Ммамасолиев Мирсаид Саидович. МИРИШКОР ХТБ
|
Ассалому алайкум. Консепция лойихаси яхши ишлаб чикилган.Тарих дарсликларидаги мавзуларни кенгрок тулдириб ,маьлумотларни кизикарлирок килиб бериш керак.Мазудан кейин кушимча маьлумот,керакли хронологик жадваллар, мавзуни тулдирувчи фактлар албатта булиши керак. Атлас, харита ижара китоб билан бирга укувчиларга етказилса яхши булар эди.
|
Ismatova Saida
|
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar . Men ham asosan 10-11 sinflarga darsga kiraman . Yuqoridagi fikrlarga qo'shilaman .Chunki eng yangi tarix murakkab keng .O'quvchi bo'layotgan ijtimoiy iqtisodiy siyosiy jarayonlarga o'z fikrini bayon eta olishi kerak .Buning uchun vaqt yetarli bo'lmayapti .Shuning uchun dars soatlarini ko'paytirish kerak .
Keyingi masala xaritalar hamma davrning xaritasini darslikning oxirida ilova qilinib chop etilsa yaxshi bo'lardi .Chunki tarixni xaritalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi . 9-10-11 sinflardagi Dunyo dinlari tarixi darsi bira to'la yo'q bo'lib ketdi .Nega endi 10-11 sinflarga darslik chop etildi xayronman .Diniy tarbiya olgan boladan hech qachon yomonlik chiqmaydi . Takliflarimiz inobatga olinadi degan umiddaman . |
Alisher Barotov Mirishkor tumani
|
Tarix fanini o'qitishda mamtiq fani bilan bog'lash kerak. Fanning kelajagi uchun alohida milliy serfikatlash tizimini ishlab chiqish lozim. Bu orqali fanga bulgan e'tibor va qiziqish yanada ortadi.
|
Abduvali Umarov
|
Assalomu alaykum. Tarix darsliklari va dars soatlari haqida shunday fikrdaman.
1. Darsliklarni uzluksiz yangilashning foydasi yo'q. Tarixni kim ham o'zgartira olar edi. Kutubxonada tarixga oid kompleks tarzda shakllantirish kerak. Har o'quvchi har xil davrga va shaxsga yoki boshqalarga qiziqishi mumkin. Darslik qiziqishlarni anchagina chegaralaydi. Takif shuki chegaralanmagan qiziqish bu - kutubxona. 2.Dars soatlarini ko'paytirish tarafdoriman |
Alisher Barotov Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani
|
Tarixni o'qitish bo'yicha ham alohida O'quv -metodik tavsiya kitoblarini chiqarish lozim. Bu kitob shunday bulishi kerakki, unda mavzu bo'yicha testlar, qo'shimcha ma'lumotlar, metodlar hamda mantiqiy savol-javoblar bulsin. Maktablarga har bir davr va davlat bo'yicha xaritalardan yordam berish zarur. Hozirda ko'pincha zamonaviy siyosiy xaritadan foydalanishimiz sir emas.
|
Choriyev Obidjon Mirishkor tumani
|
Tarix fanini o'qitish soatlarinihaftasiga yanada ko'paytirib, fanni 7-9-sinf uchun 4 soat, 10-11-sinflar uchun 3 soatdan qilish kerak
|
Мадаминова Наима 14.10.2020
|
Ассалому алайкум хурматли устозлар.5,6,7,8 синфларга дарсликдаги мавзулар яхши ,тушунарли килиб берилган.10-11 синфларда дарс соатларини купайтириш керак.мавзулар жуда киска. Маълумотлар кискариб кетган.Бу укувчиларда сиесий билимларини мустахкамлашга салбий таъсир курсатади. Дин тарихи курсини хам киритиш керак.
|
Siddiqov Xamidillo 4-maktab
|
Dunyo dinlari tarixi darsini qayta kiritishingizni iltimos qilaman. Chunki xar bir o'quvchi din tarixidan xabardor bo'lishlari kerak.
|
Zuhrob Omonov, Shahrisabz shahar XTB
|
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, meni taklifim shundan iboratki 5-sinf "Tarixdan hikoyalar" darsligida mavzular ketma-ketlikda davrlashtirilmagan. O'quvchi ushbu mavzularni o'zlashtirishda biroz chalg'ishi mumkin. Bundan tashqari yuqoridagi fikrlarga qo'shilgan holda 10-11 sinflarga tarix darsi haftasiga kamida 2 soatdan O'zbekiston tarixi, 2 soat Jaxon tarixi o'tilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi...
|
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Abduvali Umarov
|
Assalomu alaykum. Tarix darsliklari va dars soatlari haqida shunday fikrdaman.
1. Darsliklarni uzluksiz yangilashning foydasi yo'q. Tarixni kim ham o'zgartira olar edi. Kutubxonada tarixga oid kompleks tarzda shakllantirish kerak. Har o'quvchi har xil davrga va shaxsga yoki boshqalarga qiziqishi mumkin. Darslik qiziqishlarni anchagina chegaralaydi. Takif shuki chegaralanmagan qiziqish bu - kutubxona. 2.Dars soatlarini ko'paytirish tarafdoriman |