Eshimbetova Gulchexra Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxtako'pir tumani 2-umumta'lim maktabi
|
Konsepsiya bilan tanishib chiqdim, o'zbek tilining rivojiga e'tibor qaratilganidan xursandman. Taklifim ta'lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda dars soati ko'paysagina yaxshi natijaga erishish mumkin deb o'ylayman.
|
Rasul Djumaniyazov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani
|
Konsepsiya bilan tanishib chiqdim, davlat tilini rivojlantirish uchun dars soatlarini ko‘paytirish kerak. Yana bir taklifim Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim tumanlarida O‘zbek tili o‘qituvchilari yetishmasligini kuzatishimiz mumkin. Shu taraflarni inobatga olib, o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlariga qo‘shimcha kvotalar ajratish kerak. Sababi o‘zbek (davlat) tilini haqiqiy o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligini bitirgan pedagoglar o‘tishi kerak. Shundagina konsepsiyada belgilangan vazifalar to‘liq va aniq bajariladi.
|
Abduraimova Sevara Qoraqalpoğistonning Xõjayli tumani
|
Konsepsiya bilan tanishdim . Loyiha juda yaxshi . Faqat shular amalda bo'lishi lozim. Dars soatlari qachonki ko'paytirilsa,natija yaxshi bo'ladi.
|
Guest
|
Gulbahor Turdaliyeva-Chirchiq shahar kadb hunar maktabi o'qituvchisi
|
Konsepsiya judayam zo' ishlab chiqilgan, gap uni hayotga tadbiq etishda. Bizda hali sharoitlar konsepsiyadagi maqsadlarni amalga oshirish uchun to'liq javob bermaydi. Darsliklarimiz juda sayoz.
|
Yusupov Bahromjon
|
Ushbu loyihani amalga oshishi uchun pedagoglar talabga javob bermaydi-ku, axir ta'lim tizimi "bedarvoza" bo'lsa, hoxlagan diplomi borlar qayerdan va qanday olganini ahamiyati yo`q natarius tasdiqlasa bo`ldi yoki natifikatsiya qildirib oladi, kirib kelaveradi. Bir o'ylanglar yuqoridagilar...
Oylik maoshi yuqori bo'lgan joylar(iib, avtoritet zavodlar)ga kirish uchun oliy o'quv yurtini arang bitirgan, savodsiz, allaqanday nuqsoni borlar maktab yoki texnikumda qayta tayorgarlik qiladi, "nima emish IIB.ga ishga kirgunicha ishlab turar ekan" agar kirolmasa nima qipti, pensiyaga staj uchun ishlayveradi. Shu bor gapmi axir, diplomi bo'lsa bo'ldi, katta xolasidan meros qolganday hamma kirib kelaveradi, buni tartibga solinglar,hozirgi ahvolimizga ochiq qaranglar Kelajak tarbiyalovchilarni munosiblarini saralash vaqti keldi, pedagog bo'lish uchun normativ ishlab chiqib, hech bo'lmasa, iib.ga kirish imtihonlarini 100dan biricha bo`lsa ham, shunda ham yarim pedagog to'kilib ketadi, keyin loyihani joriy qilish kerak, aks holda natija bermaydi. |
Shodmonova Mo'tabar
|
Assalomu alaykum! Loyiha bilan tanishdim. O'zbek tili darslarida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug' mutafakkirlarimiz kirgitila hamda integratsion fanlar bilan chambarchas ya'ni ingliz tili bilan bog'lansa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
|
Тожиева Насиба Мардикуловна
|
Концепция билан танишиб чиқдим. Жуда ўринли фикрлар берилган. Мактаб қабулигача, яъни мактабгача таълимда ўзбек тилини билиш даражаси А1, 2-4- синфларда А2 ва юқори синфлардаги даражаларнинг белгиланиши, методик таъминотни такомиллшатириш, электрон дарслик, электрон қўлланмаларнинг яратилиши мақсадга мувофқдир. Аввалом бор ўқитувчининг методик эҳтиёжини қоплаш зарур деб ўлайман, улар учун методик қўлланмалар кўпроқ етказиб берилса яхши бўларди. Ўқув дастурини ва дасрликларни мукаммал дажада ишлаб чиқилса, ўзбек тилининг ривожи яна ошар эди. Дарсликлардаги камчиликларни бартараф этиш зарур. Грамматик мавзуларни ёритишда узвийликни, боғлиқликни йўлга қўйиш керак. Дарсликда берилган шеър ёки матн муаллифларининг ҳаёти ва ижоди ҳақида ўрганиш бўйича соатлар ажратилган, аммо дарсликда улар ҳақида маълумотлар берилмаган. Луғат ишини ҳам қайта кўриб чиқишни таклиф қилардим. Дарсликларнинг аксарияти таълим рус тилида олиб бориладиган мактаблар учун луғат берилган, яъни ўзбекча ва русча. Ваҳоланки, қозоқ, қорақалпоқ, тожик тиллари ҳам бор. Уларнинг ҳам луғат таркибида таржимаси берилса.
|