Тарбиялаш одобини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 След.
0
Diyorov Ulug'bek qamashi tumani
Salom.  har  bir sinf  darsligiga  shior  qo'yishimiz kerakki  toki  yoshlarimizning  hayot yo'lida ana shu shiorlarning foydasi tegsin!
Имя Цитировать 0
0
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 48-maktab
Tarbiya fani  mavzularida mustaqil fikrlashga  urgatadigan o'quvchida hayotga ishonch uyg'otadigan ma'lumotlar topshiriqlar maqollar  qisqacha  bo'lsa hamberib borilishi kerak deb o'ylayman.
Имя Цитировать 0
0
GuestGulchehra Beknaeyeva
Tarbiya darslarini yuksak ma‘naviyatli, vijdonli o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan,ustozlar o‘tsin.Dars jaroyonida diniy, ilmiy,hayotiy, zamonaviy  uslublardan foydalana olsin.O‘quvchi kutgan do‘stona muhit yarata olsin.O‘quvchi darsdagi ijobiy tarbiyani hayotda qo‘llay olsin.
Имя Цитировать 0
0
Yodgor Xoliqov
Assalomu alaykum. Bugungi globallashuv davrida o'quvchilarimizga mafkuraviy immunitetni shakllantirish har doimgidan ham dolzarb masala bulib qolmoqda. Shuning uchun 8 sinfdan to 11 sinfgacha bulgan darsliklarda Bugungi dunyoni mafkuraviy manzarasi haqida kuproq malumotlar kiritish kerak. Bunday malumotlar esa Kam. Birinchi prezidentimiz asarlaridagi g'oyaviy, mafkuraviy tahdidlarga oid konseptual g'oyalardan kuproq foydalanish kerak. Buyuk allomalarimizni tarbiyaga oid g"oyalari hikmatli suzlaridan foydalansag maqsadga muvofiq buladi. Tarbiya fani darsligi mavzulari juda sayoz tuzilgan. Uni qayta kurib chiqib, yuqoridagi fikrlar bilan Yana boyitish lozim.
Имя Цитировать 0
0
Yangiboyev Ilyos Boltayevich
Ma'lumki, "Tarbiya" fanidan o'tilayotgan mavzularning aksarini amaliy mashg'ulot darslari tashkil etadi. Ta'lim muassasalarida (ayniqsa qishloq maktablarida) kompyuter va multimedia texnologiyalarining yetishmasligi hech kimga sir emas. Natijada amaliy mashg'ulot darslari faqat ma'ruza shaklida,   "quruq gap"dan nariga o'tmayapdi. Bu esa o'quvchilarda kerakli ijobiy his-tuyg'ularni shakllantirish samaradorligiga salbiy ta'sir etmoqda. Mening takliflarim:
1. Dars jarayonining moddiy-texnik bazasini shakllantirish.
2. Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat markazi" bilan hamkorlikda har bir amaliy mashg'ulot darsi mavzusiga doir 5-10 daqiqalik ijtimoiy video roliklar jamlanmasini shakllantirib (sinflar kesimida) tegishli fan o'qituvchilariga yetkazish.
3. Mavzularda ilgari surilayotgan g'oya va tushunchalar shunchaki bayon etib ketilmasdan, mavzu so'ngida ushbu g'oya va tushunchalarga amal qilishning  qanday ijobiy holatlarga olb kelishi yoki amal qilinmasligining salbiy oqibatlarini tariximiz va Jahon tarixi, adabiy asarlardagi aniq voqealar misolida yoritish lozim deb o'ylayman.
     O'ylaymanki, ushbu takliflarim Tarbiya fani mavzularini o'quvchilar uchun zerikarliligini cheklab , ularda amaliy ko'nikmalarning shakllanishiga xizmat qiladi.
     Qashqadaryo vil. Kitob tumani  76-maktab o'qituvchisi Yangiboyev Ilyos
Имя Цитировать 0
0
Ro'ziyeva Kamola Navoiy viloyati karmana tumani 10-maktab
Tarbiya fani juda ham muhim fan, bu fanni haftasiga kamida 2 soat qilish kerak deb o'ylayman, chunki o'quvchini ma'naviy-yetuk farzand bo'lib kamol topishida ushbu fan muhim rol o'ynaydi, kitoblarimizga ko'proq hayotiy voqealar, ibratli hikoyalar kiritilsa maqsadga muvofiq bo'lardi
Имя Цитировать 0
0
Davlatov Abror Navoiy viloyati karmana tumani 10-maktab
Assalom aleykum hurmatli murabbiylar!!!
Tarix fanidan 7-sinf darsliklarida juda ko'p ma'lumotlar berilgan, barcha ma'lumotlarni o'quvchilar o'zlashtirishga qiynaladi, shuning uchun keyingi nashrda ma'lumotlar qisqartirilib rasm va xaritalar ko'proq bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
10-11 sinflarga hafada bir soatdan emas ikki soatdan bo'lishini taklif qilaman.
Имя Цитировать 0
0
Hafiza
Tarbiya fani darslarida ibratli hikoyalar,hadislardan namuna keltirish kerak. Farzandlarimiz savob,gunoh degan tushunchalarni chuqurroq anglashi uchun. Hozirgi globallashuv davrida ota-onalarimiz ham ushbu masalalarda biroz e‘tiborsizlik bilan qaramoqda. Farzandlarimiz internet va telefon orqali turli ma'lumotlarni yoshiga nisbatan ertaroq bilib olmoqda. Ushbu holatda ularga nima mumkin va mumkin emasligini  tushuntirishga uulgura ololmayapsiz. Ota-onalarimiz kun davomida o‘z yumushlarida ketmasligi natijasida begona insonlar internet orqali farzandlarimizga salbiy gapdir o‘tkazmoqda. Demoqchimanki ota-ona farzandining tarbiyasida ma‘suliyat yondoshsa natijasida aytganimizdek bo‘lishi mumkin
Имя Цитировать 0
0
Акбаржон Ташов
Ассалому алайкум. Ўқувчиларимизни тарбиялашда фақатгина мактаб билан чекланмасдан уларнинг оилавий муҳитини ўрганишимиз, бола психикасига кириб боришимиз кейингина унга керакли сабоқларни беришимиз керак деб уйлайман. Бунда тарбия фанини моҳияти энг асосий ўрин тутиши керак.
Имя Цитировать 0
0
Мавлонова Барно 9-МАКТАБ
Консепсия  билан  танишиб  чикдим.Ёшларимизга хозирги глобаллашув даврида ўз маънавий меросимизни чуқур сингдириш лозим.Ўқувчиларга  улар  келажакда  ота она бўлиши  фарзанд  тарбиялаши  ҳақида  уқтиришимиз лозим. Иложи  борича  Тарбия  дарс  соатларини  ҳафтасига  2 соатдан  қилинса  мақул  бўларди. Ҳадислардан қўшиш  керак
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений