Muborak tuman 12-maktab tarix fani o'qituvchisi Muxriddin Miyliyev
|
Ayrim darsliklarda juziy kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. Mavzularni berilish jarayoni bir xil me'yorda emas. Misol uchun 9-sinf jahon tarixi darsligi 10-sinf jahon tarixi darsligiga qaraganda murakkab. Bu esa o'z navbatida mavzularni o'zlashtirish holatini qiyinlashtiradi.
Keyingi asosiy masalalardan biri, nima sababdan tarix fanidan biror marotaba ham Vazirlik tomonida online olimpiada tashkil etilmadi. Online olimpiadalarni har yarim yillikda o'tkazib turilsa yaxshi bo'lardi. Maktablarda O'zbekiston tarixi fani uchun alohida soatlar tashkil qilinsa yaxshi bo'lardi. Sababi OTMga kirish uchun majburiy bloklarda bu fan kiritilgan. Shu sababdan ham yil davomida 2 soatlik fan sifatida o'tilsa yaxshi bo'lardi. |
Umirzaqova Madina Tursunboyevna Andijon viloyati Buloqboshi tumani 20-maktab
|
Assalomu alaykum.Yuqorida xurmatli ustozlarimiz juda yashi fikrlar bildirgan.Ularning fikriga qoʻshilaman.Mavzuga oid xaritalar boʻlsa yaxshi boʻlar edi
|
Narziqulov Jamshid Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 1 maktab tarix òqituvchisi
|
Assalomu aleykum.. 5 sinflar darsligining ayrim mavzulari ( Qaramlika tushish, Òzbek xalqining otashqalb farzandi, 1-2 jahon urishlari)òquvchilar uchun murakkabroq deb uyliman. Yangi darsligining yaxshi tomoni mustaqil ishlar, amaliy darslar kòp quyilgan. Shular qatorida mavzularda QR- kod qushish kerak. Hama darslarga slayd yo multimediyalar mavjud...
|
D.Ochilova Shahrisabz TXTB
|
10 -sinf O‘zbekiston tarixi darsligida statistik ma'lumotlar haddan ziyod ko'p. Tarix fani mulohazaga undashi va xulosa chiqarishga qaratilgan bo'lishi kerak. Darslikni o'zgartirish kerak va bunda qo'shimcha adabiyotlardan foydalanishga imkoniyat yaratilishi lozim.
Mavzularga oid tarixiy hujjatlar, ensklopediyalar, badiiy va tarixiy adabiyotlar jamlanmasi har bir maktabda tashkil etilsa o'quvchilarning qiziqishlari oshishiga yo'l ochadi. Hamda darsliklarni yangilashga ehtiyoj bo'lmaydi. O'zgartirib bo'lmaydigan tarixni darslik bilan o'zgartirib bo'lmaydi. Shuning uchun yunaltirilgan manbalardan foydalanishni yo'lga qo'yishimiz kerak. |
Мирзачул тумани 5 умутаьлим мактаби тарих фани укитувчиси Бобоев Жумабек
|
Дарсликларга мос холатда хариталар ишлаб чикилса. Мавзуларни еритаетганда кенгрок еритилса. Бу тарих дарсику имкон булса дарс соатлари купайтирилса. Методик кулланмалар купайтирилса ва мактабларга етиб бориши назоратга олинса яхши буларди деб уйлайман.
|
Хусрав Рахимов
|
Тарих дарсларини ўқитишда мавзулаштирилган катта ҳажмли хариталарнинг роли муҳим ҳисобланади. Таклифим, мактабларда мавзулаштирилган катта ҳажмли хариталарни етеазиш
Иккинчи, таклифим ўзга тилларга таржима қилинаётган дарсликларнинг таржимасига алоҳида эътибор бериш керак, чунки таржимадаги хато туфайли маълумотлар чалкашиб кетган(Масалан, тожик тилидаги дарсликлар). шу билан 10-11 синфларда тарих фан соатини кўпайтириш тарафдориман, дастурда катта ҳажмли мураккаб мавзулар талайгина |
Ulug'bek Butayorov G'uzor tuman XTB
|
Darsliklardagi sanalar, faktlar, raqamlarni aniqlashtirib, bir xillashtirilsa, mavzularga oid ko'rgazmali qurollarni chop etilsa, xronologik metod qo'llanmalarni ko'paytirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi
|
Asad
|
Assalomu alaykum hurmatli kitobsevar do'stlar,ustoz va murabbiylar,kasbdoshlar man tarix darsliklari yuzasidan eng achinarli bir muammoga to'xtalmoqchiman,bitta darslik misolida tushuntiraman,masalan man 7-sinf o'zbekiston tarixi darsligini olaylik,shu darslikni 1994 yilda nashr qilingan nashridan boshlab men repititorlik testlari tuzib ishlaganman,ustozimiz A.Muhammadjonov tomonidan nashrga tayyorlangan o'sha nashrdan bugungi kungacha kamida 10 ta nashr qilingan bo'lsa,bugungi amaldagi darslikka kelib,soddalashtirish,ixchamlashtirish deb mazmun mohiyatiga e'tibor bermasdan yuritilayotgan fikrni uzib,kesib olib o'quvchini xato ma'lumotni o'rganishga olib kelmoqda,e'tibor qarating:35-bet gap ketyapti dastlabki to'qnashuvda arab qo'shinlari katta talofat berib,Samarqandga chekinadilar.Biroq to'rt oy davom etgan kurashdan keyin qo'zgolonchilar mag'lubiyatga uchraydi:izoh bunda o'quvchi to"rt oy jangni qayerda bo'lgan deb tushinadi,albatta Samarqandda,afsuski bu gapdan oldingi bir abzas fikrlar to'g'ridan to'g'ri kesib olingan aslida bu jang Buxoroda Narshaxda bo'lgan,bilib bilmay qisqartirish tarix faniga nisbatan salbiy fikrlarni krltirib chiqarmoqda,bunday xatolar juda ko'p va hamma darsliklarda bor,ey taqrizchilar qayerga qarayapsizlar,u zamonlar o'tib ketdi,o'qimay taqriz bildirish,imkoniyat yo'q bo'lmasa hamma tarix darslarizni hamma joyini xatosini yozardim,nashrlarga qaranglar oldingilariga,ko'r-ko'rona qisqartirmanglar
|
Muborak tuman XTB
|
ASSALOMU ALAYKUM!
Tarix fanidan deyarli barcha sinflar kesimida baʼzi xato kamchiliklar haqiqatan mavjud. Har 4 yilda qaytadan nashr qilinib kelgan darslikdagi maʼlumotlarning baʼzilari avvalgisi bn solishtirilganda bu yaqqol namoyon boʻladi. Tarix darsliklarida keltirilgan ayrim tarixiy shaxslarning yashab faoliyat koʻrsatgan davri boshqa manbalar yoki adabiyot darsliklarida ham keltirilgan oʻsha shaxslarning yashagan davri bn solishtirib koʻrilsa sezilarli farq mavjud. Oʻylashimcha, bu beixtiyor qilingan xatolar hisoblanadi . Hamma ham xato qiladi adashadi butun boshli darslik kitobidagi minglab yuz minglab millionlab maʼlumotlarni shakllantirish pirovardida albatta qayerdadir, qandaydir kichik bir detalda baribir xatoga yoʻl qoʻyiladi bu tabiiy holat . Bunday xato kamchiliklarni avvalo darslikni yaratishda bevosita ishtirok etgan muallif, muharrir , taqrizchi va hokazolar darslik yaratib boʻlinganidan keyin oʻzlari ham qayta koʻzdan kechirib chiqib yaqqol anglab yetishayotgan boʻlsa ajabmas (ayniqsa muallif . ) Chunki qaysi fan yuzasidan darslik yaratishda ishtirok etgan kasb vakili borki, u oʻsha fan boʻyicha yetarli bilimga , maʼlumotga ega boʻlgan boʻlishi kerak. Qisqasi darslikdagi ilmiy va imloviy xato va kamchiliklarni darslik mualliflarining oʻzlari qayta koʻrib chiqqan boʻlib hammasini tushunib olishgan . Xulosa ularning oʻzlaridan . Biz chekka chekka hududlarda oʻtirib olib bu darslikni bu mavzusida xato bor , u mavzusidagi paloncha maʼlumot xato berilgan deganimiz bilan darslik ham, oʻsha darslikdagi xatolar ham toʻgʻirlanib qolmaydi . Qachonki nashr muddati yetganda oʻsha payt qayta nashr qilinib tuzatilaveradi . 5-sinf darsligidagi mavzular deyarli yaxshi ishlab chiqilgan oʻquvchining yoshiga, bilim darajasiga mos ravishda . Faqat eng qadimgi odamlar rivoji bobidagi mavzu bor adashmasam qoyatosh rasmlari , bundan tashqari yozuvga oid mavzu . (Misol: belgili yozuv buyumli yozuv rasmli yozuv) . Shu mavzular murakkabroq yaratilgan 5-sinf oʻquvchisi uchun . 6-7-sinf , 8-sinf jaxon tarixi mavzulari oʻquvchi uchun deyarli mos berilgan . (8 jaxon tarixidagi 1 va 3-mavzular shu sinf oʻquvchisi uchun murakkab hisoblanadi) 8-sinf oʻzbekiston tarixi darsligida hamma mavzu oʻz oʻrnida juda yaxshi berilgan misol uchun xonliklar davri ijtimoiy-iqtisodiy hayot , madaniy hayot, harbiy ish kabilar. Lekin aynan shu turkumdagi mavzular shu sinf oʻquvchisining yosh imkoniyatini hisobga olganda murakkab ishlab chiqilgan . Shu mavzularni soddaroq variantda ishlab chiqilsa soz boʻlardi . |
Guest
|
Assalomu aleykum! 7-sinf tarixidan Muqanna
shaxsiyatiga diqqatingizni qaratishingizni so'rayman Muqanna aslida vatan uchun kurashganmi? Yoki u e'tiqod qilgan mazdakiylik to'g'ri e'tiqod shaklimi yoki buzuq g'oyami? Kitobda arablar bosqinchi va qonxo'r sifatida gavdalanadi. Arab fathidan avval yurtimizda yetishib chiqqan qanday allomalarni bilasiz? Arab madaniyati ta'sirida ilm - fan rivojlandi va yurtimizda rennesans davri boshlandi deb o'ylayman Muqannaga kelsak uning 100 ga yaqin xotini bo'lganligi va ularni o'zi o'ldirganligi, soxta payg'ambarlikka da'vo qilganligi tarixiy haqiqat. Fath so'ziga ham kengroq yondashilishi kerak, bosqinchilik va fathning farqi bor. |