Nuriddin
|
Albatta jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida huquq darslarini sifatli o'tish maqsadida zamonaviy texnologiyalar bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Huquqiy masalar yuzasidan kitobga yozish emas video rolik asosida korsatish o'quvchilarga tushunarli va hayotiy bo'lar edi.
|
Самандар
|
Ушбу концепцияни ишлаб чиқиш бугунги куннинг долзарб муаммоси сабаби таълим босқичларида узвийлик мавжуд эмас эди. Концепцияни ҳаётга тадбиқ этишда барча таълим турида фаолият олиб бораётган малакали мутахассисларни жалб қилган ҳолда ишлаб чиқиш ёки қайта кўриб чиқиш мақсадга мувофиқ. Сабаби ҳар бир таълим турида фолият олиб бораётган ҳуқуқ таълими билан шуғилланувчи педагоггина муаммо ва камчиликларни англаб етади.
Шунингдек, ҳуқуқ таълими бериш жараёнида бевосита амалиёт билан боғлаган ҳолда ўқув жараёнларини олиб бориш мақсадга мувофиқ. Шу сабабли дарс соатларига бевосита соҳа вакилларини таклиф этиш уларнинг ҳуқуқий жараёнлардаги амалий фаолияти билан таълим олувчиларни таништириш ижобий натижа беради.ТДИ Жиззах вилоят бўлими бош мутахассиси С.Музаффаров |
Qahramon
|
Har qanday shakillanayotgan huquqiy demokratik jamiyatda malakali huquqshunoslarga bòlgan talab yuqori bòladi. Bunga rivojlangan davlatlar tarixi guvox. Doim òrta sinf vakillari bòlgan malakali ishchilarning ichida huquqshunoslar jamiyatdagi ahamiyati yuqori bòlgan. Ular huquqiy jamiyatning asosi xisoblangan huquqiy madaniyatli shaxsning tarbiyachisi ekanligini unutmaslik k.k. Shunday ekan jamiyatga huquqshunoslarni yetkazib berish hajmini va sifatini yaxshilash k.k. Albatta buning uchun yoshlarni maktab davridan bu kasbga qiziqtirish k.k.
Bugungi kunda umumta'lim maktablarida huquq fanlarining òtilish hajmi ham sifati ham yoshlarda qiziqish uyģonishi uchun yetarli emas. Ular yuqori sinfda endi qiziqib, tushunib, huquq olamiga kirish arafasida maktabni tamomlaydi. Shuning u.n fanni tizimli quyi sinflardan soxalar bòyicha òqitish zarur. Bundan tashqari yetuk huquqshunoslar yordamida darsliklarning media materiallarini yaratish k.k. Òquvchilarni qiziqtirish u.n organlar tizimi b.n hamkorlikda amaliy darslalarni tashkil qilish zarur. Davlat organlari tizimidagi xodimlarning yillik ish rejasiga maktab òquvchilari b.n jonli muloqat qilish, yoshlarga organ faoliyati va ish jarayoni haqida qisqacha ma'lumotlar berish tizimini yaratish k.k. |
Nodirbek Axatov
|
Salom shu paytgacha boshqa so'rovnomalarda ham qadnashdim lekin biron natija yo'q shu qatori mana bugun ham yana qiziqqonligim sabab qatnashyapman shoyatki huquq faniga nisbatan e'tibor bo'lsa.Huquq fani soatlari ko'proq va sifatliroq bo'lsa buni men dars soatlarim ko'payishi uchun yozmayapman sababi jamiyatimizning barcha soxalariga murojat qiladigan bo'lsak huquqga qonunga ro'baro' bo'lamiz shunday ekan huquq fani soatlarini ko'paytiring va darslikni islox qiling.
|
Dilshunos
|
Maktablarda huquq fanidan darslarni kõpaytirish huquqiy madaniyatni oshihsiga yanada yoedam bergan bõlar edi.11 va 10 sinflarda mavzularga masalalar berilsa va yechimi kõrsatilsa yaxshi bõlar edi .
|
GuestIroda Yusupova
|
Darhaqiqat bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni o‘quvchilar ongida shakllantirishimiz va hayotga tadbiq etishimiz kerak. Darslar faqat nazariyaga asoslanmay, amaliyotda yuqori sinflar uchun IIB ga, Prokuratura, Advokatura, FHDYO idoralariga, sudlar faoliyati bilan tanishtirish maqsadida sayohatlar tashkil etishni taklif beraman.
|
Rajabov Qahramon
|
Huquq dsrf fani darsliklari ichida ancha murakkab tuzilgani 10-11 sinf darsliklaridir. ushbu fanlarda amaliy mashg'ulotlarni va yuridik shaxslar bilan uchrashuv uchun ko'proq dars soati ajratish kerak. Shiundagina o'quvchida huquqiy madaniyat shakllanadi. Protsesual huquqni bilish uchun esa sud jarayonlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir.
|
Halima Jabborova 49 maktab
|
Assalomu alaykum.Men huquq fani o'qituvchisiman.taklifim shundan iboratki,qaysi fan bo'lishidan qat'iy nazar diplom mutaxasisligi bo'yicha dars taqsimlansin.Huquq ,tarbiya fanlari ona tili ,tarix,boshlang'ich ta'lim o'qituvchilariga (mutaxasis bo'la turib) berildi.Ularga o'tish mumkin bo'lgani uchun.huquq o'qituvchisiga esa yarim soat ham bu fanlarni o'tish mumkin emas.dars kamligi sababli(10 7 8soat)maktabda mutaxasis huquq o'qituvchilar qolmayapti.Avvolo OTMga huquq blokini kirgizish kerak.O'qishga kirayotguncha tarix ona tili chet tili blokida kirganmiz.ertaga letsinziya uchun ham tarix yoki ona tilidan testga kirarkanmiz.nega mutaxasislikdan emas.??O'Z HUQUQLARINI BILMAGAN YOKI BUZILAYOTGANINI KO'RIB turgan huquq o'qituvchisi o'quvchiga qanday "huquq" o'rgatsin.Davlat va huquq asoslar fani 5sinfdan boshlab o'tilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.ayrim o'quvchilar huquqqa kirish uchun ham tarix kerak ekan deb tarixga tayyorlanishadi.Shuning uchun huquqiy bilimlar yetarli emas.
|
Guest
|
Жамиятда хуқуқий онг ва хуқуқий маданиятни ошириш учун ёшларга шу йўналиш бўйича бошланғич таълимни 5 синфдан бошлаш зарур. 9 синфдан эса дарс соатини кўпайтириш керак чунки мавзулар мураккаб бўлиб боради. Шу фан бўйича мутахассисларни кўпайтириш зарур.
|
Bahodir Isaqov
|
Assalomu aleykum avvalo bu meni fikrim huquq fanini o'quvchilarga 4-5 sinflardan dars soatlarini ko'paytirilgan holda boshlash kerak. Shuningdek yuqori sinflar uchun qo'shimcha amaliy darslar qo'shilishi shart deb bilaman fikrimcha.
|