Guest
|
Assalomu alaykum ustozlar yuqoridagi fikirlarga qo'shilaman o'rinli takliflar ilgari surilgan .mentioning taklifim axborotlashib borayotgan jamiyatda dasturda berilgan mavzular so'ngida o'yinli mashg'ulot berilsa yaxshi bo'lardi takrorlash bo'lib o'quvchi izlanar edi.
|
Тайлаков Элмурад
|
3. Узлуксиз таълим тизимида яратилган фан концепциялари мазмун-моҳияти бўйича фикрларингиз.
([URL=http://uzviylik.tdi.uz/]http://uzviylik.tdi.uz/[/URL]) муҳокамалар порталида фан бўйича берилган фикрларга муносабат 5-синф тарих дарслигидаги баъзи мавзулар (Энг қадимги давлатлар мавзусидаги Майялар, Инклар ҳақидаги ) 5-синф ўқувчилари учун мураккаблик қилади. Масалан биринчи ва иккинчи жаҳон урушлари, пахта иши каби мавзуларни тушунтириш бошланғич синфдан чиққан ўқувчига мураккаблик қилади. Дастурдаги мавзуларни ўқувчиларнинг ёшига мос равишда ва англаб етадиган мавзулар киритилса мақсадга мувофиқ бўларди. 10-11-синфларда мавзуларни ёритиш учун дарс соатлари мавзуни ёритишга вақт етмайди. Натижада ўқувчи мавзуни ўзлаштира олмайди. 11-синф мавзулари иккинчи жаҳон уришидан кейин халқаро муносабатлар мавзуси тўлиқ ёритилмаган, бир соатга иккита давлат мавзуларининг берилиши алохида қилиб ажратилса яхши бўларди. 10-11-синф Ўзбекистон тарихида тарихий рақамларнинг кўплиги жаҳон тарихида керакли рақамларнинг қолдириб кетилганлиги Ўрта Осиёда миллий-ҳудудий чегараланишнинг ўтказилиши ва унинг оқибатлари мавзуси тўлиқ ёритилмаган. |
Guest
|
, Қумқўрғон 33-мактаб
|
Qodirova MUhabbat
|
Assalomu aleykum.Hurmatli ustozlar bidirilayotgan fikrlar òrinli 10-11 sinflarda mavzularning kattaligi bir soatda òtishga ulgurmaymiz bundan tashqari xaritalar deyarli yòq dars soatlarini kòpaytirish balki kerakdir.
|
Jovliyev Jahongit
|
Tarix fanini o'qituvchilarini oyligini oshirish va tarix kitoblarini qisqartmay katta hajmli qilish kerak Darsliklar zamon talabiga umuman javob bermaydi
|
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani 17-maktabning tarix fani o`qituvchisi Mavlonova Adolat
|
Assalomu - alaykum hurmatli ustozlar. Tarix fani voqeliklarini yoritishda mavzuiy xaritalar yetishmaydi. 10-11-sinflarda tarix fani darsligidagi mavzularning kattaligi va raqamlarning ko`pligi berilgan dars soatiga vaqt yetmaydi. 10-11-sinf darsligida berilgan mavzular uchun dars soatlarini ko`paytirish kerak. 5-6-sinf darsligida ham ba`zi kamchiliklar mavjud. Masalan, 5-sinf darsligining oxirgi mavzulari o`quvchi yoshiga to`g`ri kelmaydi, 6-sinfdagi mavzudagi ma`lumotlar qisqartirib berilgan. 6-sinf darsligidagi "O`zbekiston hududidagi ilk davlatlar" mavzusida ma`lumotlar juda kam berilgan. 7-6-sinf darsligi oxirida lug`atlar berilsa maqsadga muvofiq bo`lardi. Yuqoridagi barcha ustozlar fikriga qo`shilamiz.
|
Kamoliddin Muradov
|
Tarixiy ma'lumotlarni berishda o'quvchilarning yoshi, psixologik holati, mavzuning ahamiyatiga katta e'tibor berish kerak. Darsliklarni jahon tan oladigan darajaga olib chiqish zarur. Darsliklardagi ma'lumotlarni birxillashtirish zarur. Bir voqea turli sana bilan belgilangan holat ko'p. O'qituvchi kitobi, metodichkalar va albatta eng katta muammo mavzuli xaritalar masalasini hal etish kerak. Xaritalarni darslik ichida chop etish mumkin, yoki alohida chop etib darsliklar ijara tizimi orqali o'quvchiga yetkazish va moddiy tarafini hal qilish mumkin. 8,9,10,11 sinflarda Tarix darsliklarini to'liq mantiqiy fikrlash, voqeliklarni tahlil qila olish, xulosa bera olish ko'nikmasiga moslab qayta yozish kerak. Eng avvalo darslik yozish masalasini ochiq tenderda keng muhokama orqali amalga oshirish zarur. Lozim bo'lsa turli mualliflarning alohida mavzulari yoki bo'limlari kelishilgan holda yagona darslikka jamlanishi sifatni oshiradi. Tarix darslarini maxsus auditoriyalarda tashkil etish ko'proq samara beradi. Auditoriyada tarixiy muhitni yaratish lozim bo'ladi. Respublikadagi eng ilg'or o'qituvchilardan, xorijiy o'qituvchilardan master-klasslar ko'proq berib borilsa ancha yaxshi bo'lardi. Malaka oshirish tizimini tubdan isloh qilish lozim. Online rejimda o'qituvchi istagan paytda 3 yildan ortiq bo'lmagan muddatda amalga oshirilishini lozim deb hisoblayman. Malaka oshirishning ofline uslubi eskirdi. Kamiga korrupsiyalashgan. Oliy ta'limda tarix yo'nalishlari uchun pedagogika va psixologiyaning eng zamonaviy uslublari ko'proq o'qitilishi lozim. Bugun o'quvchi psixologiyasi anchayin jiddiy muammoga aylanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar o'qituvchilarimizdan ustun kelmoqda. Asosiy sabab pedagogik va psixologik tajribada. Bilimli tarixchi bo'lish sifatli o'qituvchi bo'lish degani emas.
|
Ғиёсов Баҳовиддин Узун тумани 18- мактаб
|
Ассалому алейкум устозлар юқоридаги фикларга қўшиламан. Мен 5 синф тарих фани дарсликдаи бази мавзулар 5-синф ўқувчиларга мураккаблик қилади. Масалан 39-мавзу Биринчи жаҳон уруши; 40-мавзу Иккинчи жаҳон уруши; 46-мавзу Пахта иши каби мавзулар бошланғич синфдан чиққан болага умуман тўғри келмайди. Дарсикдаги мавзуларни 5-синф ўқувчиларга мос келадиган ва англаб етадиган мавзулар киритилса мақсадга мувофиқ бўлар эди.
Тарих фани бўйича юқори 10-11 синфларда дарс соатларни кўпайтириш керак, сабаби шу ёшда ўқувчиларни сиёсий ва ижтимоий дунёқарашини тўғри шакллантириш жуда муҳимдир. Ўзбекистон тарих фанини кенг ва соддароқ қилиб қайта тўлдириш таклифини киритаман. Таълим тўғрисидаги қонун қабул қилингандан кейин таълим тизимида ўзгариш бўлди. Ўзбекистон тарихини ўзгартириш керак. Ўқувчиларга бу дарслик мураккаблик қилмоқда, соддалаштириш ҳам кўриб чиқишини таклиф қиламан. |
BOBUR
|
8 sinf O‘zbekiston tarixi fanidagi buxoro xiva va qo‘qon xonligi da madaniy hayot mavzulari va harbiy ish , soliq sistemasi. Shu kabi mavzular juda maydalashib ketgan umuman o‘quvchiga yetkazish qiyin va o‘quvchi ham qiziqmaydi juda ko‘p raqam va fakt berib o‘tlgan. Nima keragi bor har xil keraksiz faktlarga to‘ldirib tashlashni. Tartibga olarsizlar. Agar kimdir shu yozganimni o‘qisa yoki befoydamikin
|
Lutfullayev Zuhriddin Maxmud oʻgʻli
|
Men tarix taʼlimini rivojlantirishda tarix fani oʻtilishining amaliy ahamiyatini oshirishni,ya'ni oʻquvchi yoki talaba tarix fanidan olgan bilimlarini kelajak hayotida amalda qoʻllashni bilishi zarur deb oʻylayman.
Masalan biz "Xiva xonligida maʼmuriy boshqaruv"mavzusini oʻrganayotgan boʻlsak ,biz oʻqituvchilar oʻquvchilarga shu paytdagi boshqaruv tizimining oʻziga hosligi va qaysi lavozim hozirgi qaysi mansabga mos kelishi,shu davr boshqaruv tizimi nima sababdan tanazzulga yuz tutgani,tanish bilishlik ,qarindosh urugʻchilik qilish millat hayotida juda salbiy rol oʻynashini tarixiy misollar bilan tushuntirib berishimiz lozim. Shuningdek biz tarixni ,Oʻzbekiston tarixini, buyuk tarixiy shaxslarimizni yoshlarga oʻrgatayotganimizda shunchaki ularning hayoti va ijodini oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan, shu bilan birga ular kabi buyuk insonlar boʻlish uchun yoshlarga hayotiy yoʻnalish,faxr ,iftixor ,ajdodlarimizning yuksak zakovatidan gʻururlanish tuygʻularini shakllantirishimiz zarur. Yaqin oʻtmishda vatan uchun el-yurt oldida xizmat qilgan taniqli davlat arboblari fidoyi olimlar hayotini videofilmlar yoki seminarlar shaklida maktab oʻquvchilarga talabalarga yetkazish lozim. Tarix darsliklarini yozishda "voqelik-sabab-oqibat-xulosa" tarzida ketma ketlikda yozilsa :ham sodda ,ham qiziqarli ,ham oʻquvchilar uchun oʻrganilgan mavzudan maʼnaviy va amaliy foydalanishi oson boʻlardi . Qadimgi yunon faylasufi Sitseron aytganidek "Tarix bu hayot mualllimidir".Haqiqatdan tarixni oʻrgangan oʻquvchi hayot haqida yetarlicha maʼlumotni tarix darslaridan va malakali oʻqituvchilardan oʻrgangani maqsadga muvofiqdir. Oʻquvchi talabalar tarixiy voqelikni "voqelik -sabab -oqibat"tarzida tahlil qila bilishi va oʻzi uchun hayotiy xulosa chiqara olishi kerak. |