PULATOVA UMIDA
|
COURSERA kabi onlayn kurslar tashillansin bu bizga juda yoqdi, hozirgi kunda ham o'qiyabmiz. o'quvchilar uchun test saytlar yaratishingizni sorardik. maktab darsliklaridagi multimedialarni sifatli tayyorlashlaringni sorardim, ba'zi qo'shiqlarni sifati biroz past, o'quvchilar kuylagan qo'shiqlar misol uchun. Bizdagi o'quvchilar ularni tushuna olishmayabdi, tallafuz yomon yoki tez aytilgan. Yana bir bor kursera kurslarini tashkillagan vazirlik uchun minadorchilik bildiraman
|
Dilshod Tirkashev Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 5-maktb
|
O'qtuvchilardan B2 darajadagi sertifikat talab qilinsa yaxshi bo'lar edi.
|
Ismoilova Zulxumor Obidjonovna
|
Lingafon xonalari bo'lsa yaxshi bo'lardi,
|
Dilafruz Jalolidinova
|
Nemis tili boyicha ham e'tiborni kuchaytirish. Maktab darsliklari bilan toliq ta'minlash k.k. koplab maktablarda bizda ham darsliklar yetishmaydi. Online testlarni, olimpiadalarni kopaytirish. K.k
|
Guest
|
Ingliz tili fani bo'yicha hanuzgacha ba'zi qishloq joylarda komputer,elektron doska,videoproektorlar bilan jihozlanmayapti.Har bir dars shu tartib asosida tashkillansa o'quvchilarni darslarga bo'lgan qiziqishlari yanada oshgan bo'lardi.
|
Mahramov Sherzodjon Ferghana region Uchkuprik district school #37
|
Maktablarda xorijiy til (ingliz tili) ni uqitish tizimi sezilarli darajada o'sdi . Bunga usha yil sayin yangilanib kelayotgan, zamonaviy shakldagi uquv darsliklari,uqituvchilar va o'quvchilar bilim darajasini aniqlashdagi xalqaro CEFR, IELTS singari standartlar asos bulmoqda deb ayta olamiz. DTS talablari ham shunga mos ravishda tashkillangani bunga misol bula oladi. Yangilangan uquv darsliklari til urgatishda juda qul kelmoqda. Eski kitoblardan farqli ularoq yangi taxrirdagi kitoblar anchayin boy,rang-barang,zamon bilan hamnafas.
Uqituvchi va uquvchini til bilishga,uni samarali usulda bir-biriga yetkaza olishda,olingan bilim,kunikmalarni yanada mustahkamlashda va uni xayotda bemalol tadbiq etishda yani uz fikr muloxazalarini hoh tanqidiy hoh kreativ shaklda yetkaza olishligida gapirish (speaking)ni urni beqiyos. Fikrmcha chekka viloyat va tumanlarda gapirish kunikmasi boshqa markaz joylar singari rivojlanmagan. Ular orasida tafovut yaqqol kuzga tashlanadi. Mana shuday joylarda yani maktablarda ayni xorijlik bulgan,usha til yurtidan kelgan shaxslar taklif qilinsa,ular bilan muloqot yulga quyilsa kutilgan natijalarga tezroq va unumli erishilgan bular edi. |
Saidova Dilnozaxon
|
Maktablarda xorijiy mutahasislar ham jalb etilishini kòpaytirish lozim deb òylayman
|
Axmadaliyeva Dilraboxon Abdullaxon qizi Farğona viloyati O'zbekiston tumani 39- maktab ingliz tili o'qituvchisi
|
Men maktablarda zamonaviy ICT jihozlarii bolishini sorardim. Bu chet tilini organishda juda ham muhim
|
GuestMahbuba
|
Maktab darsliklari CEFR IELTS darajalari nizomi nizomi asosida bulishini taklif qilgan bo'lardim.Darsliklarimizni qayta ko'rib chiqish kerak.DTM testlari ham darslik asosida tuzilmayapti
|
Tursunov Asrorjon Qosimovich Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani
|
Chet tilini o'qitishdagi asosiy kamchlik faoliyatim davomida guvoh bo'lganim bu malakali kadrlar deb o'ylayman,chunki hozirgi kunda sir emaski qayta tayyorlovdan o'tgan 4yil ona tili va adabiyot fanini o'qigan o'qituvchi ingliz tilida qanday dars bera oladi.
Bundan tashqari chet tilini zo'r bilgan mutaxassis maktabda emas o'quv markazlarida dars berayapdi, bu nimani anglatadi albatta o'qituvchiga to'lanayotgan maoshning kamligidir deb o'ylayman. Yana bir masala 1875 bo'yicha shahar maktablari 15% qishloq maktablari 30% ustama olish kerak deb belgilangan, lekin biz qishloqda yashaymiz lekin shaharcha deb 15% ustama to'lashyapdi, bu masalani ham ko'rib chiqish lozim deb o'ylayman |