Хорижий тил саводхонлигини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 ... 5 6 7 8 9 ... 30 След.
0
Isaqova Zilola Murodjonovna Farĝona viloyati O'zbekiston tumani
Chet tilini o'qitishda kichik guruhlarda ishlash samarali natija beradi.Sinfdagi o'quvchilar soni 25 nafarga yetmagan sinflar bo'lmay o'qitilishi belgilab qo'yilgan.Qishloq joylarda deyarli barcha sinf o'quvchilari soni 25 nafarga bormaydi va bo'linmay o'qitiladi.Fikrimcha shuni hech bo'lmaganda 20 nafarga kamaytirish zarur deb o'ylayman
Имя Цитировать 0
0
G'ofurova Maftuna
Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan ayrim mavzular o'quvchilar uchun hali ona tilidan ham notanish. Shuning uchun o'quvchilar mavzuni tushunib mashqlarni bajarishga qiynalishmoqda. Boshlang'ich sinfda o'tiladigan mavzularni (gramatik mavzularni)qayta ko'rib chiqish kerak deb o'ylayman.
Имя Цитировать 0
0
Shamsiddinova Gullola
Chet tilini oqitishda mavzular koproq grammatikaga oid bulsa darslar yanada samaraliroq bular edi, shuningdek zamonaviy zihozlar bulishi lozim deb o'ylayman
Имя Цитировать 0
0
To'ychiyev Akramjon Anvarovich Farg'ona viloyati Furqat tumani
Assalomu alaykum.Hammamizga yahshi ma'lumki maktablarda turli hil bilimdagi o'quvchilar bor va Ingliz tiliga bo'lgan qiziqishlari ham turlicha.Aytmoqchi bo'lganim darsliklardagi mavzular bo'yicha aniq bo'lgan 2 yoki uchta mashqlar bo'lsa va grammatikaga ham ko'proq e'tibor berilsa foydali bo'lar edi chunki gap tuzish,mavzuga oid erkin fikr bildirish uchun grammatikani muhim deb o'ylayman.
Имя Цитировать 0
0
Muminova Yulduzxon Farg'ona, Quvasoy, 5-maktabGuest
Malaka oshirish tizimini o'zgartirish kerak.Ingliz tilini xorijiy til sifatida o'qitilayotgan davlatlar metodikasini amaliy o'rganish kk. MDH davlatlari , Malayziya, Hindiston davlatlari ta'lim usul va uslublarini o'rganishda tajriba almashish yaxshi natija beradi deb o'ylayman.
Maktablarga darsliklar va metodik qo'llanmalar vaqtida yetkazib betilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Eli John Bulakbashi school 21
Darsliklar borasida fikrim ijobiy darajaga ozgina yetmaydi. Reallik mavjud emas. O'rta sinflar, ayniqsa 9 sinf darsliklarida hali ayrim tashkilotlar ega bolmagan jihozlar mavzulari keltirilgan. Internet mavzulari, CV haqida yoritilgan qismlar (10-sinf) o'quvchi uchun yetarli darajada reallikka ega emas. Bunga maktablarda internet va xona jixozlari kamligi tasir qilmoqda. CV ni mustaqil yozib organilsa maqsadga muvofiq. 9 sinf darsligini bir qator korib chiqish kerak deb oylayman. Yuqorida aytilgan audiolar togrisidagi fikrlarga qoshilaman. Audiolar ayriimlari sifatsiz. Bu borada ham ishlash kerak. Fikrlarim biror narsani ozgartiradi deb oylashga hayronman.
Имя Цитировать 0
0
XGuest
Darsliklarni tubdan o'zgartirish kerak, chunki oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariga umuman darslikdan savol tushmaydi. Yana 5,6,7,8- sinflarga yangi kids English kitobi berilgan lekin haligacha ularni workbooki berilmagan.
Имя Цитировать 0
0
Xusanova Zubayda
Darsliklarni tubdan o'zgartirish kerak, chunki oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariga umuman darslikdan savol tushmaydi. Yana 5,6,7,8- sinflarga yangi kids English kitobi berilgan lekin haligacha ularni workbooki berilmagan.
Имя Цитировать 0
0
Saidova Nilufar Aslamovna Samarqand viloyati Jomboy tuman 40-IDUM
       Assalomu alaykum. Yuqorida konsepsiya loyihasi bilan tanishib chiqdim. Undagi aytib o'tilgan kamchiliklar asosli va bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir qator takliflarni berib o'tsam.
       Birinchidan, darsliklarda grammatikaga oid qoidalar, yordamchi kalitlar, o'ziga xosliklar to'g'risida batafsil ma'lumotlar kiritilsa o'quvchi uyida ham mustaqil takrorlab olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari o'rganilgan materialni amalda qo'llay olishi uchun kreativ tahlil qilish imkonini beruvchi mashqlar ko'proq berilishi lozim. Grammatikaga urg'u berishimga sabab OTM larga kirish imtihonlarida asosiy e'tibor grammatikaga qaratilgan.
       Ikkinchidan, 10-11 sinf darsliklarida leksika yaxshi berilgan. Xuddi shunday tartibni quyi sinflar (4-9 sinflar) da ham berib borilsa yaxshi bo'lar edi.
      Uchinchidan, yuqori sinf o'quvchilarining aksariyati chet tilida insho yozishda ancha qiynalishadi shuning uchun 9-sinfdan boshlab chet tilini o'qitish uchun ajratilgan haftalik uch soat darsning bir soati writingga ajratilsa va bu darslarda o'quvchilar xat va insho turlari, ularning yozilish tartibi va qonun-qoidalari bilan tanishtirilib borilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Irodaxon Usmonova
Chet tili o'qituvchilarini o'z ustida ishlashlari uchun, o'zbilimlarini sinash uchun COUSERA kabi onlayn kurslar ko'plab tashkillashtirilishini hohlardim, men ham ushbu kurslarda o'qib bir nechta sertifikatlarga ega bo'lib o'z bilimlarimni oshirdim. Yana o'quvchilar uchun xalqaro tanlovlarga o'xshash tavlovlar mamlakatimiz miqiyosida ko'plab o'tkazish taklifini bildiraman.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 5 6 7 8 9 ... 30 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений