Ҳуқуқ таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 ... 8 След.
0
Obidjon
Assalomu aleykum! 2019 yil 9 yanvar "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Prezident Farmonining 6 bandida "Umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlari koʻlamini yanada kengaytirish" masalasi ilgari surilgan. Shunga qaramay maktablarda Davlat va huquq asoslari fani maktablarda kam soat o'tiladi. O'tgan yili maktablarda variantiv sinflar(ma'lum bir yo'nalishga ixtisoslashgan) ochildi. Ushbu sinflarda o'tiladigan majburiy fanlar ichida Huquq fani yo'q. Nega? Nega Ijtimoiy fanga ixtisoslashgan yo'nalishda matematika, kimyo bor. Lekin Huquq yo'q. Prezidentimizning yuqorida keltirilgan farmonini bajarishgaku bajarilmadi. Bor darsni ham olib tashlangan ushbu sinflardan. Farmon chiqqaniga 2 yil bo'ldi. Biz uni teskarisini bajarmoqdamiz. Huquqqa oid fanlarni ko'paytirilsin deyilgan. Biz bor 1 soatni ham olib tashlamoqdamiz.
   Takliflarim:
1. Huquq fani dars soatini kamida 2-3 soatga ko'paytirish;
2. Darsliklarda kundalik hayotda har kuni uchraydigan  huquqiy munosabatlar bilan bog'liq amaliy mashg'ulotlarni ko'paytirish;
3. Voyaga yetmaganlarning oiladagi, ta'lim muassasasidagi, jamoat joylarida, jamoat transportlaridagi va hk huquqlari haqida mavzularni ko'paytirish;
4. Huquq fanini OTM ga kirish uchun fanlar blogiga qo'shish(Hech bo'lmasa Yuridik yo'nalishlarga);
5. Davlat va huquq asoslari fanini umumta'lim maktablarida o'tkaziladigan Olimpiada fanlari qatoriga qayta qo'shish.
Имя Цитировать 0
0
Ahatov Shahboz
Assalomu alaykum.  Maktablarda huquq fanlarini kichik sinflardan o'qitishni boshlash kk. Huquq fanini DTMga kiritish kk. Chunki huquq yunalishlariga abituriyentlar tarix fanini o'qib kirishadi.
Имя Цитировать 0
0
Qashqadaryo viloyati.Shaxrisabz tuman 15 maktab. Turdiyev Muxlisjon Toshnazarovich.
Huquqshunoslik fanini rivojlantirish uchun, avvolo
1. DTM tominidan fanlar blokiga qo‘shilib yuridik ta‘limga moslashtirilgan OTMda imtixon olinsa, huquqshunoslik faniga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi.
2. Fanga nisbatan Vazirlik tomonidan mavzuga mos multimedia va slaydlar yaratilsa, o‘quvchilarda ko‘nikma xosil bo‘ladi.
3. 11 sinf darsligi o‘quvchilar uchun murakkab tuzilgan. Haqiqiy huquqshunos mutaxasis tushuntirib bermasa boshqa soxa mutaxasisi tushuntira olmaydi. (Maktablarda mutaxasis bo‘lmaganda Tarix va boshqa mutaxasislar Huquqshunoslik fanidan dars o‘tib kelishmoqda)
Takliflar inobatga olinsa, Huquqshunoslik fani ham hozirgi davr talabiga javob bera oladi deb o‘ylayman.
Имя Цитировать 0
0
Qashqadaryo viloyati qarwi tumani 4- To'layeva
Цитата
Assalomu alekum mani fikrimch huquq fanini kupaytiriw maqsadga muofiq bulardi .45mint darsda uquvchlarga mavzu juda murakkab haftada bir marta bulganligi sababli uquvcholarni huquqiy savodxonligi pastligicha qolib ketyapti.Keyin OTM imtihonlariga ham huquqni kiritiwsa uquvchilarda qiziqiw uygongan bulardi.
Имя Цитировать 0
0
Насибахон Раҳмонова
Ўзбекистон ҳуқуқий давлат йўлини танлагани барчамизга маълум. Ҳуқуқий давлатнинг энг муҳим шартларидан бири аҳоли ҳуқуқий саводхонлиги ва маданиятининг ортиб бориши билан характерланади. Ҳуқуқ дарслари хажмини ортириш зарурий чора деб ўйлайман. Ҳуқуқ дарсларида маъмурий, жиноий жавобгарлик, жазо турлари ҳақидаги мавзуларга алоҳида эътибор берган ҳолда амалий машғулотлар ва таъсирчан методлардан фойдаланиш керак.
Имя Цитировать 0
0
Andijon viloyati Buloqboshi tumani 20-maktab huquq fani o'qituvchisi Zoirov Eldor
Assalomu alekum bu masala bo'yich mening fikrim quydagicha fuqarolarni huquqiy bilimlarini oshirish uchun ta'lim tizimida yani maktablarda huquq darslarini ko'paytirsak mahsatga muofiq bo'lardi
Имя Цитировать 0
0
Mamatov Botir
Maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan 8-11-sinflardagi huquq fanidagi baʼzi mavzular mazmun-mohiyati , oʻquvchi uchun (kezi kelganda oʻqituvchi uchun ham) tushuncha qabul qilish jihatidan murakkabroq ishlangan.  Misol tariqasida : 8-sinf darsligi boʻyicha shaxsiy fikrimni ifodalaydigan boʻlsam 3-bobdagi ijro etuvchi hokimiyat organlari mavzusining oxirgi qismi, sud tizimi mavzusi, 4-bobdagi huquq sohalari mavzusining oxirgi qismi, 5-bobdagi mavzular ( bu bobdagi har bir mavzu aynan 8-sinf oʻquvchisi uchun qiyinchilik qiladi) 6-bobdagi jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari kabi mavzular nisbatan murakkab. Shu mavzularni imkoni boʻlsa biroz soddalashtirib aynan 8-sinf oʻquvchisining yosh xususiyatiga moslashtirish kerak . Keyinchalik 9-10-11-sinf darsliklaridagi mavzular yuzasidan ham fikr-mulohaza, takliflarim bor.
Имя Цитировать 0
0
Allanazarova Shahzoda 6- maktab huquq fani o'qituvchisi
Assalomu alekum. Huquq fani o'quvchilar uchun kerakli fan. Shunday ekan ushbu fanni yaxshiroq o'zlashtirish uchun huquqshunoslik fani tarixi haqida to'liqroq ma'lumotga ega bo'lishlari kerak. 8-sinf darsligining dastlabki mavzularida huquqshunoslik tarixi mavzusi qo'yilsa yaxshi bo'lardi. Shuningdek 5-sinfdan boshlab huquq fani alohida dars sifatida o'tilishi kerak. Shundagina  o'quvchilarning huquqiy bilimlari huquq faniga qiziqishlari yuqori darajada bo'ladi.
Имя Цитировать 0
0
Yodgor Xoliqov
Assalomu alaykum. Men  Tarbiya va  huquq fani o'qituvchisiman. Butun dunyo talim tizimida Huquq fani eng yuqori reyting kursatkichda. Huquq fani eng asosiy fan sifatida o'tiladi. Bizda esa aksi. Jamiyatda xalqni ongini ustirish uchun , uzini haq huquqini talab qilish uchun uni huquqiy savodxonligini oshirish kerak. Xullas Maktablarda huquq dars soatlari juda Kam. Huquq darslarini 7 sinfdan boshlash kerak. Haftasiga 1 soatdan. 8 sinfdan to 11 sinfgacha haftasiga 2 soatdan tashkil etish kerak. 10 va 11 sinflarda  amaliy darslarini tashkil etish lozom . Prakuratura,. Sud organlarida amaliy darslarini tashkil etish kerak
Имя Цитировать 0
0
Yangiboyev Ilyos Boltayevich
Ta'limda samara bo'lishi uchun, avvalo, o'qituvchi o'z faniga qiziqishi, undan qoniqishi, haqiqiy mutaxassisi bo'lishi lozim. Aksariyat maktablarda Tarbiya va huquq fanlarining umumiy soati bir stavkaga yetmaydi. Bir stavka dars olish uchun ikkita maktabga ishlashga to'g'ri keladi.Ushbu fan o'qituvchilari dars soati kam bo'lishiga qaramasdan Tarbiya va Huquq fanlaridan alohida malaka oshiradi, alohida attestatsiyadan o'tichi talab etiladi.Natijada toifa olish uchun ko'p yillar kerak bo'ladi. Ustama tayinlash Mezoni talablariga ko'ra har biridan alohida hujjat talab etiladi, qancha harakat qilmasin bu fan o'qituvchilari ustama olish uchun yetarli bal to'play olmaydi, u oliy toifali bo'lsa ham. Bu muammolar ushbu fan mutaxassislarini boshqa ish bilan shug'ullanishga, maktablarda haqiqiy mutaxassislarning kamayishiga olib kelmoqda.   Ushbu muammolar maktablar kesimida o'ganilishi, Tarbiya va huquq fanlaridan UMUMIY MALAKA OSHIRISH hamda  YAGONA ATTESTATSIYA SINOVI joriy etilishi lozim deb hisoblayman. Bu ushbu fan o'qituvchilarini o'z fanini yanada sevishiga,  shuningdek, ta'lim samaradorligiga sezilarli ta'sir o'tkazishi shubhasiz.
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 ... 8 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений