QodirovaFeruza
|
Chet tili fanlarida nafaqat Kompyuter dasturlari shu bilan birga og'zaki nutqini o'stirish va so'z boyligini ham ko'paytirish lozim . Buning uchun o'quvchi rasm tasvirlash va fikrni bayon qila olishi kerak.
Nemis tili darsliklari biroz yetishmaydi. Darslik o'quvchi uchun eng kerakli bilimni beradi. Darslik bo'lsa o'quvchi mustaqil ishlaydi. Respublika miqyosida bir xillikka erishishimiz uchun Nazorat kitobchalari va Qoshimcha kichik o'qish kitoblari bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi.Masalan avvalari nemis tili fanidan " Lesebuch" degab kichikkina kitobcha bo'lgan.O'quvchilar uchun kutubxonalarda Lug'at kitoblar umuman yo'q. Chet tili fani uchun bu eng zarur narsadir. Hurmat bilan Feruza Qodirova Andijondan Buloqboshi tumani 8-umumta'lim maktabi. |
Hasanboy Tugalov
|
Assalomualaykum hurmatli ta'lim fidoiylari! Zamonaviy dasturlar asosida darslarni tashkillashtirish va darslarda zamonaviy metodlardan foydalanish bugungi zamonning eng muhim talablaridan ammo, olis qishloqlarda chet tili xonalariga kerakli; lingafon, manitor va kompyuterlar bilan jihozlansa biz qishloq o'qituvchilari ham qishloq yoshlariga zamonaviy media darslar orqali dars o'tishni hohlardik. PISA, PIRLS baholash dasturida ishtirok etish uchun ham barcha maktablarda sharoitlar ta'minlansa o'qituvchilar malaka oshirish kurslari va metod birlashma yig'ilishlarida yoki har-xil simenarlardagi o'rganayotgan metod va uslublarni darslarimizda qo'llash samaradorligi oshardi.
|
Ixlos Xo'jamov
|
Chet tili fani o'qituvchilarning halqaro sertifikatlarga (IELTS CEFR TOEFL va hok) bo'lganlarni oylik maoshlariga 100% ustama qo'shib berish kerak.Ana o'shandan keyin o'xini ustiga ishlaydi.
|
Guest
|
||
| ||
DILSHOD RUSTAMOV.Yakkabog',29-maktab
|
Mamlakatimizda chet tillarini rivojlantirishda eng asosiy omillardan biri bu-horijiy davlatlarda o'qituvchilarimizni malakasini oshirish,va metod almashishdir deb o'ylayman
|
Maqsuda Haydarova.Yakkabog',29-maktab
|
Maktablarimizda chet tillarini o'qitishda RAQAMLI TV,Internet tarmoqlari ni kuchaytirish ,va malakali o'qituvchilarni ko'paytirish lozim.Bundan tashqari sinflarda o'quvhilar soni juda ko'pligini qisqartirilsa ,dars stavkalari 14-16 soat qilib belgilansa yanada ya[shiroq bo'lar edi
|
Otabek
|
Assalom-u alaykum, yaxshi fikrlar bo'libdi. Men fikr bildirishga ojizman va xohishimam yo'q. Chunki 2 yilda sallani ol desa kallani oladigan ayrim kimsalarni deb ishsizga aylanaman. Fransuz tili darsi yo'qolib ketayapti. Shu uchun o'zlaring ko'rovringlar.
|
Norxodjayeva Malika
|
Bugungi kunda ingliz tili borgan sari rivojlanib birmiqda. Ingliz tili o'qituvchisi sifatida shuni aytishim mumkinki, ba'zi sinf darsliklari eskiligicha qolib ketmoqda. Masalan 9- sinf darsligi. Undagi ma'lumot qiziqarli bo'lsada listening darslari chalkash va kitob biroz zerikarlidir. Shu bilan birga 7- sinf va 8- sinf darligi juda qiziqarli ishlab chiqilgan va zamon talablariga to'la mis keladi. 5- sinf darsligining ustki dizayni haqida ham bosh qotirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
|
Abdimurodova Gulruxsor Mirzacho'l tumani 6-maktab
|
Assalom alekum ta'lim fidoyilari va hurmatli loyiha ma'sullari! Ingliz tili boshqa davlat tili bo'lganligi sababli bazi o'quvchilar barcha ko'nikmalarni ya'ni, yozish, o'qish, so'zlash va tinglab tushunish kabi ko'nikmalarni to'liq o'rganishda muammolarga duch keladi. Bu muommolarni bartaraf etish uchun barcha vositalar bilan to'liq jihozlangan, lingafon ya'ni eshitish moslamalari mavjud xonalar samarali yordam beradi. Bunday xonalar chekka va olis qishloq hududlarda ham bo'lsa yaxshi bo'lardi. Yangi chop etilgan barcha darsliklarda kamchiliklar yo'q va juda yaxshi ishlanga. 9-10-11-sinf darsliklar bilan kengroq ishlansa yaxshi bo'lardi. 10-11-sinf darsliklar grammatik ma'lumotlar uchun qo'llanma, lug'atlar mavjud emasligi o'quvchilarga qiyinchilik tug'diradi. 9-sinf darsliklarida esa sodda mavzular ham 2 soatlik berilgan ammo grammatik mavzular uchun joy ajratilmagan. Agar shu kamchiliklar bartaraf etilsa yaxshi bo'lardi deb o'ylayman
|
Lehrer aus Samarkand
|
Assalomu alaykum! Xammamizga ma'lumki hozirgi kunda chet tili deganda hammada faqat ingliz tili degan tushuncha paydo bo'lib qoldi. Bunga sabab maktablarda nemis va boshqa tillarning o'ta darjada qisqarib ketishi. Nemis va boshqa tillar e'tobrdan chetda qolmoqda. Shxasan men yashaydigan hududda 100 % maktab ingliz tiliga aylantirilgan(Samarqand, Kattaqo'rg'on sh. ). Bir necha jonkuyar o'qituvchilarinig nemis va boshqa tillarga ham e'tibor qaratilishini so'rab OAVda qilgan chiqishlariga ham hech kim e'tibor qaratmayapti. So'ngi yillarda Germaniya bilan aloqalar ham mustahkamlanib bormoqda. Nemis tili imkoniyatlari ingliz tilidan ham kam emas. Bu borada bir qancha fakt va aniq dalillar bilan maqolar juda ko'p. Kimdir nemis tilga ham e'tibor berib, Goethe-Institut bilan hamkorlikni kuchaytirsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Goethe-Institut bu borda yordami ayamaydi. Nafaqat metodik, didaktik va moddiy jihatdan, balki malaka oshirish sohasida ham. Mana bir necha yildirku Goethe-Institut har yili ber necha nemis tili o'qituvchilarini Germaniyda malaka oshirib keliahiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
Ahir Jahonga yo'l faqat ingiliz tili emasku. |