Тарбиялаш одобини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 След.
0
Dilshod Usmonov
Avvallari tarbiyaga oid bir necha fan bo’lardi va xaftasiga bir soatdan o’tilganda ham xar buri o’quvchilarga yetarli darajadagi bilm berishga imkoniyat bo’lardi o’quvchining kelajakda kim bo’lib yetilishi asosan maktabda berilgan tarbiyag bog’liq.
Xozirda bir necha fanlar umumlashtirilib bitta yaxlit Tarbiya degan fan joriy qilindi va xaftasiga bir soatdan o’tilsin deb belgilandi va albatta bu juda kam soat.
Shulardan kelib chiqqan holda ushbu fanga oid dars soatlari ko’paytirilishi kerak ayniqsa boshlang’ich sinflari uchun
Имя Цитировать 0
0
Guest 22
Салом
Имя Цитировать 0
0
Guest1
Уthfh
Имя Цитировать 0
0
Ismoilova nilufar G'allaorol 2-son Kasb-hunar maktabi o'qituvchisi
Tarbiyalash odobiga biyuk siymolarni tarbiya va bilim bilan bog'liq bo'lgan fikrlarini,qisqa odob -ahloq bilan bog'liq hikoya va shunga o'hshashgan.Shuningdek buyuk alloma va faylasuflar hayoti ,ularning hayot tarzi va tarbiyasi ,qanday hayot kechirganligi,o'quvchilarni qiziqishlarini inobatga olgan holda "Ginnes" rekord kitobi va qiziqarli bilim va ahloq tarbiya bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlar bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi.Avvalo o'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishlarini orttirib olish uchun kitob qiziqarli mavzulardan iborat bo'lishi kerak.
Имя Цитировать 0
0
Sarvar Ergashev
Assalomu alaykum. Asosiy muammo: yoshlarimiz tarbiyasi hozirga davrda juda ogʻir boʻlib qoldi. Takliflarim:
1. MTM dan boshlab diniy tarbiyani yoʻlga qoʻyish kerak. Chunki hayotimiz islom dini bilan chambarchas bogʻliq. Ana oʻshanda Imom Buhoriy, Ibn Sino, al Xorazmiy, Beruniy, Forobiydek insonlar yetishib chiqadi.
2. Koʻp mavzular tarbiyaga oid emas. Men mualliflardan qoniqmadim. Koʻproq ibratli voqealar, ajdodlarimiz hayotlarida boʻlgan ibratli ishlar, rivoyatlar, hadislar kiritilish kerak.
3. Yoshlarni oilaga, hayotga tayyorlashimiz kerak. Shunga mos mavzular boʻlsa yaxshi boʻlardi deb oʻylayman.
Xulosa: kelajak avlodimiz boʻlgan yoshlarimiz iymonli, insofli, diyonatli, vijdonli, masʼuliyatli va halol boʻlsa Vatanimiz hamma sohada dunyoda BIRINCHI boʻladi.
Xovos tuman.
Имя Цитировать 0
0
Xasanova Shaxnozaxon Mamirjonovna
:like: Assalomu alaykum.Avvalo tarbiya oiladan boshlanadi. Shunday ekan tarbiyani ko'proq ota-onalarga qaratish lozim. Ayniqsa yosh ota-onalarimizga. Oila tarbiyasiga oid uzliksiz kurslar tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Rahimova Sayyora
Tarbiyalash odobini boshlang‘ich sinflar uchun ko‘proq o‘yin darslari orqali singdirish mumkin.Hayotiy voqealarga asoslangan sahna ko‘rinishlari orqali salbiy va ijobiy fel-atvorlarni farqlashni o‘rgatib borish zarur.
Имя Цитировать 0
0
Sirdaryo tuman 23-sonli maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi Alimbekova Dilnoza Karimovna
Tarbiya  avvalo oiladan  boshlanadi, so'ngra maktabdan, ammo ko'p narsani bola maktabdan oladi. Buni o'quvchi hayotda qo'llaydi. Shuning uchun "Tarbiya" darsliklarida hamma urf- odatlarni ham berib borilsa yaxshi bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Sirdaryo tuman boshlang'ich sinf o'qituvchisi Yassakova Xotira
Tarbiya oiladan boshlanadi. Qush uyasida ko'rganini qiladi deganlaridek , ota-onaning o'zi tarbiyali bo'lishi kerak. To'ri, bola ko'p narsani maktabdan oladi.
Имя Цитировать 0
0
Farrux
Assalomu aleykum. Avvalambor tarbiyani muqaddas dinimizsiz tasavvur qilish mumkin emas. Biz ustozlar va ota onalarda bir odat hamisha takrorlanadi, odatda 10-11 sinf o`quvchi yoshlar biron jinoyat yoki axloqsizlik, ustozga nisbatan hurmatsizlik va shunga o`xshash tarbiyasizlik qilgandagina, biz kattalar. Bu ishing gunoh, bu ishing jinoyat, bunday qilish odobsizlik ekanini tushuntiramiz. Vaholanki bunday o`quvchi yoshlarni tarbiyasida kechikishga yo`l qo`ygan bo`lamiz. Bunday usulni o`quvchi yoshlarni bolaligidan to yuqorgi sinfgacha tarbiya fanini hadis va qur'on oyatlari bilan singdirish bolaga juda yaxshi ta'sir qiladi. Vatanga va  ota onaga nisbatan muhabbat, ustoz va murabbiylarga nisbatan hurmat  hissini uyg`otadi. muqaddas dinimiz bilan hamohang olib borish samarali deb o`ylayman.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений