География таълимини ривожлантириш тизими

Концепция

07.10.2020


Страницы: Пред. 1 ... 5 6 7 8 9 След.
0
Yuldashev Kozimjon
Loyha yaxshi geografiya darslarida xarita bilan ishlash muhim.shunga o'quv atlaslari bilan taminlansa yaxshi bo'lardi.5-sinf dars soatini qayta ko'rish kerak o'quvchilarga amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun jixozlar bo'lishi va dars soatini ko'paytirish kerak.
Имя Цитировать 0
0
Guest
Цитата
Xovos tumani 1- maktab - Nilufar пишет:
Loyiha yaxshi tuzilgan. Geografiyaning asosiy xarita va atlaslardir. Ijara darsligi bilan atlaslar qo'shib berilsa yaxshi bo'lardi. Bundan tashqari Pisa -tadqiqodlari asosida savollar va amaliy mashg'ulotlar kiritilsa...
5- sinfida o'quvchilarning yaxshi tushunushi uchun , geografiyaning fundamenta 5- sinf bo'lgani uchun darslar haftasiga 2- soatdan qilinishi kerak deb o'ylayman
Имя Цитировать 0
0
Aripbaeva Jazira
Sabaqliqlarga atlas ham jaziwsiz kartalar qosilip beriliw kerek. 5-10-klasslar 2 saattan bolsa jaqsi bolar edi. Sabaqliqlarda ameliy shinigiwlar koplep beriliw kerek dep oylayman. Mektepler kartalar menen toliq taminleniw kerek
Имя Цитировать 0
0
Sirdaryotumani 18-umumta'lim maktabining geografiya o'qituvchi Muqimov Qobil
Bu loyiha yaxshi ishlab chiqilgan.Maktab o'quvchilari uchun yozuvsiz xaritalar atlaslar kitob bilan birga berilsa yaxshi bo'lar edi.Maktablarda xaritalar globuslar ko'rgazmali qurollar ko'proqbo'lsa yaxshi bo'lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Xushboq
Surxondaryo  viloyati
 Jarqo'rg'on tumani
  35-maktab
Qulmatov Xushboq
1)VIII (VII)-sinf O'rta Osiyo va O'zbekiston tabiiy geografiyasi  ba'zi bir mavzusidagi o'simlik va hayvonot dunyosi ma'lumotlarini jadval asosida berilishi kerak. Masalan:
2)X (IX)-sinf Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi II-Bo'limda.Jahon regional  tavsifi.mavzularida qit'alar va davlatlar  berilgan.Shu mavzularga qit'a va davlatlarning siyosiy xaritasini aks ettirilishi shart.
3)XI (X)-sinf Geografiya(Umumiy geografiya) darsligini haftasiga 2-soatdan o'tilsa 1 va 2 chorakda yakunlanadi. 3 va 4 chorakda  Ma'muriy-hududiy maktablariga o'zi yashayotgan viloyat geografiya o'tilsa yaxshi bo'ladi.
Masalan:Surxondaryo viloyati maktablariga SURXONDARYO GEOGRAFIYASI. Toshkent viloyatiga TOSHKENT GEOGRAFIYASI
Имя Цитировать 0
0
Odinaxon Ismoilova
Andijon viloyati Izboskan tumani 19-umumiy o‘rta ta'lim maktabi iqtisod va geografiya fani o‘qituvchisi Ismoilova Odinaxon.
Loyiha puxta ishlangan. Fanni yanada rivojlantirish uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan ko‘proq bog‘lash kerak. O‘quv atlaslari narxi biroz tushirilsa. Chekka hududdagi maktablarni ham globuslar bilan ta‘minlasa. Mavzular bo‘yicha test tashkil qilinsa. Davlat byudjetidan o‘quvchilarni O‘lkashunoslik muzeylariga ekskursiya uyushtirish uchun mablag‘ ajratilsa. Geografiyaga doir masalalar, ularni yechish usullari, geografik diogrammalar, sxemalar va chizmalarni bajarish usullari ko‘rsatib o‘tilsa. Fikr mulohazalarimizni inobatga olasiz degan umiddaman.
Имя Цитировать 0
0
Abdullayeva Bashorat
5-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi Abdullayeva Bashorat.
Loyiha yaxshi ishlab chiqilgan.Maktabda geografiya fanini o‘qitishda albatta atlas va yozibsiz xaritalar ijara darsliklar bilan t a'minlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Имя Цитировать 0
0
Nabixanova Jamila Avazxanovna Chirchiq shahar kasb hunar maktabi
Bilim va ko`nikmalarni mustahkamlashda  atlac va yozuvsiz xaritalarni o`rni alohida.
Имя Цитировать 0
0
Mardonov Komiljon Erdonovich. Qiziltepa t
Umumta‘lim maktablari, AL va KHKlarini geografik maydoncha bilan davlat standartlari darajasida asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta‘minlab qurib berilishi lozim. Chunki geografik maydonchaga tegishli bo‘lgan jihozlarini erkin savdodan topish imkoni umuman yo‘q. Geografik maydoncha qurib berilsa, o‘quvchilarni bilim, malaka, ko‘nikmalarini shakllantirishda juda-juda muhim hisoblanadi.
Имя Цитировать 0
0
Mardonov Komiljon Erdonovich. Qiziltepa t
Geografiya alohida fan sifatida, iqisodiy bilim asoslari alohida fan sifatida o‘qitilishi lozim.
Geografiya va iqtisodiyot  deb berilishi to‘g‘ri emas.
9-sinf dasturidagi IBA mavzularni chiqarib tashlash kerak
Имя Цитировать 0
Страницы: Пред. 1 ... 5 6 7 8 9 След.
Текст сообщения*
Загрузить файл или картинкуПеретащить с помощью Drag'n'drop
Перетащите файлы
Ничего не найдено
Защита от автоматических сообщений