География таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 ... 9 След.
0
Nasirov Oybek Mirzacho‘l tumani
Darsliklarda qiziqarli ma'lumotlarni ko‘paytirish kerak va rasmlar bilan boyitish kerak deb o‘ylayman .
Имя Цитировать 0
0
Usarova O'g'iloy
Loyiha yaxshi ishlab chiqilgan.5-sinflarning dars soatiga 1 soat qushib berilsa.Sinfdan tashqarida tabiat quyniga sayohatlar tashkillashtirilsa.bilim va kunikmalarni amaliyot bilan uyg'unlashtirilsa.yozuvsiz xarita va atlaslar ijara darsliklari bilan birga tarqatilsa maqsadga muvofiq bulardi.10 sinflar uchun dars soati juda qisqa.uquvchilar bazida savol berishadi.nima uchun darsimiz juda qisqa .Ilojisi bulsa darslarni 2 soatga uzaytirilsa.Maktablarga xaritalar va kerakli jihozlar bilan taminlansa yaxshi bulardi
Имя Цитировать 0
0
Abduholiqova Sayyora
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahri. Loyiha menga juda yoqadi. Geografiya faniga bo'lgan e'tibor yanada ortsa, 5, 10, sinflarda ham 2 soattan darslar qoyilsa, tabiiy kartalar yetishmovchiligi ham bartaraf qilinda zo'r bo'lardi. O'quvchilarni O'zb bo'ylab zavod fabrikalarga Olib borish, turistik zonalarga borish u.n sharoitlar yaratib berilsa, o'quvchilarni bilimlari tasavvurlari rivojlanardi.
Имя Цитировать 0
0
Базаров Рустам
География фанини  ўқитишда харита билан ишлашга кўпроқ  дарс соатлари  ажратиш  керак. Чунки келажакда ҳар бир инсонга дунё ва уни тузилиши,мамлакатларни  жойлашган ўрни, табиат ҳодисаларини  илмий тушуниш  учун харитани  билиш жуда  асқотади.

Имя Цитировать 0
0
Jo'rayeva Shaxnoza
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani 1-maktab geografiya o'qituvchisi Jo'rayeva Shaxnoza.
Darsliklar yangilangan ma'lumotlar yaxshi berilgan lekin 5-sinf kitobi o'quvchi yoshiga nisbatan murakkabroq tuzilgan.Dars davomida o'quvchi juda qiynaladi geografiyani boshlang'ich kursi bo'lgan Tabiatshunoslik va Atrofimizdagi olam darslarini xam mutaxasis o'tsa yaxshi bo'lardi 5 sinfda ancha qiynalamiz o'quvchi bilan ishlashga 5 sinf setkasida xam 2 soatdan o'tilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Hazratqulov Jobir
Muborak tumani 4-maktab

Geografiya fanini yanada rivojlantirish va o'quvchilarni bu fanga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida 11-sinf o'quv darsliklari qatoriga Kartografiya fanini qo'shilsa hamda 10-11-sinf o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadasini tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi
Имя Цитировать 0
0
Axmedova Roziyaxon Buloqboshi tumani 4-maktab
Assalomu alaykum aziz o'qituvchilar geografiya fanini rivojlantirish uchun 5-sinf boshlang'ich kurs nbo'lganligi sababli fundament fazifasini bajaradi. Shuning uchun 5-sinf geografiya fanini haftasiga 2 soat berilgani maqul. Chunki 5-sinf o'quvchilari mavzularni o'zlashtirish osonlashardi.
10-sinf geografiya darsi ham haftasiga 2soat bo'lishi kerak.
Имя Цитировать 0
0
Sobir Gadayev, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar XTB
Loyiha bilan tanishdim yaxshi tuzilgan.Geografiya darslarida geografik xaritalar barcha mavzular bo'yicha maktablarga yetkazilsa,geografik atlas va yozuvsiz xaritalarni sotib olish o'quvchiga og'irlik qiladi shuning uchun ijara darsliklariga qo'shib berilsa hamma o'quvchi fodalanishiga imkoniyat bo'lardi.Geografik masalalarga ko'proq soatlar ajratish kerak,Har bir mavzu bo'yicha kerakli ko'rgazmali qurollar bo'lsa,masalan:vulqon maketi,yerning ichki tuzilishi maketi va boshqalar.Mavzuga doir kerakli asboblar,kompos,ruletka,planshet va boshqalar.Topografik xaritalar maktablaga berilsa yaxshi bo'lardi.
Имя Цитировать 0
0
Yusupova Muyassar 4-maktab
Konsepsiya bilan tanishdim. Boshlang'icvh sinflarda tabiatshunoslik darslarini kopaytirilishi kerak.Chunki mavzularni keng yoritilishi kerak.
Имя Цитировать 0
0
Nurillayeva Dildora Namangan
Loyixa juda yaxshi tuzilgan.Geografiya darslarida ishlash oson bo'lishi uchun o'quv atlasi va yozuvsiz xarita ijara darsliklari ichida berilsa, mavzulardagi ma'lumotlar ko'p bir soatda tushuntirib ulgurib bo'lmaydi shuning uchun ma'lumotlar soddalashtirilsa, o'quv rejaga  amaliy mashg'ulotlar soni ko'paytirilsa,5 va 10-sinflarda mavzudagi ma'lumotlar katta shuning uchun dars soatini 2 soatga ko'paytirilsa yaxshi bo'lar edi.E'tiborlaringiz uchun raxmat
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 2 3 4 5 ... 9 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений