Temirov Mahmudxon Mirzacho‘l tuman 16 maktab
|
Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar Konsepsiyada mavjud muammolar e‘tirof etilibdi. Ushbu muammolar bartaraf etilsa albatta yosh avlod Tarix fani bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
|
Karimov Vaxob. Nishon tumani 23-umumiy o'rta ta'lim maktabi
|
Assalomu alaykum hurmatli kasbdoshlar! Tarix fanini o'qitish metodikasi yetarli darajada emas deb hisoblayman. Xarita darsimizning uzviy, ajralmas qismi ekanligini barchamiz bilamiz. Afsuski bu sohada kamchiliklar ko'p. 10-11-sinflardagi jahon tarixi darslarida xaritalar mavzular bo'yicha yaxshi berilgan, ammo 6-7-8-9-sinf jahon tarixi va O'zbekiston tarixi darsliklarida bu boradagi ishlar talab darajasida emas. Taklifim, darsliklarda mavzuga doir xaritalar ishlanishi kerak yoki alohida xaritalar atlasi ishlab chiqilishi kerak. Shuningdek, sinflar bo'yicha multimediya qo'llanmalari sonini ham ko'paytirish kerak. 10-11-sinf tarix darsliklaridagi ma'lumotlarni qisqartirish kerak, agar buning imkoni bo'lmasa, O'zbekiston tarixi darsini haftasiga 2 soatga ko'paytirish kerak. Negaki ma'lumotlar haddan ziyod ko'p!
|
Urgut tuman 136-IDUM tarix òqituvchisi Murtazoyeva Jamila
|
Konsepsiya bilan tanishdim, kerakli va dolzarb masalalar kòrilgan. Man aytmoqchi bòlgan kamchiliklarni bartaraf etish aytilgan ekan. Haqiqatdan ham metodik qòllanmalar, xrestomatiyalar, ish daftarlari, zamonaviy sinf xonalari, multimediyalar bòlsa darslarni sifati yaxshi bòladi deb òylayman. 11-sinf òzbekiston tarixi darsini kòpaytirishga men ham roziman. Har bir dars oxirida 6-sinf Qadimgi dunyo tarixinikidek yakunlarni chiqaramiz kabi jadvallar bòlsa, ayniqsa, 7-8-sinflarga, maqsadga muvofiq deb bilardim.
|
Guest
|
TARIX DARSLIKLARI FAQATGINA YIL SANA VAQT VA VOQEALAR HAQIDA MA‘LUMOT BERISHGA MO‘LJALLANIB CHIQARILYABDI. MISOL UCHUN 2014 YIL NASHRDAGI 8 SINF JAHON TARIXI DARSLIGI BILAN 2019 YILGI NASHRDA KITOBDAGI VOQEALAR TUSHUNARSIZ TARTIBSIZ YOZILGAN. 10 VA 11 SINF O‘ZBEKISTON TARIXI DARSLIKLARIDA MA‘LUMOT JUDA KATTA HAJMDA BERILGAN AMMO AJRATILGAN SOAT KAM. ASOSAN DARSLIKLARDA RAQAM YOZILGAN. U RAQAMLARNI YODLAGAN BILAN HECH QANAQA FOYDA YUQ. DARSLIKLARNI ISLOH QILISH KERAK VA O‘ZBEKISTON TARIXINI ILOJI BORICHA.
YANGI CHIQAYOTGAN DARSLIKLARDA ORFAGRAFIK HATOLAR JUDA KO‘P. |
Samarqand vil Payariq tumani Kuchkarov Bobur
|
||
| ||
Ismatova Zilola 20-maktab
|
Assalom aleykum xurmatli ustozlar sizni barcha fikrlariz o'rinli Tarix fanini rivojlantirish uchun tarix fani xonalarini tashkil qilish va uni ko'rgazmali qurollar bilan jixozlash kerak va o'quvchilar bilan xarita bilan ko'proq ishlash kerak o'shanda o'quvchilar ko'proq malumotma ega bo'lardi
|
XALILOV FAZLIDDIN Samarqand viloyati Payariq tumani
|
Assalom aleykum hurmatli ustozlar yuqoridagi gikirlarga qo'shilaman. 10-11- sinflarda ma'lumotlar juda ko'p lekin dars soatlari kam. Undan tashqari arxivlardan yangidan yangi ma'lumotlari juda ko'plab chiqmoqda mana shu ma'lumotlarni kiritilishini, undan tashqari madaniy meros fondi tomonidan amalga oshirilayotgan dunyoning turli joylarida saqlanayotgan O'zbekiston tarixi bilan bog'liq ekspozitsiyalarning o'rganilib kitob holida chiqarilayotgan ma'lumotlarni kiritilishini so'ragan bo'lardim.
|
Javoxir Fayziyev
|
Darslikga mavzuga oid bo'lgan xaritalar qo'yilsa yaxshi bo'lar edi. mavzularda xronologiyasi yaxwi boyitilganu ammo voqiyliklar bayoni kamroq buning ustida xam ishlansa maqsadga muvofiq bo'lar edi. 10-11 sinflarda ma'lumotlar talaygina ammo soati qisqa.
|
Ismatova Zilola Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani 20-maktab
|
||
| ||
Ziyatov Asror
|
Jizzax viloyati Mirzachol tumani 20-maktab o'qituvchisi Ziyatov Asror Asalom aleykum xurmatli ustozlar tarix fanidan kóproq darars soat soatlari ajratilsa kóp mavzular katta bòlganligi uchun vaqt kóproq kerak bóliyabti vaqt kamroq bòlib qoliyabti asosan shu muammo yana muommolardan yana tarix xonasi kerak bóliyabti
|