Хорижий тил саводхонлигини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 ... 18 19 20 21 22 ... 30 След.
0
Guest
Buxoro shahar 33 umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Muhammedova Dilrabo Ingliz tili fanidan boshlang'ich sinflarda darslik, ish daftari, multimedia va o'qituvchi uchun metodik qo'llanma mavjud. Bular o'quvchilarning bilim sifatini oshirishga  xizmat qiladi. Ammo 2- sinfdagi " What is the time " mavzusi 2 - sinf o'quvchilarining o'zlashtirilishiga murakkablik qilmoqda. Teen's English 8dagi berilgan grammatik qoidalarni mustahkamlash uchun ko'proq mashqlar berilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Muyassar Yusufovna
Har bir sinfda hec bulmganida bir dona kompyuter bulishini surar edim. Ingliz tili darsliklarida listening mashqlari juda ham kup. Uqituvchi doim ham note book kutarib yurishga sharoiti yuq. Sinf xonasining uziga kompyuter biriktirilgan bulsa hech qanday muammo bulmas edi. Dars sifati ham oshar edi.
Имя Цитировать 0
0
Sayyora Zokirovna
Ingliz tili fanidan ancha yillardan beri dars berib kelayotgan o'qituvchi sifatida aytishim mumkinki, chet tillarni o'qitishning samaradorligini oshirish, ta'limning uzviyligini ta'minlashda darsliklarning o'rni nihoyatda muhim. Darsliklar bosqichma-bosqich yangilanyapti. Ilgarigi qo'llanmalarga nisbatan ancha takomillashgan. Ammo o'qitish jarayonida darsliklardagi ko'zga tashlanib qolgan kamchiliklar haqida fikr bildirmoqchiman.1-sinf darsligi 1-sinf o’quvchilariga yoshi, psixologik va fiziologik jihatdan mos keladi. Uyga vazifada faqat rasmni bo’yash emas, rasmni davom ettir, qolgan yarmini top kabi topshiriqlar ham berilsa yaxshi bo’lardi.

2- sinf darsligi juda yaxshi tuzilgan. Faqat o’quvchi daftarida har bir mavzuda o’rganilgan harf, so’z yoki konstruktsiyalarni ko’proq mustahkamlovchi mashqlar berilishi kerak. Yozuv daftaridagi namuna sifatida berilgan harflarning hajmi juda yirik. Ularni real, o’quvchi yozadigan hajmda berish kerak.

4-sinf darsligida turli zamonlar bilan bog’liq mavzu va topshiriqlar borligi sababli alohida grammar exercises mashqlari bilan boyitilsa foydali bo’lardi.

5-sinf darsligi avvalgisidan ancha farq qiladi. Turli qiziqarli topshiriqlar bilan boyitilgan. Ammo ko’pgina mashqlari boshlang’ich sinflar bilan solishtirganda juda ham oson. O’quvchi daftarida ko’proq ijodiy yondashuvdagi mashqlar berilishi kerak. Gaplardagi deyarli barcha so’zlar berilgan o’quvchi yozishi uchun faqat 1 yoki 2ta so’z qoldirilgan. Bu o’quvchilar uchun zerikarli bo’lyapti.

6-sinf darsligidagi mavzular deyarli o’zgarmagan. Har bir arsda tanishtirilgan yangi so’z va iboralarni yanada mustahkamlash uchun o’quvchi daftarida berilgan topshiriqlar kamlik qiladi. Ularning soni va sifatini oshirib, osondan murakkabga qarab boradigan masqlarni ko’proq kiritish kerak.
10-sinf darsligining boshlanishidagi mavzular qiziq va topshiriqlari ham rang-barang. Ammo ba’zi mavzulardagi topshiriqlar o’quvchilarga bajarish uchun qiyinlik qiladi. Topshirqlarning shartlarini berishda yoki mashqlarning o’zida ko’p o’rinlarda imlo xatolariga yo’l qo’yilgan. Buning ustiga Readinglardagi True, False mashqlari yaxshi tuzilmagan. Ba’zan Not given javobi talab qilinadigan gaplar ham berilgan. Eng asosiysi o’qituvchi kitobi hali ham chop etilmagan.

