Биология таълимини ривожлантириш тизими

Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

08.01.2021


Страницы: Пред. 1 2 3 4 След.
0
Guljayna Qutliyeva
Assalaymu alaykum dastur bilan tanishdim  5-sinf darsligi  amaliy ishlar ko'proq berilgan. 6-7-8-sinflarda ham amaliy ishlar ko'proq berilsa o'quvchilarda amaliy bilimlar  shakllanardi
Имя Цитировать 0
0
Umeda Hoshimova
Salom loyiha bilan tanishib chiqdim. 8 sinf mavzulari mukammal yoritilgan , masalalar yechish ham berilib borilsa  va ko'proq masalalar topshriqlari berilib borilsa yaxshi bo'lardi. 6 sinf botanika darslikda  ulotriksga oid masalalar berilib borilsa juda ham yaxshi bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Qurbonova Ro'zigul. 2-maktab. 04.02.2021
Assalomu alaykum dastur bilan tanishib chiqdim. Biologiya faniga oid jihozlar 3 yilda bir almashtirilsa, 10-11 sinflarga berilgan qo'shimcha darslar o'z joyida qoldirilsa, har bir sinf o'quvchilari uchun mos masalalar yechish qo'llanmalari bo'lsa o'quvchilar uchun darslar yanada qiziqarliroq bo'lardi. 10-11 sinflar uchun qiyin mavzular 1 soat emas 2 soatga berilsa yaxshi bo'lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Safarova Amina Mamatovna
Assalomu alaykum. Yangi ishlab chiqilgan darsliklar loyihasi yaxshi ishlangan ayniqsa 5-sinflar uchun biologiya fani mavzular bo‘yicha rasmlar o‘quvchilar tushunish va anglash duyoqarashini kengaytiradi deb o‘ylayman.
Имя Цитировать 0
0
Sharipova H
8-sinf biologiya darsligida amaliy mashg'ulotlar ko'proq berilsa,mashg'ulotlarda inson ichki organlari qo'lda yasalsa yaxshi bo'lar edi.Chunki inson qaysi kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar sog'lik eng birinchi hisoblanadi.Nazariy bilimlar ko'proq yoritilsa,har bir o'tilgan mavzu yuzasidan topshiriq berilsa (shu mavzuga oid masala)berilsa yaxshi bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Qodirova Maxfuza Qiziltepa tuman 17-maktab
Milliy o'quv dasturi bilan tanishib chiqdim.Bu dasturda asosan barcha darsliklar tubdan o'zgaradi.Dasturda sinflar kesimida mavzular takror kelgan.Masalan 7-8-sinflarda Organizm ichki muhiti mavzusidagi ma'lumotlar.8-sinf 9-bobida ba'zi mavzularga soat Kam ajratilgan.Masalan Organizmlarning gumoral boshqarilishini hozirgi rejamizda 4 soatga o'rganamiz,bu dasturda esa 1 soat ajratilgan.8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi avvalgi holatiga qolsa yaxshi bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Temirova Feruza Qiziltepa tumani 17 maktab
Assalomu alaykum.
Dastur bilan tanishdim.
Taklifim :dasturni amalga oshirish uchun 1-chi navbatda maktabning har bir fan xonalari va labaratoriya xonalari to'liq zamonaviy jihozlar,asbob uskunalar,interaktiv doska,multemediya va plakatlar bilan taminlanishi kerak.Lekin maktablarning ko'pchiligida bu sharoitlar yo'q.    
Имя Цитировать 0
0
Qiziltepa tuman 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabi Biologiya o‘qtuvchisi G‘afforov Shuhrat
8-sinf Odam va uning salomatligi fanida I-II-III va  Shuningdek X- XI boblarida yangi mavzular kiritilgan. I-II-III boblardagi mavzular 6-7-chi sinflarda o‘tilishi lozim edi. X-XI boblardagi mavzular 9-sinflarda o‘tilishi kerak edi. Budan tashqari Yangi dasturda 25 ta amaliy mashg‘ulot qo‘shilibdi.  Labaratoriya mashg‘uloti 1 taga kamayibdi. Agarda Dasturga mos multimediya va loyxalar bo‘lsa, hamda maktab o‘quvchilari biologiyani yaxshi o‘rganishida biologik masalalarni yechish kabi mavzularni chuquroq o‘rgatishga oid masallalarga ko`p soat  ajratilsa  yanada yaxshiroq bo‘lar edi.  Milliy dasturga kritilgan  o‘zgarishlar o‘quvchilarning  fikrlash qobilyatini oshiradi degan umiddaman
Имя Цитировать 0
0
Raxmonova Umida Qiziltepa tuman 17 maktab
Salom taklif bilsn tanishdim bu dasturni amalga oshirish uchun labaratoriya va amaliy mashg'ulot xonalari toliq jihozlanishi kerak bolmasa bolmasa labaratoriya darslari nazariy o'tib ketadi.
Имя Цитировать 0
0
Qiziltepa tuman 24-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi Isomov Shavkat
Reproduksiya o`sish va rivojlanish bobidagi Individual rivojlanish haqida tushuncha. Hayvonlarning o`sishi va rivojlanishi ajratilgan soatni miqdorini yana bir soatga oshirish kerak deb hisoblayman. 9-infda bargda organik moddalar hosil bo`lishini o`rganishga doir labaratoriya ishi 7-sinfdagi "Oziqlanish "bobida berilganligini hisobga olib ,shu laboratoriya ishi belgilangan bir soatni masalalar yechish uchun ajratish kerak
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений