Тохтарова Балнур
|
Барлық әдебиет сабақтарына жергілікті ақындардың өмірімен шығармашылығы туралы кіргізсе жақсы болар еді.
|
Xursheda Shirinova
|
Assalomu alaykum loyiha bilan tanishib chiqdim.Dastur o'quvchi yoshiga mos.O'quvchilarning imlo savodxonligini yaxshilash uchun bosqichma-bosqich imlo lug'atini sinflar kesimida o'rgatib borish kerak.Orfografiyaga bo'limiga ko'proq e'tibor qaratilishi lozim.
|
Iroda Umarova
|
[TABLE][TR][TD]
[/TD][/TR][TR][TD]Darsliklarda o‘quvchilarning bilim darajasini inobatga olgan holda ranglar bilan ajratib topshiriqlar berish; Ona tili va adabiyot fanxonalari uchun lug‘atlar va ko‘rgazmali vositalarning bo‘lishi majburiyligini ta'minlash; 9-sinf ona tili darsligidagi mashqlarnio‘quvchilarni ijodiy,mantiqiy fikrlashga o‘rgatuvchi mashqlar bn boyitish lozim. Choraklar davomida olinadigan nazorat ishilarning saviyasini kirish imtihonlari sinovlariga moslashtirishtirish kerak. Kirish imtihoni va maktab nazorat ishilari orasida uzviylik mavjud emas. [/TD][/TR][/TABLE] |
Bozorova Hulkar
|
Dasturda mavzularning uzviyligiga e'tibor qaratilmagan. Masalan: 5-sinf ona tili fani bo'yicha dasturning " Tabiat ne'matlari bo'limi" nutq tovushlari mavzusidagi mashqlar bilan boshlanganda birdaniga so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari haqidagi mashqlar topshirig'iga o'tilgan. Bunda uzviylik yo'qolgan. Axir 5-sinf o'quvchisi uchun bu murakkablik tug'diradi. O'quvchini chalg'itmaslik kerak. Nutq tovushlariga to'xtaldimi, shu mavzuni to'liq yoritish kerak. Chunki fonetika faqat 5-sinfda o'tiladi. Bundan tashqari o'quvchilar sinonim, omonim, paronim, antonim so'zlar haqida ma'lumotga ega bo'lmay turib mashqlarni bajara olmaydi.
|
Karmana tuman 31-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi Qulmurodova Kamola Akbarovna
|
Assalmu aleykum. Ona tili fani bo’yicha milliy o’quv dasturi bilan tanishib chiqdim. Mavzular hozirgi kun bilan bog’liq bo’lganligi yaxshi bo’libdi. Lekin, dasturni muvofaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchilarni ham shunga tayyorlash kerak. O’qituvchilar uchun metodik adabiyotlarni, o’qituvchi ktobini, multimedia ilovalarni vaqtida yetkazish kerak. Boshlang’ich sinflarda darslkda beriladigan asar muallif surati va u haqida qisqagina ma’lumotlar berigan bo’lsa yaxshi bo’lar edi. Dasturda 3-4-sinflarda butun bir o’quv yili uchun 4 soatdan nazorat ishi berilgan. Menimcha, bu kam. |
Navoiy shahar 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi Eshimova Nigora Sadirovna 13/02/2021
|
Assalomu alaykum loyiha qatnashchilari. Men ushu loyiha bilan tanishib chiqdim, loyiha menga ma'qul. Har bir boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mavzular o'quvchilar yoshiga mos berilgan, kompetensiyalar to'g'ri tanlangan, lekin boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish darslari mana shu o'quv yilida qisqartirilganligi o'quvchilarning yozma va og'zaki nutqining rivojlanishida sezildi. Chunki ona tili va o'qish fanlari bir-biri bilan uzviy bog'langan. O'quvchilar matnlarni ravon va ifodali o'qishni yaxshi o'zlashtirsagina uning yozma nutqi va savodxonligi rivojlanadi.
|
Idiyeva Mo‘taram Badriddinovna
|
Salom. 8-sinf ona tili darsligida so‘z birikmalari uchun ko‘proq soat berilishini taklif beraman. 6-sinf ona tili darsligida so‘z yasalishiga ,qo‘shimchalarga dars soati kamlik qiladi. Yana bir -ikki soat qo‘shilsa mukammalroq bo‘lardi.
|
Tursunova Dilafro'z
|
9- sinf adabiyot fanidan " Ulugbek xazinasi" asarini o'rganish uchun kam soat ajratilgan,chunki asar o'quvchilarga qiyinlik qiladi. Abdulla Qahhor, O'tkir Hoshimov asarlarini o'rganishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi
|
Haqqiyeva Malohat
|
8-sinf ona tili darsligida berilgan "Matn va lug'at bilan ishlash" mavzulari (Masalan, 38-dars) og'zaki topshiriqlar bilan cheklangan. Shularga yozma topshiriqlar ham qo'shilsa, yaxshi bo'lar edi.
|
Dilnoza Elomonova
|
Assalomu alaykum. 8-sinf ona tili darsligida mavzu bilan topshiriqlar ayrim o‘rinlarda mos kelmaydi. Sintaksis bo‘limi haqida yana ham to‘liqroq ma‘lumotlar kiritilsa yaxshi bo‘lardi. Bundan tashqari leksikologiya bo‘limi haqida kengroq tushunchalar darsliklarga kiritilishini xohlar edim.
|