11-sinf darsligi ingliz tilini chet til sifatida o’rganuvchi talabalar uchun juda qulay va qiziqrli tuzilgan. Har bir mavzu bo’yicha to’rttala kommunikativ malakani rivojlantirish uchun yetarli mashqlar berilgan. Bundan tashqari mavzular so’ngida qo’shimcha Listening, Reading, Speaking, Writing topshiriqlari hamda grammatik testlar berilgan. Darslik borasida hech qanday e’tirozlar yo’q. Faqat o’qituvchi kitobi ham nashr etilsa yaxshi bo’lardi.
Имя Цитировать 0
0
Sodiqova Gulchexra Dilmurodovna Buxoro shahar 30-maktab
Ingliz tilini yanada takomillashtirish to'g'risidagi chora tadbir haligacha davom etib kelmoqda. Bu borada juda ko'p ishlar qilindi va samarasi o'quvchilar va o'qituvchilarnig saviyasi yanada oshirildi. Oshgani yaxshiyu lekin qishloq hududlarida 30% shaxar hududida 15%. Buni qayta ko'rilsa yaxshi bo'lar edi.
10-11 sinflarning darsliklarida bitta mavzu 2 marotaba berilgan 2-mavzusi mashqlar bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Oldindan katta raxmat
Имя Цитировать 0
0
Yadgarova Sitora
Assalonu aleykum hurmatli  hamkasabalar.Avvalo aytmoqchimanki maktablarda xorijiy tilni òqitish tizimi sezilarli darajada òsdi. Maktablarda chet tillarni òqitish yanada takomillashib bormoqda.Ammo maktabdagi darsliklar hali xanuz eski qolipda.Darsliklar CEFR talablariga mos ravishsa  chop etilsa maqsadga myvofiq bòlar edi.Maktablarda WI-FI òrnatilsa yaxshi bòlar edi.Shundagina native -speakers bilan jonli muloqot qilishimiz mumkin.6-11sinf darsliklari multimedia ilovasi sifati past.Kadrlarni malaka oshirishlari va òz ustiga ishlashlariga  kòproq e'tibor qaratish lozim deb òylayman.
Имя Цитировать 0
0
Guest
Menimcha , ingliz tili òqituvchilari har tomonlama ijodkor , zamon bilan hamnafas bòlishi kerak. Lekin ba'zi òqituvchilar bundan mustasno. Ayniqsa, 4 oylik qayta tayyorlovdan òtgan òqituvchi bilan 4 yil òqigan òqituvchini farqi bòlsa kerak. Tòģri ular orasida ham òz ustida ishlaydigan, qòshimcha kurslarga boradiganlar bor. Lekin aksariyati faqat boshlanģich sinflar bilan cheklanib qolmoqda. Yuqori sinflarga dars berishga salohiyatlari yetmaydi. Talaffuz meyorlarida kamchiliklar bor. Menimcha qayta tayyorlov degan òqishni tòxtatish kerak.
Имя Цитировать 0
0
Jumayeva Dilnavoz
Xorijiy tillarni yanada chuqur o'zlashtirish maqsadida elektron doska va lingofon xonalari soni orttirilsa, bu tili o'rganilayotgan mamlakatning madaniy kesishmalarini va o'z tilida sof so'zlashganini amalda video rolik bilan ko'rilsa yanada chuqurroq samara beradi.
Имя Цитировать 0
0
Jumayeva Dilnavoz Tólqinovna
1.Xorijiy tillarni yanada chuqur o'zlashtirish maqsadida elektron doska va lingofon xonalari soni orttirilsa, bu tili o'rganilayotgan mamlakatning madaniy kesishmalarini va o'z tilida sof so'zlashganini amalda video rolik bilan ko'rilsa yanada chuqurroq samara beradi.
2. Xorijiy mutaxassislar "master klass" darslariga jalb qilinsa bu Juda ahamiyatli nazariy va amaliy imkoniyatlarni beradi.
Имя Цитировать 0
0
Guest
Assalomu aleykum. Men Buxoro shahar 40 -umumta'lim maktabi ingliz tili òqituvchisi Kurbanova Muslima. Biz maktab òqituvchilariga xalqaro maqolalarni qanday yozish haqida yòriqnoma beruvchi tuli xil seminarlar bòlishi istayman . Chunki kòpchilik òqituvchilar bu haqida ma'lumotga ega emas. Bizning òqituvchilar ham dunyoga tanilishlarini istayman.
Имя Цитировать 0
0
Guest
Assalomu aleykum hamkasblar. Men ingliz tili o'qituvchilarning bilimlarini oshirish maqsadida xorijga yanada mukammalroq o'rganishlariga yuborish yoki xorijdan o'qituvchilar kelib tajriba almashishni taklif bildirardim.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 18 19 20 21 22 ... 30 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений