Ibragimova Shahnoza
|
Avvalambor o‘qituvchilarning fikri e‘tiborga olinganidan xursand bo‘ldik. Chet tillariga ayniqsa ingliz tiliga qaratilayotgan doimiy e'tibor bizni yanada o‘z ustimizda ishlashga undaydi. Shuning uchun chet ellik pedagoglar bilan master klasslar bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Darsliklarga keladigan bo‘lsak boshlang‘ich sinflardagi kitoblar so‘ngida ertaklar berilgan. O‘sha mavzularga yangicha ertaklar qo‘shilsa va yanayam qiziqarliroq bo‘lsa bolajonlarga yaxshi bo‘lardi...
|
Zafar
|
Tōgrimi yōqmi bilmadim lekin, mavzuga doir topshiriqlarning tōgri joylashtirilganligiga qarash kerak. Masalan: tekst, grammatik qoida, keyin mashqlar.
|
Xaydarov Soatmurod Surxondaryo viloyati Angor tumani 12-umumta'lim maktabi o'qituvchisi
|
Ta'lim sifatini imkon qadar to'laligicha ta'minlash uchun avvalo, ta'lim shakli va mazmunini parallel ravishda takomillashtirish talab qilinadi. Ta'lim shakliga o'quv materiallari, darslik, sinfxona jihozlari va hokazolarni misol qiladigan bo'lsak, mazmuni o'sha shaklga mutanosib ravishda sifatli va samarali dars o'toladigan, zamonaviy pedtexnologiyalarni o'zining dars jarayonida tadbiq etoladigan kadrlarni shakllantirshdir. Xo'sh bizda mazkur ikki jihat ham talab darajida emasligini hisobga olsak, ta'limda uzviylik haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. Milliy darslik yaratamiz deb, o'quvchi va o'qituvchilarni achinarli ahvolga solib qo'yganligimiz hech kimga sir emas. Xalqaro ta'limda keng e'tirof etiladigan Cambridge, Oxford va McMillan darsliklaridan foydalanishga allaqachon o'tish kerak edi. Hali ham kechmas.
|
Aynur Aytbaeva
|
Fan xonalari zarur jixozlar bilan ta'minlanishi zarur: elektron doska, lingofonlar. O'quvchilarda tinglab tushunish ko'nikmasi shakllanishiga yordam berardi.
|
Куанышова Гумисай
|
Дарсликларда грамматикага оид мавзуларни купайтириш ва нуткни ривожлантирувчи аудио ва иидеоларни купартирса максадга мувофик буларди
|
Ulimbetova Lizaxan
|
Fan xonalarini lingofon bilan ta'minlanishi kerek. Eshitish moslamalari keltirildi, lekin bir yilga bormay yaroqdiz ahvolga keldi, sifatsiz. O'quvchilar bir eshitish moslamasidan emes, balkiharbiri alohida quloqchindan eshitsa gina matnni tushuna oladi, axir bu chet tili
|
Eshmurodova Nigora Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 66-umumta'lim maktabi
|
Maktab darsliklarini qayta ko'rib chiqish kerak deb hisoblayman. Agar darslikda ko'proq grammatik ma'lumotlar kiritilsa, o'quvchilar repititorlarga muhtoj bo'lmasdan balki maktabda olgan bilimlari oliy o'quv yurtiga kirishga yetarli bo'ladi.
|
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 15-maktab Latipova Maryam
|
Ingliz tili fani hozirgi kunda juda ham rivojlanib bormoqda bundan juda ham xursandman.Ammo 1-sinflarning kitobiga ozgina oʻ zgartirish kiritish kerak deb oʻylayman.Uyga vazifaga boʻyash uchun berilgan, bola faqat uyda boʻyashga qiziqib qolyapti. Tushungan ota onalar kitob orqasida berilgan soʻzlarni yotlatyapti, baʼzilari faqat bo'yatib maktabga joʻnatib yuborishyapti. Shuning o'rniga she'r matni yoki lugʻat berilsa yaxshi boʻlardi deb oʻylayman.
|
Togaymurodova Dildora. Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani 15-maktab.
|
Mening fikrimcha, o'qituvchi birinchi o'rinda o'z sohasini chuqur egallagan bo'lishi kerak, o'quvchilarini fanga qiziqtira olishi kerak. Buning uchun hamma sharoitga ega, kompyuter bilan jihozlangan, sinf xonalar yetarli bo'lishi kerak. Lekin ko'pchilik maktablarda bunday imkoniyat yo'q. O'quvchilar faqat visual emas, audiolingual, kinasetik qobiliyatlarni mujassamlashtirgan holda bilim olsalar, ta'limda sifat va samara bo'ladi
|
Sirdaryo viloyati sirdaryo tumani 31 _ maktab Tashova Zilola
|
Bugungi kunda talimda uzviylik etishmayapti darsliklarga keladigan bolsak faqatgina qayerlardan kochirmachilik emas balki mukammal darslik chiqarsak nur ustiga alo nur bolar edi .6-sinf darslikda bolaga orgatadigan narsani ozi yoq . Darsliklarda uzviylik yoq shuning uchun bolalar koproq qoshimcha darslarga borib koproq narsa organadi .Boshlangich sinflarni darsliklariga etirozim yoq yuqori sinflarni darsliklariga ozgartitrish kiritish kerak.
|