Тарих таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 ... 22 След.
0
Xolmatova Dilorom 30 maktab
Yuqoridagi fikrlarga qushilaman 10  11  sinflar mavzulari murakkab dars soatlari qushilishi kerak  menimcha xamda  mavzularga doir multemediyalar xam berilsa yaxshi bulardi
Имя Цитировать 0
0
Muydinova M. Farg'ona shahar 32 maktab
Assalomu alaykum hamkasblar! Ushbu konsepsiyada mavjud muammolar to'g'ri bayon etilgan. Xususan tarix fanini o'qitish uchun avvalo pedagoglar uchun o'quv qo'llanmalar, xrestomatiyalar, multimedia vositalari yetarli emas. Juda ko'p fanlardan DTS talablari asosida ko'rgazmalar komplekt jamlanmasi mavjud. Ammo tarix fanining birorta sinfi uchun bunday ko'rgazmalar jamlanmasi yo'q. Faqat huquq fani uchun bor.
Keyingi muammo 10-11 sinflarda mavzu hajmi juda katta. Yoki dars soatlarini qo'shish kerak yoki mavzu matnini qisqartirish kerak. 10 sinf O'zbekiston tarixida juda ko'p sanalar va tarixiy shaxslar nomi berilganligi uchun o'quvchilar xotirada saqlay olmaydilar.O'zbekiston tarixi majburiy fanlar qatorida bo'lganligi uchun dars soatlarini ko'paytirish kerak.
Имя Цитировать 0
0
Yaxshiboyeva Marhamat
Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar 10-11-sinflarda dars soatini ko'paytirish haqidagi taklifini qo'llab-quvvatlayman.Takliflarim:mavzuga oid xaritalar,ko'rgazmali qurollar,metodik qo'llanmalar,fanga oid izohli lug'at
Имя Цитировать 0
0
Shukurullo Abdullayev
Assalomu alaykum hurmati ustozlar. Men ham maktablarda O'bekiston tarixini koproq o'tilishi tarafdoriman chunki oliy o'quv yurtlari kirish imtixonlarida O'zbekiston tarixidan test majburiy. Ayniqsa yuqori sinflar darsligidagi 1 soatga berilgan mavzuni 45 minut ichida tushuntrib berish qiyin. Vaqt yetmaydi. Ma'lumot ko'p. Yuqori sinflarga ayniqsa haftada bir soat emas 2 soatdan qo'yilishi kerak kamida.
Имя Цитировать 0
0
Qambarova Klara Paxtakor tumani 2- umumta'lim maktabi.
Assalomu alaykum ! Tarix darsliklarida xaritalar zaruriyati haqida uzoq yillardan buyon taklif berib kelinmoqda , 6- 7 sinflar darsliklarida bu borada biroz o'zgarish bor. 8-9 sinf larning darsligida esa deyarli yo'q. 10 sinf o'zbekiston tarixi darsligi mavzularida mazmun ketma ketligi yo'q , xronologoyadan iborat . Kollejda dars bergan o'qituvchilar Usmonov darsligi haqida ijobiy fikr bildiradilar . Balki shu darslikdan foydalanish  kerakdir.10 sinf o'zbekiston tarixi  28 ta mavzudan iborat , bu o'sha davr uchun kam . Tarix fani dars soatlarini qayta ko'rib chiqish kerak  .
Имя Цитировать 0
0
Abdurahimov Rustamjon
Men Farg‘ona viloyati Toshlaq tumani 11-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi tarix fani o‘qituvchisiman.
barcha sinflar uchun mahsus ish daftari tayyorlash kerak bu orqali o‘qigan, o‘rgangan bilimlarini shu daftarda berolgan savol, test, krasvord va boshqa umumiy savollar bilan mustahkamlab boradi. Bu o‘quvchilarga yod olish uchun yaxshi samara beradi
Имя Цитировать 0
0
Р Тоштемирова Фурқат тумани 17-мактаб
Ассалому-алайкум устозлар!Барча билдирилган фикфикрлар ўринли деб ҳисоблайман.Албатта тарих фанини ўқитишда мавзуий хариталарга эҳтиёж катта.Айрим мактабларга шундай хариталар берилганига анча йиллар бўлди,биз эса сотиб олишга ҳам тайёрмиз,лекин сотувда йўқ бизнинг ҳудудда.Дарсликларда сулолалар шажараси ҳам берилса яхши бўлар эди.
Имя Цитировать 0
0
Komila Qodirova Toshloq tumani 30-maktab
Xurmatli ustozlar men ham yuqoridagi fikrlarga qo‘shilaman.Chunki 10-11 sinf o‘zbekiston tarixi kitobi jahon tarixidan ko‘ra o‘ta murakkab yozilgan.Shuni ozgina soddaroq tilda yozilsa,o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi oson bo‘lar edi ,deb o‘ylayman.
Имя Цитировать 0
0
G.Saydullayeva
Ассалому алайкум.Умумтаълим мактабларидаТарих фанини укитишда куйидаги таклифларим бермокчи эдим:
1.Тарих фанига оид мавзуий - тарихий хариталарни синфлар кесимида тайёрлаш ва барча мактабларга етказиш.
2.7,8,9,10,11 - синф дарсликларида худди 6 - синф дарслигидагидай мавзу сунггида таянч конспектларни киритиш.
3.Барча синфларда Жахон тарихи соатлари Узбекистан тарихи стати Билан тенг утилади.3У́збекистон тарихидан дарс соатини купайтириш, ёки Жахон Тарих ни 1 соат, Узбекистан тарихини2 соатдан у́тиш.

4.11 - синфда У́збекистон тарихини 2 соатга купайтириш.
5.Барча синфлар кесимида назорат ишлари учун алохида топшириклар тупламини тайёрлаш.
6.Тарих фанидаги вокеликлар асосида у́кувчини фикрлашга ундайдиган дилеммалар,матнларни хам тайёрлаш ва амалиётда куллаш.
Имя Цитировать 0
0
Vasila Tõrayeva
Assalomu alaykum aziz ustozlar.10-11sinflarda tarix fanidan dars soatlarini kõpaytirish lozim.10 sinf jahon va õzbekiston tarixi darsligini õquvchilar tushunadigan qilib boshqatdan kõrib chiqish kerak
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 ... 22 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений