Тарих таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 ... 7 8 9 10 11 ... 22 След.
0
Saidov Nurmuhammad Muborak tuman 21-maktab
Assalomu aleykum! 7-sinf tarixidan Muqanna
shaxsiyatiga diqqatingizni qaratishingizni so'rayman
Muqanna aslida vatan uchun kurashganmi?
Yoki u e'tiqod qilgan mazdakiylik to'g'ri e'tiqod
shaklimi yoki buzuq g'oyami?
Kitobda arablar bosqinchi va qonxo'r sifatida gavdalanadi.
Arab fathidan avval yurtimizda yetishib
chiqqan qanday allomalarni bilasiz?
Arab madaniyati ta'sirida ilm - fan rivojlandi va yurtimizda rennesans davri boshlandi  deb o'ylayman
Muqannaga kelsak uning 100 ga yaqin xotini bo'lganligi va ularni o'zi o'ldirganligi, soxta payg'ambarlikka da'vo qilganligi tarixiy haqiqat.
Fath so'ziga ham kengroq yondashilishi kerak, bosqinchilik va fathning farqi bor.
Имя Цитировать 0
0
Кашкадаре вилояти Камаши тумани Мусурманова Нилуфар
Assalomu alaykum hurmatli kasbdoshlar! Tarix fanini o'qitishda ayrim qiyinchiliklarga duch kelayapmiz. Masalan, o'qituvchi ham o'quvchi ham deyarli har darsda duch kelayotgan muammomiz bu mavzulashgan xaritalardir. Bundan 15 yillar oldin darslikka xarita kitobcha holida qo'shib berilar edi, agar shu narsa qayta joriy qilinsa o'qitish sifati oshadi deb o'ylayman.
Имя Цитировать 0
0
Xurshida Zaynalova
Tarix fanini o'qitishda qiynaladigan jihatlarimiz asosan xaritalar,yirik hajmda ishlangan xaritalar bo'lsa har bir sinf uchun juda yaxshi bo'lardi.11 sinfda O'zbekiston tarixi mavzular hajmi katta,ma'lumotlar ko'p.Men ham dars soatini ko'paytirish tarafdoriman.
Имя Цитировать 0
0
Saidazim Muradov
Assalomu aleykum ushbu konsepsiyaning ishlab chiqilishi juda yaxshi muammolar va ularni yechimlari borasida ancha yaxshi ishlar qilish rejalashtirlibdi. Faqat bularning bari qog'ozda va rejada qolib ketishini istamasdim.
Takliflar
-Yaqin 3- yilda yaratilayotgan darsliklarda O'zb tarixiga ko'proq urg'u berilyapti bu juda yaxshi ammo 10-11 sinf J. tarix darsliklarining dizayni, xaritalar bilan ta'minlanishi, mavzu so'nggida topshiriq va takliflar berilish yaxshiku-ya, ammo undagi ma'lumotlar bir-birini to'ldirmaydi. Mavzularni o'quvchi o'qib odatda yechim va xulosa chiqara olmaydi. bu Masala 8-sinf jahon tarixIga ham tegishli ma'lumotlar o'rtasida bog'lanishlar juda g'aliz bu narsalarni o'qituvchi tushuntirib berishi mumkin lekin bola uyda mustaqil dars tayyorlash jarayonidachi?
Menimcha ma'lumotlar kengaytirilishi zarur bu esa o'z navbatida darsliklarni qayta ishlash dars soatlarini ko'paytirishni talab etadi.
-Xaritalar borasida 3D xaritalar bo'lmasda har bir darslikning yonida qo'shimcha o'sha davr xaritasi bo'lishi kerak
bu borada hatto o'qituvchida mavzulashtirilgan va davrlashtirilgan xaritalar mavjud emas albatta Jizzax viloyatidagi kam sonli maktablarni hisobga olmaganda.
-Tarixiy hujjatlardan parchalar ko'proq kiritilishi kerak bu mavzularning ta'sirchanligini oshiradi

Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani 5-umumta'lim maktabining tarix fani o'qituvchis Muradov Saidazim
Имя Цитировать 0
0
Шахноза Курбонова 1-мактаб
Ассалому алайкум хурматли устозлар. Жахон тарихи ва Узбекистон тарихи фани оид атамаларнинг изохли лугати буйича кулланмаларни яратиш максадга мувофик булар эди деб уйлайман. Бундан ташкари  тарихий саналарда хам мужмалликлар мавжуд. 5-6 синфларда хам дарс соатлари 3 соатдан утилиши керак
Имя Цитировать 0
0
Камаши туман ХТБ Эшкабилов Нурбек

7 sinf tarix darsligidagi davr bir muncha murakkabroq, shunga darslik ichida ko'proq mavzuga doir rasmlar, sxemalar bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lar edi, masalan Fransiya toifaviy monarxiya mavzusida tabaqalarni ketma ketligi ko'rsatilgan rasmli sxema bo'lsa, yoki Xitoyda yirik yer egalari ketma ketligi aks etgan rasm va hk. O'quvchilargda davlatlardagi feodallarning nomlari har xil atalishida muammo kelib chiqayapti.

Имя Цитировать 0
0
Xayrulla Saydullayev G'uzor tumani 63-maktab
Tarix darsliklari buyicha ba'zi haqli mumkin bulsa e'tirozlar ham bor.Ayrim sinflarda masalan 9-10 sinf Tarix darsliklarida mavzularda ko'plab sana va raqamlar so'quvchi tugul o'qituvchini ham biroz shoshtiradi.Ayrim ragamlarga e'tibor bersangiz aslida o'quvchiga umuman qizig'i yuq.Men darsliklarda faqat eng asosiy sana va yillar bulishini e'tiborga olishlarini suragan bular edim.
Имя Цитировать 0
0
DAVLATOVA DILNOZA NISHON TUMANI
Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar. 10-11-sinflarning mavzulari katta va haftasiga 2 soat kamlik qilmoqda. Mavzularni faqatgina bir soat davomida tushuntirishga ulgirilmoqda,  mustahkamlash esa qolib ketmoqda.
Имя Цитировать 0
0
Gavhar Xudayqulova Qarshi tumani 60 maktab
Maktablarga har bir sinf bo‘'yicha davrlashtirilgan xaritalar va mavzuga oid didaktik ko‘rgazmalar yetkazib  berilsa yaxshi bo‘lardi.
Имя Цитировать 0
0
Ne'matov Shohzodbek
Assalomu alaykum xurmatli ustozlar haqiqatdan ham tarix fanida yuqori sinflarga ajratilgan soatlarning kamligi o'quvchilarda tarixiy va siyosiy bilimlarni rivojlantirishga kamlik qiladi, bundan tashqari 5-11 sinf tarix darsliklarini mavzulari ketma ketligi asosida prezentatsiyalar va elektron xaritalarni yaratish kerak.Darsliklarga esa ko'proq so'nggi yillarda ilmiy tadqiqotchilar qilayotgan yangiliklarni xususan, magistrlik, doktorlik dissertatsiyalari natijalarini kiritish va yana arxiv xujjatlari, yozma manbalardan ham foydalanish samaradorligini oshirish kerak.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 7 8 9 10 11 ... 22 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений