Oydin Kuybisheva
|
Xorijiy til o'rganishda shu tili o'zini ona tilisi bo'lgan insonlar bilan muloqot qilish juda ham yaxshi samara beradi. Buning uchun xorijiy davlatlardan maktablarga ko'ngilli (volontyor) o'qituvchilarni jalb qilishni taklif qilmoqchiman.
O'qituvchilar va o'quvchilar uchun esa coursera kabi onlayn kurslar tashkil qilishni taklif qilaman. |
Mahliyo
|
Oquvchilarni jalb qilish uchun chet ellik mehmonlar jalb qilinsa, uchrashuvlar, seminarlar, turli xil kechalar uyushtirilsa yaxshi bolardi
|
Guest
|
Chet tilini o'qitishda yanada mukammalroq yondashish kerak. Juma kuni bo'ladigan o'quv jarayonini yanada yaxshiroq olib borish kerak. Avvalambor har bir o'qituvchi o'z ustida ishlasa barcha maqsadimizga erishamiz. Oylik maoshni ham ko'tarish kerak.
|
Sharofat Rajabova
|
Chet tili darslarini kòproq uquvchilarga lingafon xonalarida òtish lozim. Bu uquvchilarga ham kórib ,ham eshitib nutqini rivojlantirishiga katta rol òynaydi.
Darslikda berilgan Home readinglarni ótishda rol play dan foydalanilsa yanada yaxshi natija beradi |
Hojiyeva Kimyo Gafurovna Buxoro viloyati Romitan tuman 11-maktab chet tili uqituvchisi
|
Chet tili darsliklari CEFR va IELTS darajasida chop etilsa yaxshi bulardi Maktab tuliq darslik bilan taminlansa uquvchilarni uqitish osonroq bulardi
|
Jizzax Mirzacho'l 10-maktab Mengliyeva Namuna
|
Fikrimcha, ushbu konsepsiyada bugungi kunda chet tilini o'qitishdagi kamchiliklarni bartaraf etish chora -tadbirlari puxta ishlab chiqilgan. Ayniqsa chet tillar sohasidagi ilg'or tajriba, pedagogik texnologiya, tashabbuslarni targ'ib qilish uchun bunda alohida o'rnak ko'rsatayotgan pedagoglar bilan tajriba almashish online seminarlarni ko'proq tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Darsliklardagi multimedia mahsulotlarining yangi avlodini tayyorlashda ona tilisi ingliz tili bo'lgan(native speaker) so'zlashuvchilar materiallaridan foydalanish zarur deb hisoblayman.
|
Djumayev Zulfikar
|
Chet tillarini yana samarali o'qitish uchun maktablar multimedia/axborot texnologiyalar bn ta'minlansa maqsadga muvofiq bulardi
|
Mahliyo Otaxonova
|
Hozirgi kunda ingliz tili fani sezilarli darajada o'zgargan. O'quvchilarning va o'qituvchilarning bilim va ko'nikmalari ham o'sib boryapti. Ilgari faqat grammatika o'qitilgan bo'lasa bugungi zamonaviy darsliklar yordamida o'quvchilarning eshitish yozish gapirish ko'nikmalari ham rivojlantirilyapti. Meni nazarimda "native speaker" bilan uchrashuvlar tashkillansa , o'zaro suhbat amalga oshirilsa nafaqat o'quvchi balki o'qituvchilarning ham bilim darajasiga yetarli darajada ta'sir ko'rsatadi deb o'ylayman.
|
Sayfullayeva Nargiza Buxoro shahar 28-maktab
|
Hozirgi kunda yurtimizda o'qituvchilar uchun barcha shart sharoitlar yaratilmoqda. Maktablarda horijiy tillarni o'qitilishida sezilarli o'zgarishlar bor. O'quvchilarni nutq faoliyatini o'stirish uchun lingafon xonalari bo'lsa yaxshi bo'lardi
|
Nigora Fayzullayeva Buxoro shahar28-maktab
|
Hozirda ingliz tili darslariga e'tibor kuchli, lekin yana bir narsani ta'kidlash kerakki maktablardagi chet tili o'qituvchilarni malakasini oshirish uchun ularni Chet eldagi o'qituvchilar bilan hamkorlikda ishlashlariga ko'mak berish kerak.Biz ularni o'qitish va fikrlash doiralari bilan qiziqamiz lekin bizda chet elga borish imkoniyatlar yetarli emas.
|