani 2-sonli kasb hunar maktabi
Ushbu konsepsiya tadbiq qilinsa sohada yanada ko'p yutuqlarga erishish mumkin. Loyixani tezroq amalga oshirish kerak. |
Xoliqulova Ibodat G'allaorol 2-son Kasb-hunar maktabi o'qituvchisi
|
Puxta ishlangan to'g'ri. Lekin bularni juda tez orada amalga tatbiq etish kerak. Aks holda yana ortda qolaveramiz. o'qituvchi o'z ustida ishlashi uchun shunday elektron kutubxona bo'lsaki, unda jahonda tan olingan darsliklar ( rus yo ingliz tilida bo'lsa ham ham), multimedialar, zamonaviy ped.metodlar, fanga oid gazeta-jurnallar bo'lsa u yerda. Internetdan qidiraman rus yo ingliz tillarda, izlagan narsam chiqadi, lekin hammasi pullik. Shunday elektron kutubxonamiz bo'lishini tez orada kutib qolamiz.
|