Хорижий тил саводхонлигини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 ... 14 15 16 17 18 ... 30 След.
0
Maqsud
Barcha maktablarda ingliz tilidan tashqari nemis
tili yoki fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida õqitilishi tõğrisidagi taklifni qõllab quvatlayman.
Имя Цитировать 0
0
Rohatoy Iskandarova
Цитата
Nemis tili darsliklarini qayta ko'rib chiqish audio va videolarni mavzuga moslab tanlab o'quvchilarda shallantirilishi kerak bo'lgan kompetensiyalar bo'yicha topshiriqlarni kiritish. Barcha fanlardan nazorat ishi kitoblari bor , shular kabi nazorat ishi kitobchalarini ishlab chiqish, darsliklar bo'yicha har yili kitoblar kam keladi yoki kelmaydi bu muammoni hal qilish uchun esa  kitoblarni  bir necha  variantlarini sinovdan o'tkazish va nashriyotlardan faqat bittasida emas bir nechtasida chiqartirish  ular orasida ham raqobat paydo qilish kerak deb o'ylayman.
Имя Цитировать 0
0
Raxmonova Mahbuba
Nemis-tilini  ham ingliz-tili kabi ommoviy axborat vositalarida koproq namoyish qilib uni ikkinchi til sifatida maktablarda toliq darslar olib borilish  nemis-tilini nafaqat maktablarda boqchalarda ham ingliz, rus tillari kabi bir qatorda  oqitilishini yolga qoyib nemis-tilini  ham nufuzini oshirish kerak deb oylayman
Имя Цитировать 0
0
Deutsch
Vazirlikda kimdir maktabdagi darslik bilan bog'liq muammolardan xabardor bo'lsa kerak deb umid qilamiz.
Имя Цитировать 0
0
Dildora Axrorova
Xorijiy til deganda kõpchilik ingliz tilini tushunadi. Buning sababi OAVda kõproq ingliz tiliga e'tibor qaratilishi deb õylayman.Yurtimizda yanan nemis,fransuz,rus,ispan va arab tillari ham õrganiladi. OTMlarda 4yil shu kabi tillarni õrganib,ish topolmay,pedagoglar ingliz tiliga 6 oy yana õz hisobidan õqishga majbur bõlyaptilar. 1875-qarorni notõg'ri tushungan juda kõplab maktab direktorlari nemis va fransuz tillari õqitiladigan maktablarni inglizga aylantirib yubordilar.
Taklifim: 1.Maktablarda bir til emas,2-3ta xorijiy tilni õrgatish kerak. Hozirgi õquvchilar juda salohiyatli. Ular ushbu tillarni õrganib, dunyoqarashlarini kengaytirib boradilar.
2.Darsliklarni tubdan CEFR darajasiga moslab qayta ishlab chiqish kerak. Õquvchilar maktabda OTM ga kirishda sõraladigan sertifikatga mos kitoblardan foydalanayotgani yõq.
3.Chet tili õqituvchilari malakasini xorijiy mamlakatlarda oshirib qaytish imkoniyatlarini oshirish kerak.
4.Chet tili lingafon xonalarini tashkillash. Bu imkoniyat õquvchilar til õrganish sifatini oshiradi.
Eng muhimi, NEMIS va fransuz tillarini õrganishni OAV orqali targ'ib qilish kerak.
Fikrlarimiz bee'tibor qolmasligidan umidvormiz. Õqituvchilar bildirayotgan fikrlarning barchasi Vatanimiz kelajagi uchun bildirilayotgan fikrlardir!
Имя Цитировать 0
0
Xilola Ochildiyeva
Xorijiy til deganda faqat ingliz tili emas nemis va fransuz tili nufuzini ham rivojlantirish kerak. Nemis va fransuz tillariga ham ingliz tili kabi birdek qaralishini so'raymiz. Zero nemis tili fani o'qituvchilari ham ta'lim sohasida samarali faoliyat olib borishmoqda. Fan olimpiyadalarida ham nemis tilini kuchaytilishini so'raymiz. Nemis tili o'tiladigan maktablarda nemis tilini qaytadan ochib berishinglarni so'raymiz.
Имя Цитировать 0
0
Namangan viloyati Boltaboyeva Muniba
Nemis tili fanini ham öqitishda öqituvchilar uchun xalq ta'limi vazirligi tomonidan amaliy yordam berilsa, Multimediyalar va darsliklarda ham  öquvchilarning öqib , tinglab tushunish va gapirish , yozish könikmalariga e'tibor  qaratilsa maqsadga muvofiq bölardi. Qayta tayyorlash kurslarida öqib ingliz tilidan dars bergandan köra nemis va fransuz tili öqituvchilariga özlarini mutahasisliklari böyicha dars berganlari maqsadga muvofiq deb öylayman.  Chunki öz sohasi böyicha yetarli malaka egalar. Maktablarda 2 -3 ta xorijiy tilni örganishni joriy etish kerak. Nemis tili darsi ötilgan oddiy maktablarning a'lochi öquvchilari Germaniyada  ma'lum  vaqt taqsil olib qaytishar edi. Bu ularning har tomonlama yuksalishiga katta kömak berardi, avvallari. Shu narsalarga ham e'tibor qaratilsa yaxshi bölar edi.
Имя Цитировать 0
0
Malika
Har bir maktabga 2 ch til sifatida Nemis tili darsligi qòyilsin juda kam maktablarda nemis tili darsligi bor shu sababli bir emas 3 tuman òtib ishlab kelyapmiz. Har bir maktabda bòlganida uyimizga yaqin joyda ishlardik
Имя Цитировать 0
0
Zarima
Xorijiy tillar uchun lingafon xonalarini köproq tashkil qilish,ayniqsa chekka qishloqdagi maktablarda ham  shunday xonalar bölishini  hoxlardim.Mamlakatimizda ta'lim olayotgan har bir öquvchi zamonaviy,dunyo talablariga javob beradigan sinfxonalarda öqisa,chet tili darslarida  yangicha  zamonaviy muhitda  öqisa,albatta öz kelajagiga ishonib,barcha bilan teng ekanligini his qilib,özgacha yondoshib harakat qiladi.
Имя Цитировать 0
0
Shaxnoza
Chet tili o'qitishda eng katta muammo bu chet tili sifatida faqatgina ingliz tiliga e'tibor qilinayotgani deb tushunaman. Nima uchun nemis tili yoki fransuz tili emas nima ular chetda qolib ketaverishi kerakmi. Yoki ingliz tili deb qaralishida biror bir manfaat yotadimi? Nima uchun unda davlatga biz pul to'lab nemis tili o'qiyapmiz, nima uchun kvotalarni ko'paytiryapsizlar, xalqni pulini shilish uchunmi? Nemis tili o'qiydiganlar kelajakda ishlamasdan yana davlatga pul to'lab qayta tayyorlov o'qisinmi? Taklifim oldin nemis tili o'qigan maktablarda yana nemis tili ochilsin va ikkinchi til sifatida umumta'lim maktablarida o'qitilsin. Umumta'lim maktabida nemis tili o'qiydiganlar Prezident maktablari yoki boshqa  ijod maktablarida o'qishga haqlari yo'qmi? Ular ingliz tili uchun alohida repetitorga borishlari kerakmi? Savolimga javob kutib qolaman Xalq ta'limi vaziridan. Oldindan raxmat.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 14 15 16 17 18 ... 30 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений