Ҳуқуқ таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 ... 8 След.
0
F. Ahatov
Assalomu alaykum maktabda Milliy g‘oya fanini tarbiya faniga aylantirish qanchalik darajada bugungi yoshlarimiz hayotida ahamiyat kasb etishi mumkinligi muhim, faqatgina fan nomi o‘zgarganligini ko‘rish emas o‘quvchilarni huquqiy savodxonligini oshirish, ona vatanga sadoqat ro‘hida tarbiyalashda o‘z o‘rnida muhim fan sfatida ko‘rish, boshqa fanlarni puxta o‘zlashtirishga sabab bo‘lishi mumkinligini bilish muhim.
Ta'limni tarbiyadan ayro tasavvur qilib bo‘lmasligini anglash lozim.
 Shunday ekan Tarbiya fanini huquq fani bilan uyg‘unlikda keng doirada o‘qitilishi insonning axloqiy fazilatlarini boy etib borishga sabab bo‘ladi.
 Taklif: Mutaxasislarimiz yetarliligini inobatga olgan holda dars soatlarini 1-soat o‘rnida 1.5-2-soat o‘qitilsa o‘quvchilar tarbiyasida muhim ahamiyatli fan sifatida xizmat qilinar edi.
Имя Цитировать 0
0
Ситора Наимова
Ҳурматли масуллар, жуда қадимдан то ҳозирга қадар ўзининг муҳимлиги ва жозибадорлигини сақлаб келаётган ҳуқуқшунослик касбига ҳозирги кунда ҳам жамиятда эҳтиёж юқори. Айни пайтда юқори синф зқувчилари ҳуқуқшунослик, ҳуқуқ таълими фанларига қизиқишлари кучли бўлсада, олийгоҳга кириш имтиҳонлари блокида ушбу фан йўқлиги сабаб ўқувчилар ушбу фан билан индивидуал шуғулланишларига тусқинлик қилмоқда. Тажриба сифатида олий таълимга кириш имтиҳонларига ҳуқуқ фанини жорий қилишларингизни таклиф қилган бўлардим. Илтимос кўпчилик ушбу фан ўқитувчиларининг фикрини инобатга олинглар. Ажратилган дарс  соатлари ҳам жуда кам.  10-11 синф учун дарс соатларини кўпацтириш керак деб ўйлайман.
Имя Цитировать 0
0
Jobborov Dostonbek
Andijon viloyati Paxtaobod tumani 8-maktab.
Asalomu alaykum MIG' va huquq fani oqituvchisiman
Jamiyatda fuqorolarni huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha  davlat rahbarini  qator takliflari bor shuning uchun ham umumta'lim maktablarda huquq fanini yanada takomilashtirish sinflarda huquq fanini soatlarini oshirish mumkun bo'lsa 5- sinfdan Huquq fani o'tilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi
Имя Цитировать 0
0
Muzaffarov Akmal
Huquq fanidan slayd va videofilmlar ko'proq ishlab chiqilsa yahshi bo'lardi yuqorida juda o'rinli takliflar bo'ldi.Huquq fanini 6-7 sinflardan boshlab o'qitish kerak qolaversa ko'proq amaliy mashg'ulot o'tkazsa yahshi bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Haydarova Lobar
Hozirgi kunda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ham keng ko'lamda olib borilmoqda. Ushbu konsepsiyada berilgan talab va takliflar, amalga oshirilishi rejalashtirilgan fikrlar barchasi maqsadga mubofiq. Huquqiy madaniyatni rivojlantirishda huquqiy ta'lim va tarbiyani tizimli va uzviy bog'liqlikda olib borish lozim. Amaliy darslarni ko'paytirish ham muhim hisoblanadi. Oliy ta'limning huquqshunoslik yo'nalishlariga huquq fanidan imtixonlar kiritilsa yanayam yaxshiroq bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Dilnoza 34
Huquq fani jamiyatda yashaydigan har bir fuqaro uchun juda muhim. Loyihani qo'llab quvvat layman. Sababli  hozirgi  davrda o'z huquqlarini bilmay turli vaziyatlarga tushib qolayotganlar ko'p. Lekin maktabda berilgan dars soat kam. Bu bilan natijaga erishish juda qiyin.
Имя Цитировать 0
0
Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani XTB ga qarashli 11- maktabi huquq fan o'qituvchisi Abdukarimova Shoxida
Assalomu alaykum. Ustozlar. Bu loyhani men qolayman mmaktablarda huquq darslarini 5-6-7 sinflardan bashlash kerak deb o'ylayman chunki o'quvchilarga tushuntirish oson bo'ladi.Maktablarda huquq fani haftasiga 2 soat bo'lishi kerak deb o'ylayman chunki hozirgi kinda o'quvchilarni huquqi savodhonligini oshirish kerak.
Имя Цитировать 0
0
Quchkarov Baxritdin
Konsepsiya talab darajasida emas yuqoridagilar yaxshilab ko'rib chiqishsin
Имя Цитировать 0
0
Erkayev Zufar
Maktablarda davlat va xuquq asoslari fanini 6-7 sinflardan boshlasa maqsadga muvofiq deb o`ylayman chunki bola birinchi navbatda o`z xaq xuquqini ertaroq anglab yetsa, ikkinchidan ota -onalarni ham bola tarbiyasi haqida qonun xujjatlarini kiritsa o`sib kelayotgan yosh avlod kelajakda qonunbuzarliklarni sodir etmaydi, yuqori sinflarda ko`proq amaliy mashg`ulotlar o`tkazilsa masalan: sud jarayoni, nizolarni xal qilish, soroq qilish voyaga yetmaganlar ishlari vaxokazo kiritilsa yahshi bo`lardi.
Имя Цитировать 0
0
Jumaqulova Shahnoza
Mening fikrimcha oliy ta'limga kirishda huquq fanidan testest savollari kiritilishi kerak, xatto huquq yo'nalishlarida ham huquq fanidan savollari DTM bazasiga kiritilmagan he h bo'lmasa 15 ta tarix, 15-ta huquq fanidan savollari kiritilishi kerak deb o'ylayman.Shu bilan birgalikda huquq fani 1-sinfdan o'rgatilishi kerak, darslar tarkibida emas alohida negaki Dekartning fikri bo'yicha "Aqlli bo'lish kamlik qiladi,uni ishlata bilish kerak" Aynan huquq fani falsafa bilan birgalikda aqlni ishlata bilishni o'rgatadi deb hisoblayman
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 6 ... 8 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений