Guest
|
||
| ||
N.Esanova
|
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar.Tarixchi olimlarimizning tinimsiz izlanishlari natijasida tarix fani manbalar bilan boyib bormoqda. Darsliklarda ham bir qator yangiliklar kiritilmoqda. Men darslik yozadigan ustozlardan iltimos qilardim, maktab darsliklarini o‘quvchi yoshiga mos, o‘zlashtirish oonroq, o‘quvchi mavzuning mazmunini tushunsin. Ayniqsa 8- 10 sinf O‘zbekiston tarixi bir oz murakkablikdan iborat. 10- 11- sinflarda tarix fanidan dars soatlarni ko‘paytirish kerak, chunki mavzularni o‘quvchilar 1 soatlik dars mashg‘ulotlarida o‘zlashtira olmaydi.
E‘tiboringiz uchun rahmat. |
Otabek60
|
Tarix fanini rivojlantirishda,o'quvchilarni yanada bilimli qilishda tarix fanining online platformasini har bir sinf uchun alohida dadturlash kerak. O'quvchi an'anaviy darsdan tashqari online platformada ham o'qishi kerak. Unda har bir mavzuni o'zlashtirganlik darajadi belgilanishi,belgilangan ballni to'play olmasa keyingi mavzuga o'ta olmasligi kerak. Ana shunda natijaga erishish mumkin.
|
Sharapov Shuhrat
|
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 31-maktab o'qituvchisi Sharapov Shuhrat Assalom alaykum hurmatli ustozlar , 7-sinf jahon tarixi mavzulariga xaritalar ilova qilinsa yaxshi bo'lardi.
|
Qo`ziboyeva Mavjuda Mamatshukurovna Andijon Viloyati Buloqboshi tumani 20- maktab
|
||
| ||
Koson tumani metodistlari
|
Assalomu alykum Tarixdan hikoyalar darsligida 5-sinf o’quvchilari uchun eslab qolish va tushunish qiyin bo’lgan mavzular ko’p uchraydi.Mavzular bayonida katta hajmdagi axborotlar berib borilgan bu esa o’z navbatida o’quvchi uchun fanni yaxshi eslab qolishi va tushunishiga halaqit beradi.Tarixdan hikoyalar darsligida butun insoniyat tarixini qamram olishga harakat qilingan bu esa o’z navbatida ko’pgina faktlarni kitoblarga kiritishlishiga sabab bo’lgan.Mani taklifim yangi darslik bo`yicha quydagilar.Darslikni qamrab olish yillarini kamaytarish,beriladigan faktlar kamaytirish,tehnika taraqqiyoti va jahon urishi haqidagi mavzularini soddalashtirish,o’quvchi yoshiga nisbatan oson bo’lgan mavzularni kiritish.5-sinf Tarixdan hikoyalar darsligida 5-sinf o’quvchisi uchun ortiqcha va eslab qolish qiyin bo’lgan ma’lumotlar ko`p uchraydi. Masalan, 160-betdagi “Yodda tuting”ga e’tibor qiling: “Bir tonna paxta xom ashyosidan 320-350 kg paxta tolasi olinadi.Bu toladan esa 3500 kvadrat metr gazlama to’qish mumkin.Shuningdek, 620 kg chigit ham olinadi.Bu chigitdan esa 110 kg paxtamoyi, 225 kg kunjara va 175 kg sheluxalar olingan”…Mana darslikdagi ahvolimiz. Bu raqamlarni mutaxassislar ham bilmasakerak.40-41-mavzularda ham raqamlar ko`plab berilgan va oqibatda o’quvchi bularni uzoq muddatga eslab qola olmaydi. |
Koson tumani metodistlari
|
5- sinf Tarixdan hikoyalar darsligining yangi nashrida mavzular ixcham, o'rganishga qulay bo'lishi, usha davrga mos xarita va tarixiy shaxslarning hamda me'moriy obidalarning tasvirlari aks etgan bo'lishi lozim chunki o'quvchilar bu yoshda ko'proq sur'atlarga e'tibor berishadi ko'rgan narsalarini yodda saqlab qolishadi. Hozirgi nashrida ham har bir mavzuga oid O'zingizni sinang. Yodda tuting. Atama mazmunini bilib oling. Savol va topshiriqlar bajarib kelish uchun Mustaqil ishlar kabi topshiriqlar mavjud. Bular yangi nashrda ham saqlab qolinishi bularga qo'shimcha o'quvchilarni qiziqtirish uchun mavzuga oid ixcham skanvordlar, jadvalli topshiriqlar bo'lishi, har bob oxirida testlar berilishi lozim.
|
Koson tumani
|
Tarix
fanidan hamma darsliklarni soddalashtirish, ortiqcha raqam va ma'lumotlardan tozalash kerak. Ayrim mavzular juda sayoz (masalan 10-sinf O'zbekiston tarixidagi O'zbekiston 2-jahon urushi yillarida mavzusi), ayrim mavzular juda maydalashib ketganki, kimningdir ilmiy ishini shundaygina ko'chirib qo'yilganga o'xshaydi: (masalan 11-sinf O'zbekiston tarixidagi mavzular) mavzu ichidagi ma'lumotlar tarqoq, bir-biri bilan ma'no jihatdan bog'lanmagan,shu ma'lumotlarni jadvallar,sxemalar yordamida qisqa, lo'nd a bayon etsa ham bo'ladi-ku, o'quvchi uchun tushunarli bo'ladi. Yoki 11-sinf jahon tarixidagi mavzularni olaylik,3-4 ta davlat bitta mavzu qilib berilgan, masalan Boltiqbo'yi davlatlari.Shu davlatlarning asosiy ma'lumotlarni o'zaro jadval asosida solishtirib,taqqoslab bayon qilinsa, o'quvchi uchun o'zlashtirish ancha oson bo'lardi.Yana bir muammo: o'quvchilarni 5 yoki 7-sinfdan ijtimoiy fanlar,aniq fanlar, tabiiy fanlar va b. bo'yicha yo'naltirish kerak: 1)kasb tanlashi va qaysi o'quv yurtini tanlashi aniqlashadi; 2) hamma fandan o'tracha bilimga ega bo'lgandan ko'ra o'z yo'nalishi bo'yicha CHUQUR bilimga ega bo'ladi. Ijtimoiy fanlardagi yana bir muammo--uyga vazifa muammosi. Matematikadan misol-masala yechib o'quvchi yang mavzuni takrorlab mustahkamlaydi, ona tilidan mashq bajarib. TARIXDAN-CHI? 4 qator "konspekt" yozib nomiga vazifani bajaradi. Shuning uchun har bir mavzudan so'ng mavzuga oid testlar berib borilsa, chunki test eng qulay, ixcham topshiriq. Hozir abituriyentlar uchun jadvalli, raqamli, xaritali testlar berilayapti, o'quvchilarni shunga tayyorlab borish kerak |
Ravshanova vialeta qarshi tuman 42-maktab
|
Hurmatli ustozlar.o'quvchilarga tarix fanini chuqurroq o'rgatish .ularning bilimlarini oshirish va bu fanga e'tiborini yanada kuchayrirish uchun variativ sinflarni har bir maktabda joriy rtish kerak deb hisoblayman.o'quvchilar o'zlari qiziqqan fanlarini maktabda ko'proq o'rgansalar albatta natija bo'ladi deb hisoblayman ayniqsa yuqori sinflarda.dars soatlarini ko'paytirish maqsadga muvofiq.e'tiboringiz uchun rahmat.
|
Donayev Baxtiyor
|
Mening taklifim 10 sinf O'bekiston tarixi fanini biroz soddalashtirish kerak.5-sinf tarixdan hikoyalar darsligiga O'zbekiston tarixiga oid ma'lumotlarni ko'paytirish kerak
|