Guest
|
Fikrimcha, ushbu konsepsiyada bugungi kunda chet tilini o'qitishdagi kamchiliklarni bartaraf etish chora -tadbirlari puxta ishlab chiqilgan. O'quvchilarni nutq faoliyatini o'stirish uchun lingafon xonalari bo'lsa, va har bir darsda AKT jixozlaridan foydalanilsa yaxshi bo'lardi.
|
Ahmedova Zulfiya Ahadovna Buxoro shahar 30 maktab
|
Fikrimcha, ushbu konsepsiyada bugungi kunda chet tilini o'qitishdagi kamchiliklarni bartaraf etish chora -tadbirlari puxta ishlab chiqilgan. O'quvchilarni nutq faoliyatini o'stirish uchun lingafon xonalari bo'lsa, va har bir darsda AKT jixozlaridan foydalanilsa yaxshi bo'lardi.
|
Fayziyeva Farida Salixovna Buxoro shahar 30-maktab
|
Makda ingliz tili fanini o'qitish kundan kunga o'sib bormoqda. Bunga sabab chet tilini o'qitish borasidagi 1875 qarorini chora tadbirining bosqichma bosqich o'sib borishi deb o'ylayapman.
5-6 sinflarda beriladigan taklifim har bir mashqlarda writing mashqlari kam berilgan. Ularni ko'proq bo'lishini taminlansa maqsadga muvofiq bo'lar edi. 7-8 sinflardagi teacher's booki va audiosi hanuzgacha ba'zi maktablarga kelmagan. Yangi kitob chiqqandan keyin avgust oyida kelsa o'qituvchi qiynalmasdi. 10-11 ham shu axvol va lingafon xonalari bo'lsa listenig o'quvchilar uchun tushunarli bo'lar edi. Oldindan raxmat |
Sattorov Feruz Baxritdinovich
|
Assalomu aleykum, men Buxoro shahar 9-umumta'lim maktabi Ingliz tili fani o'qituvchisiman, men o'quvchilarning bilimini yanada oshirish uchun yangi zamonaviy texnologiyalardan, multimedia dasturlardan foydalanish kerak deb hisoblayman, qolaversa darsliklarni ham o'quvchilarning yoshiga va sinfiga moslash kerak, chunki ba'zi mavzular yuqori sinflarda sodda berilgan, pastroq sinflardagi ba'zi mavzular esa aksincha. Bundan tashqari men maktablarda tezroq variativ ta'lim tizimiga o'tilishi tarafdori man, chunki har bir o'quvchi o'z qiziqisha asosida ta'lim olsa, natija ham yaxshiroq bo'ladi deb o'ylayman. Boshlang'ich sinflarda darslarni ko'proq ijodiy tarzda o'tsak, baholashni bekor qilsakda ularni asosan gapirish va eshitish malakalarini oshirsak maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yuqori sinflarda esa ko'proq Oliygohlarga o'qishga kirishi uchun tayyorlash kerak, ular boshqa repititorlarga muhtojlik sezmasligi uchun, qachonki o'qituvchi malakali bo'lsa, darslarni ham kurs kabi o'tkazsa uning o'quvchilarining natijasi ham yuqoriroq bo'ladi, lekin buning uchun o'qituvchining maoshini oshirish kerak, zeroki ular maktabda dars o'tgandan ko'ra borib repititorlik qilaman demasinlar. E'tiboringiz uchun raxmat.
|
Aliyeva Manzura Mo'minovna
|
Assalomu aleykum, men Buxoro shahar 9-umumta'lim maktabi Ingliz tili fani o'qituvchisiman, mening fikrim shundaki boshlang;ich sinf o'quvchilarining darsliklarida she'r va maqollar, tez aytishlar, aqlni charxlovchi test topshiriqlar berib borilsa o'quvchi xotirasida ingliz tilidagi maqol va she'rlarni yodlash va tilni o'zlashtirish samarali bo'ladi. Chunki biz o'quvchilarning boshlang'ich bilimlarini rivojlantirmasak, ular yuqori sinfga o'tganda ham o'zlashtirishlari yuqori bo'lmaydi, ularning bazasini oshirish kerak.
|
Saidova Nigina Pulatovna
|
8-sinf "Teens' English 8" darsligida bir mavzuda listening(tinglash) topshirig'i berilgan, ammo o'qituvchi kitobi bo'lmaganligi sababli darsni tushunish qiyin bo'lmoqda. Shuning uchun o'qituvchi kitobining tezroq chiqishini so'rab qolardim.
|
Husenova Gulshod
|
Salom hamkasblar. Ingliz tili darsliklari yangilanyapti. 10- 11- sinf darsliklari qiziqarli tashkillashtirilgan. Mening fikrimcha1- sinfdan darsliklar qayta ko'rilib chiqib xorijiy qiziqarli kitoblarga o'xshab tayyorlansa va har yili hech bo'maganda 5% xorijiy til o'qituvchilarni chet elga malaka oshirish uchun yuborilsa maqsadga muvofiq bo'lardi
|
Xasanova Maqsuda
|
Barcha sinflarda ingliz tili darsligining oxirida o'quvchilar uchun lug'at berilgan. Ammo 10 va 11-sinf darsliklarida yo'q. O'quvchilar uchun darslik oxirida vocabulary bo'lsa yaxshi bo'lar edi.
|
Buxoro shahar 34- maktab o'qituvchisi G'afforova Nodira Uyg'unovna.
|
Hozirgi kunda ingliz tiliga katta e'tibor berilgani bu juda yaxshi, lekin inobatga olish kerak bo'lgan narsalar ham talaygina. Biz hozirgi kunda bolalarning tinglab tushunish,o'qish, gapirish, yozish ko'nikmalarini yaxshi rivojlantirishimiz kerak, buning uchun albatta darsliklarimiz shunga mos bo'lishi kerak. Masalan 4,5,6 sinf darsliklarida mavzular takror kelgan, ba'zi bir mashqlar juda sayoz. Darsliklar xuddi 10, 11 sinf darsliklaridek CEFR va IELTS darajasida tuzilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
|
Guest
|
Ingliz tili fanidan boshlang'ich sinflarda darslik, ish daftari, multimedia va o'qituvchi uchun metodik qo'llanma mavjud. Bular o'quvchilarning bilim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ammo 2- sinfdagi " What is the time " mavzusi 2 - sinf o'quvchilarining o'zlashtirilishiga murakkablik qilmoqda. Teen's English 8dagi berilgan grammatik qoidalarni mustahkamlash uchun ko'proq mashqlar berilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
|