Хорижий тил саводхонлигини ривожлантириш тизими

Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

08.01.2021


Страницы: 1 2 3 4 5 След.
0
Барно
Ассалому алейкум ,менимча умумий у́рта таьлимнинг миллий у́кув дастурида дарсликлар мухим роль у́йнайди , институтга киришлари учун фуфундаментни тайёрлаб боришимиз учун уларга купрок грамматика ва тест ечишни режага киритишимиз зарур .
Имя Цитировать 0
0
Khudjaev
Iltimos qaysi til bo’lishidan qatiiy nazar barchasiga birdek qaranglar muhtaram xalq ta’lim vazirligi. 10 11 sinf nemis tili kitobini Hörtext larini yetkazib beringlar. O’quvchilardan B 2 daraja so’raysizlar bu darajani olish uchun maktablarga metodik yordam beringlar disk vide darslar chet ellik praktikantlar tashkillashtirib beringlar. O’qtuvchilarni o’z mutahasisligi bo’yicha chet elda malaka oshirishini 100 % taminlanglar. Mayli 50%oz hisobidan bo’lsa ham.
Имя Цитировать 0
0
Muzaffar
- Suggestopedia metodi kerak emas, bu samarasi isbotlanmagan, avantyuristik uslub.

- 5 sinfdagi pen friend tushunchasi eskirgan, hozirgi dunyoda o'z dolzarbligini yo'qotgan. Olib tashlash kerak.

- 7 sinfda since/ for mavzulari Present perfect mavzusidan avval qo'yilgan. Teskarisi bo'lgani yaxshi. ( 3 va 4- darslar )

- 8 sinfda gazetalar o'rniga Ijtimoiy tarmoqlar haqida to'xtalingani ma'qul. 8 sinflar orasida gazeta o'qiydigani o'ta kam, Itimioy tarmoqlardan esa aksariyati foydalanadi.

- 9 sinfda Makroiqtisodiyot masalalariga to'xtalingan. 9 sinf uchun bu o'ta yuqorilk qiladi. Buning o'rniga Personal finance (qarzdorlik, bank xizmatlari, pul tejash, pul jamg'airsh, pocket money) mavzusi yaxshiroq mos keladi.

- 10 sinfda Xalqaro aloqalar mavzusi va 11 sinfda Bozor iqtsodiyoti mavzusi B1 darajasidan yuqorilik qiladi, deb o'ylayman. Bularning o'rniga Shahar hayoti (Life in a city) va Qishloq hayoti (Life in the countryside) mavzularini qo'yish maqsadga muvofiq.
Имя Цитировать 0
0
Дилдора
4-синф мултимедиясидаги кушикларни узгартириш керак 3-синфгача кизикиб урганиб олишябди 4-синфни укувчилар ёктиришмаябди.8-синф учун мултимедия йук.Шахар мактабларида барча шароит бор афсуски туман кишлокларда йук.Укувчилар учун хар бир фандан мустахкамлаш учун тест ташкил килинса бот сифатида республика буйича махсус канал яратилиб.Узларини билим даражаларини синаб куриб бошка укувчилар билан таккослаб изланишда укишда давом этармиди.
Имя Цитировать 0
0
Guest
Menimcha boshlangich sinflarda faqat xarflar xarf birikmalarni orgatish lozim, katta sinflarga koproq grammatikani orgatish kerak. xozirgi katta sinflar otadigan darsliklar oliy talimni darsligidan salgina farq qiladi shuni sal soddalashtirish koproq grammatikani orgatishga yonaltirish kerak.masalan 11sinflarni darsliklari umuman murakkab tuzilgan unda na mano bor na boshqa narsa grammatikadan asar ham yuq
Имя Цитировать 0
0
Ravshanoy
Assalomu alaykum taklifim shuki 2 3 4 sinf ingliz tili mavzulari yoshiga nisbattan murakkab va mustahkamlovchi qòshimcha mashqlari kam Bir mavzuni tòliq òrganmasimizdan keyingi betda umuman boshqa grammatik mavzuni tushuntirishimiz kerak. Iltimos shu sinf mavzularini ham bir oz soddalashtirib mustahkamlovchi mashqlardan kòproq bersangiz. Òz ona tilimizda yoq mavzular ham bor masalan sifat darajalari ravishlar. Ularni 3 sinf bolasi òzlashtirishga qiynaladi
Имя Цитировать 0
0
Qodirova Gulshan
Assalomu alaykum taklifim shuki 10, 11 sinflar uchun darslik biroz murakkab. O'quvchilar 10, 11 sinf bo'lganlaridan keyin asosiy e'tiborlarini bir yo'nalishni tanlab shu bo'yicha bilimlarini boyitib borishga, va albatta oliy ta'limga kirishga bor kuchlarini sarflashadi. Shuni inobatga olgan holda abituriyentga mos darslik yaratilsa, ya'ni ko'proq grammatikaga, mavzuga mos mashqlarga ahamiyat berilsa yaxshi bo'lardi. Shundagina darslik ham o'quvchilar uchun kerakli manba bo'lardi deb o'ylayman
Имя Цитировать 0
0
Жўраева Рамзия
10-11 синф француз тили дарсликлари ўқувчилар учун жуда мураккаб.Мураккаб мавзулар ўрнига грамматика ва франция адабиёти ҳақида кўпроқ маълумотлар берилса мақсадга мувофиқ бўлади.Француз адиблари ҳаёти ,ижоди,асарлари ҳақида маълумотлар билан бойитилса янада яхши бўларди.
Имя Цитировать 0
0
Shukurullo Qayumov
Darsliklarda mavzular uzviyligi ta'minlanmagan. 10 ,11-sinflar darsligi o'quvchilar uchun juda murakkablik qiladi. Hamda ularda grammar qamrovi juda kam. Asosiy e'tibor IELTS skillariga qaratilgan. Vaholanki o'quvchi o'qishga kirishi uchun DTM testini ishlaydi. Bu degani unda grammatika bo'yicha muammo bo'lmasligi kerak
Имя Цитировать 0
0
Qiziltepa tumani 15-maktab Vahobova Dilafruz
Yuqori sinf Ingliz tili darsliklarida  "Grammar exercises" alohida dars sifatida berilsa  yaxshi bo'lar edi.  Negaki  darslikda grammatik mashqlar kam berilgan .  Oliy o'quv yurtlariga  o'quvchilarimizni  tayyorlash  uchun ham avvalo ularning  ularda kuchli grammatik bilimni shakllantirishimiz kerak.  Shundagina biz ularning boshqa skillarini rivojlantirishimiz  osonroq bo'lardi  edi deb o'ylayman.  Boshlang'ich sinflarda esa har bir  grammatik mavzu uchun 2-3 soat berilishi kerak. Masalan 4- sinfdagi "past simple" ni  o'quvchilar o'zlashtirishi uchun  1 soat kam. Va shu sinfda faqat fe'lning regular form ini o'rgatsak  o'zlashtirish oson bo'lardi .   V2 ning ikkala formasini  (regular, irregular) o'quvchi anglashga qiynaladi
Имя Цитировать 0
Страницы: 1 2 3 4 5 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений