Хорижий тил саводхонлигини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 ... 3 4 5 6 7 ... 30 След.
0
To'xtaboyev Bahtiyor, Farg'ona vil, Beshariq tumani, 3-IDUM

Assalomu alaykum. Men To’xtaboyev Bahtiyor, Farg’ona viloyati, Beshariq tumani, 3-IDUM ingliz tili fani o’qituvchisi, toifam-oliy, ish stajim 20 yil.

1. O’qituvchi salohiyati va malakasi.

Juma kunlari tashkil qilingan o’quvlar ancha foyda berdi, lekin bu yetarli bo’lmayapti.

Taklif: 1 ta tumanga hech bo’lmasa 1 ta ona tilisi ingliz tili bo’lgan pedagog ishga olib kelinsa. Juma kunlari o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatib, master class qilsa. Boshqa kunlarda esa maktablarga darsga qatnashsa.

2. Darsliklar masalasi.

Darsliklarimizda 4 ta ko’nikmaga (listening, reading, writing, va speaking skills) e’tibor oldingi darsliklarga qaraganda oshgan.

Ammo taklifim shuki: chet etlda chiqarilgan, muallifi ona tilisi ingliz tili bo’lgan (native speaker) lar  tomonidan chop etilgan kitoblar dasturga kiritilib, darsliklarn o’qituvchilar o’zlari tanlov qila oladigan bo’lsa.

3. O’quvchilar soni.

24 nafar o’quvchi o’qiydigan sinflar bo’linmaydi. Taklif: 20 nafar bo’lsa ham bo’linsa.

Bu takliflar barchsining amalga oshirishning moddiy tomoni bor, lekin Davlatimiz moddiy texnik baza va binolar uchun bundan ulkan mablag’lar ajratib kelyapti. Keyingi bosqichda asosiy e’tibor o’qituvchi, o’quvchi va darsliklarga qaratilishida umidvormiz.

[RIGHT]Hurmat bilan, To’xtaboyev Bahtiyor. [/RIGHT]
Имя Цитировать 0
0
Ahmedova Gulbahor
Yana bir masala konsepsiyada aytilganidek oliygohlarga kirish testlarini darsliklarga moslashtirish kerak. Maktab o'qituvchisi belgilangan vaqt davomida DTS talablarini bajarish uchun harakat qiladi. Lekin o'quvchi asosan  repetitorga chiqib ketyapti. Sabab oliygohda darslikdagi mavzular tushmaydi. Ona tili, matematika, kimyo, bilologiya qo'yinki barcha fanlardan repetitorlar asosan 5-11 sinf darsligidan foydalanishyapti. Bir ona tili repetitordan so'radim ona tili- adabiyot darslikdan tushadimi desam, ha dedi. Hattoki qaysidir dostonning bir parchasi berilsa, aynan o'sha parchagacha bo;lgan qismidan tusharkan. Lekin ingliz tilida darslikni umuman qo'lga ushlamay turib faqat grammatikani va qaysidir reading kitoblarini o'qish kerak. Shu tomonlariga ham e'tibor berish kerak.
Имя Цитировать 0
0
Abdusamikova Dilnavoz, Bo'stonliq tumani, 30-maktab ingliz tili o'qituvchisi
Takliflar ko'р, masalan, jihozlar kamligi, listening uchun deyarli sharoit yo'q. Internet bilan bog'liq muammolar, maktablarga Wifi o'rnatilishi shart menimcha, shunda native-sрeakers  bilan jonli muloqotlar tashkillashtirishimiz mumkin. Darsliklar o'qituvchilarga yordamchi emas, ba'zan halal beradi, Grammarway, Headway, InsideOut kabi samarali darsliklar qo'llanilishi kerak. Va albatta, o'qituvchilar bilimi ham tekshirilib borilsin. O'zi ham bilmaydigan, harakati va izlanishi yo'q o'qituvchi qanday dars o'tardi? Oylik masalasi, deyarli barcha o'qituvchilar asosiy daromadni maktabdan emas, o'quv kurslari yoki reрetitorlikdan oladi, e'tibor ham shunga yarasha bo'ladi keyin.
Имя Цитировать 0
0
Yusupova Dilnoza
ESN dasturi bo'yicha ingliz tili o'rgatiladi deyildi.Chet ellik mutacassislar Core teacherlarni o'qitar ekan.Core teacherlar esa Mentor teacherlarni.Mentorlar keyin bir yil davomida qolgan hududiy o'qituvchilarni o'qitar ekan.Manimcha bu befoyda ish.O'sha chet ellik mutaxassislar to'g'ridan -to'g'ri biz oddiy o'qituvchilarni o'qitsa, biz ham native speaker lar bilan muloqot qilib yaxshiroq gaplashishni o'rganvolardik.
Имя Цитировать 0
0
Yoqubova Hiloa Beshariq tumani
Avvalo erkin fikr bildiraolishim uchun raxmat.Xozirgi kunda chet tillari juda rivojlanib bormoqda lekin maktabdagi darsliklar o‘sha eski qolibda qolyapdi.Darsliklarni CEFR talablariga mos ravishda bo‘lsa maqsadga mofiq bo‘lardi.Yana multemediyalar hamma maktablarda yetarli emas. Bo‘lsa ham faqat xona 1 dona,qolgan gruh uchun yo‘q.Yana bituruvchilar kirish imtixonlari uchun boshqa darsliklarni o‘qishga majbur bo‘lmoqda.Bu maktab darsliklariga ishoncbsizlikni keltirib chiqarmoqda.Xottoki fan o‘qituvchilari ham toifa testlarida birorta savoliga maktab darsligidan javob topib bo‘lmaydi.Bir narsa juda qiyin biz darslarda o‘tgan narsalar juda o‘quvchilar qiyinchilik tug‘diradi.Shuning uchun mashqlar engilroq va real hayotda qo‘llay oladigan bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.
Имя Цитировать 0
0
Mirzayev Behzodjon Farg'ona viloyati Furqat tumani 16 maktab o'qituvchisi
Assalomu alaykum. Avvalo hozirgi kunda ta'limga qaratilayotgan e'tibor ancha kuchaydi. Bundan juda hursandmiz. Meni takliflarim har bir chet tili o'qituvchisiga imkon qadar notebook, proyektor bilan ta'minlansa. Va hech bolmasa oyda bir yoki chorakda ikki marta chet ellik inglizzabon insonlar bilan uchrashuv tashkillansa. Bu oquvchilarga yangilik, gapirishga qiziqishini orttiradi. Yana bir taklif 11 sinf o'quvchilariga repititorda o'tilayotgan kabi oliy o'quv yurtiga tayyorgarlik ko'rish yani grammatikani kuchaytirib o'qitish kabi masalalarni ko'rib chiqilsa yaxshi bo'lardi. Harxolda o'quvchilarni oliy oquv yurtiga kirishiga yordam bolardi, repititorga pul tolagandan ko'ra.
Имя Цитировать 0
0
Urinbayeva Dilnoza Sherali qizi
Chet el Davlat maktablari bilan do'stona aloqa o'rnatib, o'quvchilarI morning ma'lum bir muddatga chet el Davlat maktablariga ta'lim olish uchun yuborish kerak! Hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun barcha chora-tadbirlar ko'rilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi!
Имя Цитировать 0
0
Pulatov Dilmurod, Quvasoy sh, Polmon 10-maktab
Assalomu alaykum, hamkasblar.  Xorijiy tillarga hozirda berilayotgan imkoniyatlar juda ko‘p.  Bunday imkoniyatlar faqat o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun juda ham foydalidir. Meni o‘ylashimcha,  hozirda o‘quvchilarga darslik masalasida xorijiy til darsliklariga o‘xshash qo‘llanmalar tashkillansa yaxshi bo'lardi.  Masalan,  Headway yoki gateway kabi darsliklarda bo‘lgani kabi "Teacher's book,  Textbook,  Workbook va testbook" lar faqat o‘quvchilarga til o‘rganishda katta rol o‘ynardi.  Bu meni fikrim.
Имя Цитировать 0
0
Sarvinoz Qurbonova Farg'ona viloyati Bag'dod tumani 30 maktab
Assalomu alaykum. Xorijiy tillarni o'qitishda judayam katta  kuch va e'tibor kerak bo'ladi. Agar biz o'qituvchilardan IELTS va CEFR levellari talab  qilinar ekan buning uchun birinchi o'rinda  darsliklarimizni barchasini  shunga moslashtirishimiz kerak. Yani boshlang'ich sinflardanoq IELTS va CEFR yo'nalishlarida ta'lim berishni boshlashimiz zarur. Demak darsliklarimizni barchasi qaytadan ko'rib chiqilishi zarur . Shunda nafaqat o'qituvchilar balki o'quvchilarimiz ham bu darajani egallaydi .  Bizda bu bo'yicha yangi qarorlar chiqmasidan oldin faqat  grammatika bo'yicha oliygohlarni bitirgan mutahassislar yetarlicha. Ularda IELTS yoki CEFR ga tayyorlanib bu darajani olish uchun sharoitlar har hil. Bazilarda imkoniyat bor, bazilarda esa yo'q.  Maktabdanoq shu yo'nalishlarda ta'lim berilsa o'qituvchi o'quvchiga ta'lim berish mobaynida ham bu ko'nikmani hosil qiladi va albatta IELTS yoki CEFR darajalarini olish ular uchun muammo bo'lmay qoladi.Agar fikrlarimizni inobatga olsalaringiz judayam mamnun bo'lardik.
Имя Цитировать 0
0
Ortiqova Madinaxon Asqaraliyevna
Maktablarda xorijiy til uqitilishi uchun bugungi kunda talab  juda  katta.Lingafon xonalari tashkillansa maqsadga muvofiq bulardi .Bu orqali uquvchilarni ham ggapirish kunikmasini, ham eshitish kunikmasini hosil qilishimiz mumkin
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 3 4 5 6 7 ... 30 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений