Aslonova Zarina Murodjonovna
|
Konsepsiya bilan tanishib chiqdim.Chindan ham puxta rejalashtirilgan.Chizmachilik va tasviriy san'at fanlari dars soatlari kam.Chizmachilik fani yanada aniq bosqichma-bosqich tushuntirishi lozim.Olimpiada uchun alohida chizmalar maktab darsliklarida belgilanishi kerak.
Tasviriy san'at darsida maktab sinf xonasi bilan cheklanib qolmay tabiat bag'rida malbertda ishlanishi, shakllanishi lozim.Shunda o'quvchilarga tabiatga,umuman borliqga sevgisi,ardoqlash hissi ko'payadi. |
Буранова Шахло Шукруллаевна. Бухоро шахар 30- мактаб
|
Концепция билан танишиб чикдим. Концепцияда чизмачилик фанини укитишдаги муаммолар тулик ёритиб берилган. Чизмачилик фанининг кийинлигини хисобга олиб, дарс соатларини купайтириш керак.
б) Тасвирий санъат фанидан укитувчилар учун дидактик уйинларга бой методик кулланмалар ишлаб чикаришга эътибор бериш керак. Дарсликлар мазмунига эътибор берилса яхши бклар эди. |
Guest
|
Субханова Субхия Шухратовна Бухоро шахри 9 мактаб.
Концепсия билан танишиб чикдим. Таклиф соатларни купайтириш керак, Дарсликларда маълумотларни купрок ёритиш зарур, укув хоналарни фанга оид булган техника жихозлари билан таъсинлаш зарур. укувчиларни пленерларга олиб бориш таникли рассомлар билан учрашувлар уюштириш лозим. |
Guest
|
Buxoro shahar 40- maktab Tasviriy san'at va chizmachilik o'qituvchisi Roziqova Malika.Konsepsiya bilan tanishib chiqdim .
Takliflar: - chizmachilik darslarni ko'paytirish .Sababi, hozirgi kunda qurilish industiriyaga oldingi qatorda olib chiqadi shubhasiz . -Tasviriy san'at darslik mavzulari 6 -7sinflarda yanada qiziqarliroq bo'lishi kerak 3 d yo'nalishi qo'shilishi lozim . -fanga oid zamonaviy texnik uskunalar va zamonaviy jihozlangan ustaxonalar bo'lishi kerak. |
Пулатжон Бойназаров
|
Тасвирий саньат фанидан муляжлар ва геометрик фигуралар , парафиндан ясалган сева ва сабзавотлар етишмайди.
Чизмачилик фанини хафтасига 2 соатга купайтириш керак |
ismailova Nilufar Baxritdinovna Sirdaryo viloyati Xovos tumani 25- maktab tasviriy san'at fani o'qituvchisi
|
Milliy o'quv dasturi bilan tanishib chiqdim.Mukammal ishlab chiqilgan.Metodik qo'llanma ishlab chiqilsa,biz o'qituvchilar uchun katta ko'mak bo'lar edi.Amaliy fanlar uchun sinf xonalarining jihozlanish darajasiga e'tibor berilsa maqsaqga erishgan bo'lardik.Boshlang'ich sinflar uchun tasviriy san'at fanidagi mavzular namunali ishlangan.5-7 sinflar mavzulariga qo'shimcha va yangiliklar kiritilsa maqsaqli bo'lardi.
|
Ruziboyeva Zuhra Xidirovna Sirdaryo viloyati Xovos tumani
|
Assalomu alaykum .Konsepsiya bilan tanishdim ,juda yaxshi
ishlab chiqilgan . Taklif:O'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqilishi kerak; 9-sinf chizmachilik darslarida bino maketlarini yasash mavzusi kiritilsa fizika fani hamkorligida; chizmachilik fani faqat 8-9 sinflarda o'tilar ekan dars soatlarini haftada ikki soatdan o'tilsa ,chunki bu fan aniq fanlardan biri. Boshlang'ich sinflarda amaliy fanlardan darslarni mutaxasislar o'tsa; |
Bobojonova Nodira Sirdaryo viloyati Xovos 24-maktab
|
Konsepsiya bilan tanishib chiqdim.Loyiha puxta ishlab chiqilgan.Boshlang'ich sinflarda tasviriy san'at fanidan multimediya darsliklari , metodik qo'llanmalar ko'proq ishlab chiqilsa yaxshi bo'lar edi.
|
SHakarovaVasila Sirdaryo viloyati Xovos tumani 24-maktab
|
||
Loyiha amalda bo'lsa yaxshi bo'ladi
| ||
Kamolov Firdavs
|
Konsepsiya zamon talablar asosida tayorlangani va chet el tajribasi asosida mukammal qilishga harakat qilganligi ko'rinib turibdi, bu albatta yangi O'zbekiston uchun juda zarur, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish kadrlar tayorlash milliy dasturi bilan sinxron olib borish zarurati albatta kelajakda o'z mevasini bermay qolmaydi.
|