Хорижий тил саводхонлигини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 ... 30 След.
0
Feruzaxon
Bizlarga xam ko‘proq chet ellik mutaxassislar ko‘proq jalb qilinsa o‘quvchilarda ingliz tilida muloqat qilish darajasi oshardi yana maktablarda lingafon xonalar xam tashkil etilsa yaxshi bo‘lardi.
Имя Цитировать 0
0
Jannatxon Sheraliyevna
Ingliz tili fanidan 10 -11 sinflar uchun teacher's book tape skript yoq. 10 sinf kitobida grammatik hatolar bor.
Имя Цитировать 0
0
GuestFarg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani34-maktab Mavlonova Ozoda
Цитата
Menimcha har bir maktabda lingafon xonalari bo‘lishi zarur.Bu o‘quvchilarni talaffuz mayolarini o‘rgo‘nishi uchun juda zarur
Имя Цитировать 0
0
Butayeva Muxtasar
Onlayn olimpiada va onlayn testlar oʻquvchilar oʻrtasida koʻproq tashkillansa, oʻquvchilarning darslarga qiziqishi yanada ortadi.
Имя Цитировать 0
0
Butayeva Muxtasar Fatima tumani 30- oʻrta ta'lim maktabi
Onlayn olimpiadalar va onlayn testlar oʻquvchilar oʻrtasida koʻproq tashkillansa, oʻquvchilarning darslarga boʻlgan qiziqishlari va intilishlari yanada ortadi.
Имя Цитировать 0
0
Yodgora
Hamma viloyatlarda maktablarda fransuz tilini ochinglar horijiy til deganda faqat ingliz tili tushunilmaydiku. Ishsizlik ko'paymasligi uchun. ahir qancha mehnat vaqt harajat sarflab o'qip keladi odam o'z kasbini mutahassisi bo'lishi uchun. Yana qancha talaba o'qiyapdi ular bitirib kelip sarson bo'lishadi ish topa olmay. Ingliz tilaga qayta o'qi degan gap bilan masalani osongina hal qilib qo'yishyapdi.  Ingliz tiliga o'qip kelsang diolomingga gap topishadi menga 4 oylik emas 4 yil o'qigan mutahassis kerak deb. Nima qilish kerag endi Horij ga chiqip ketaylikmi ish ahtatib.
Имя Цитировать 0
0
Butayeva Muxtasar Fargʻona tumani 30- oʻrta ta'lim makt
Onlayn olimpiada va onlayn testlar koʻproq tashkillansa oʻquvchilarning darslarga boʻlgan qiziqishlari va intilishlari yanada ortadi.
Имя Цитировать 0
0
GuestFarg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 34-maktab Mavlonova Ozodaxon
Цитата
Hozirgi vaqtda ingliz tili darsliklari ham yangilanib kelmoqda lekin hamma darsliklar ham talab darajasida emas menimcha yuqori sinf 10,11-sinf darsliklarini ko‘proq soddalashtirib oliygohlarga kirish testlariga moslastirish zarur nazarimda.
Имя Цитировать 0
0
GТажиматовп Лобархон Фаргона шахарuest
Лингафон  хоналари булса  яхши булар эди.Шахар  ва кишлокни тафовутлаш  укитувчиларни узига боглик
Имя Цитировать 0
0
Ahmedova Gulbahor Nazirovna. Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani 4-maktab
Ushbu konsepsiyada bugungi kunda horijiy tillarni bugungi hayotimizdagi o'rni va ahamiyati, til  o'rgatish borasidagi mavjud muammo va kamchiliklar, ularning yechimlari va kutilayotgan natijalar ochiq oydin yoritib berilibdi.  Barcha fikrlarga qo'shilgan holda men yana shuni ta'kidlamoqchimanki, quyi sinflarda ayniqsa 2-sinflar darsligida biroz qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. Bu qiyinchiliklar asosan:
1.  Yozish jarayoni bilan bog'liq. To'g'ri ingliz tili harflari o'quvchining o'z ona tilisidagi harflarga o'xshaydi, lekin 1-sinfni bitirgan bola ona tilisida yozma harflarda so'zlarni yozishadi. Ingliz tilida asosan bosma harflar bilan yozamiz. Va bunga qo'shimcha tarzda ular rus tilini ham o'rgana boshlashadi. So'zlarni yozishda harflarni chalkashtirib yuborish holatlari ko'p uchramoqda.
2. Bir oy ichida barcha harflarni yozishni o'rganib bo'lishlari kerak. Lekin bu harfalarni turli xilda o'qilishichi? Menimcha 1-yarim yillikda harflarni yozish, ularning talaffuziga e'tibor bergan holda kichik leksik birliklar va gaplar tuza olishni o'rgatishimiz kerak deb o'ylayman.
3. Mavzular biroz soddalashtirilishi kerak. Asosan 1,2 choraklarda. Kichik gaplar tuza olishga o'rgatishimiz kerak avval.

Bu mening shaxsiy fikrim, chunki men bola so'zni tog'ri o'qiy olmasa uni asl ma'nosini tushuna olmaydi deb hisoblayman.

PQ-1875 bo'yicha hali barcha maktablar zamonaviy texnikalar bilan to'liq jihozlanmagan. Ba'zi katta maktablarda 2-3-4 ta xonalarga kompyuter, proyektor va boshqa texnika jihozlari yetib borgan, lekin ba'zi maktablarga xattoki kompyuterni o'zi bo;lsa ham berilmagan. CEFR bo'yicha ustama testi ham o'z vaqtida tashkillanishi kerak.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 ... 30 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений