Она тили таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 ... 8 9 10 11 12 ... 22 След.
0
Muzaffarov Akmal
Konsepsiya bilan tanishib chiqdim 10-11 sinflarni tarixdan dars soatlarini ko'paytirish kerak 10-11 sinflar tarix kitobida malumotlar juda ko'p berilgan.Haftasiga 2 soat qilish kerak.
Имя Цитировать 0
0
Р.Аяганова 12-мактаб
Лойха яхши ишланган. Юқоридаги фикрларга қушиламан.
Имя Цитировать 0
0
Sodiqova Dilnoza O'rta Chirchiq tumani 72-IDUM
Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar! Men 5-sinfdagi mavzularni kamaytirilishi tarafdori emasman. Tarixdan hikoyalar o'z nomiga mos ravishda hikoya tarzida berilgan. Aksincha bolalarni dunyoqarashini kengayishiga yordam beradi deb hisoblayman. 10-11-sinflariga tarix soatlarini ko'paytirish fikrlariga to'liq qo'shilaman.
Имя Цитировать 0
0
Hamidxon Mamirov
Assalomu alaykum. 10-sinf oʻzOʻzbekis tarixi darsligini bir koʻrib chiqish kerak deb oʻylayman. Toʻgʻri tariximizni oʻrganishimiz kerak, ammo mavzular juda murakkab holda oʻquvchilarga ogʻirlik qilmoqda. Din tarixini oʻrniga tarbiyani emas din tarixini oʻzini fan sifatida oʻtganimiz yaxshi deb oʻylayman. 10-11-sinlarda atigi haftasiga bir soatdan oʻzi. Oʻquvchilar din toʻgʻrisida maʼlumotlarga maktabda ega boʻlsa nimasi yomon. Koʻcha koʻyda oʻrgamaydiyu. Oilasida oʻrganadi desak hozirgi yosh oilalar oʻz dinining arkoni, farzi, sunnati haqida umuman malumotgma ega boʻlmay turib farzandiga oʻrgata olmaydi bu aniq. Shuning uchun maktada din tarixini oʻquvchilarga toʻgʻri tushuntirsak maqsadga muvofiq deb oʻylayman.
Имя Цитировать 0
0
Guest
Цитата
Hamidxon Mamirov пишет:
Assalomu alaykum. 10-sinf Oʻzbekiston tarixi darsligini bir koʻrib chiqish kerak deb oʻylayman. Toʻgʻri tariximizni oʻrganishimiz kerak, ammo mavzular juda murakkab holda oʻquvchilarga ogʻirlik qilmoqda. Din tarixini oʻrniga tarbiyani emas din tarixini oʻzini fan sifatida oʻtganimiz yaxshi deb oʻylayman. 10-11-sinlarda atigi haftasiga bir soatdan oʻzi. Oʻquvchilar din toʻgʻrisida maʼlumotlarga maktabda ega boʻlsa nimasi yomon. Koʻcha koʻyda oʻrgamaydiyu. Oilasida oʻrganadi desak hozirgi yosh oilalar oʻz dinining arkoni, farzi, sunnati haqida umuman malumotgma ega boʻlmay turib farzandiga oʻrgata olmaydi bu aniq. Shuning uchun maktada din tarixini oʻquvchilarga toʻgʻri tushuntirsak maqsadga muvofiq deb oʻylayman.
Имя Цитировать 0
0
Diloro Abdullayeva
Assalomu alaykum.Konsepsiya loyihasi bilan tanishib chiqdim .Nazarimda 10-11 sinfni tarix fanidan berilgan mavzular to'liq tushunarli tarzda yoritilmagan.Voqealar o'rtasida bog'liqlik yo'q.O'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'rgatadigan bo'lsak ,maqsadimiz dunyoqarashini o'stirish bo'lsa ko'pgina mavzularni qayta ko'rib chiqish kerak.Hozirgi davrdagi Yaqin sharq muammosi,Afg'oniston muammosi sabablarini o'quvchi darslikdan topa olmaydi.
Yana,Shayboniyxonga bo'lgan salbiy munosabatni ijobiy tomonga o'zgartirish zarur.Unga Bobur ko'zi bilan qaramaylik.Ubaydullaxon va Abdullaxon II larni ham buyuk sarkarda va hukmdorlar safiga qo'shaylik.
Имя Цитировать 0
0
Muhiddin Rajabov Toshkent viloyati Zangiota tumani 14-maktab
Цитата
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar!!! Darsliklar masalasida hali hanuz kamchiliklarimiz bisyor, Ayniqsa 5-sinflarning darsligi bu yoshdagi bolalarga murakkablik qiladi. Misol tariqasida I va II jahon urushi, "Paxta ishi" mavzulari 11-12 yoshdagi bolalarga ancha murakkablik qiladi.  Bundan tashqari 7-sinf darsliklari murakkab tuzilgan, menimcha bu yoshdagi bolalarga tarixni xronologik jihatdan tahlil qilib o'tishdan ko'ra, ko'proq hikoya tarzida o'tilishi samaraliroq. Bundan tashqari darsliklardagi xatoliklarga ayniqsa. 10 sinf O'zbekiston tarixi darsligi murakkab va ko'pincha jumla tugagach keyingisi manosi chiqmay turib yangi malumotga o'tib ketiladi. Ayniqsa darsliklardagi xato va kamchiliklar bartaraf etilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.Tarix fanini o'qitishni ayniqsa 10-11 sinflarda ko'paytirish kerak deb xisoblayman. Chunki haftasiga bu sinflarda 2 soat Tarix fani o'tiladi. Ayniqsa O'zbekiston tarixidan oliy ta'lim muassasalariga kirishda bu fandan test topshiradilar. Shuning uchun tarix fanini haftasiga 4 soatdan o'tilishini taklif qilaman.
Имя Цитировать 0
0
Yakubova Muhayyo Shuxratovna Buloqboshi tumani 20 - maktab
Yuqoridagi fikrlarga qo'shilaman. 10 - sinf O'zbekiston tarixi darsligi o'quvchilar uchun biroz murakkab tuzilgan.
Имя Цитировать 0
0
Tagayaliyev Jamshid
Assalomu Aleykum men Zangiota tumani 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tarix fanidan dars berib kelaman.Ushbu konsepsiya bilan tanishib chiqdim va haqiqatdanda to'g'ri muammolar ko'tarilib chiqilgan.Shu o'rinda keltirib o'tmoqchimanki tariximizni boyitishda buyuk ajdodlarimizni hayot yo'llarini ekranga olib chiqishdek tashabbus bugungi yoshlarga katta qiziqish uyg'otadi.Bu borada dastlabki jiddiy qadamlar tashlandi va bundan juda xursandmiz.
Taklif: Yuqori sinflarning darsliklari borasida,10-O'zbekiston tarixi darsligida shu davr qahramonlarining hayotlaridan va ko'rsatgan fidoyiliklaridan misollar keltirilsa maqsadga muvofiq bo'larda.Bu o'quvchilarda yanada qiziqishni ortirgan bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Turdiyeva Nilufar Raxmonovna Navoiy viloyati Karmana tumani
Assalomu aleykum ustozlar va hamkasblar. Men ham 5-sinfo'quvchilari uchun ma'lum bir davr o'rgatilishini taklif qilmoqchiman. Chunki hamma davr ular uchun aralashib qolyapti. Ikkinchi taklifim tegishli davr xaritalari ishlab chiqarilsa yaxshi bo'lardi.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 8 9 10 11 12 ... 22 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений